3. Umumiy o’rta va o’rta maxsus talim tizimi fizika kursi dasturi mazmunining uzluksizligini hozirgi axvoli taxlili
Amaliy ahamiyatiga, tanlangan о`quv materialining muhimligi va uning hozirgi davr talabiga mos keladigan kasb va mutaxasisliklarni tanlashda zarurligi, politexnik ahamiyati, zamonaviy kompyuter texnologiyasi va maishiy asbob uskunalardan hamda aloqa vositalaridan ongli ravishda foydalanish uchun zarur.
Tanlangan о`quv materialini ilmiy mazmuni deganda, tanlangan о`quv materialining mustahkamligi (asosligi) va majburiy ta`lim muassasalari fizika ta`limi mazmunining mantiqan tо`g`ri tarkibiy tuzilishi tushiniladi. Tanlangan о`quv materialini ta`lim oluvchilar uchun tushunarli darajada bayon qilish, kо`pchilik о`qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga va о`qitish metodikasining erishgan yutuqlari darajasiga hamda о`qitishni moddiy bazasi bilan bog`liqligi tushuniladi.
Ushbu ta`lim muassasalari yangilangan fizika ta`limi mazmuniga chuqur va mustahkam о`quv materiallari kiritilib, bu materialni hamma ta`lim oluvchilarni о`rganishlari majburiy bо`lib, bundan tashqari bayon qilingan materialni ular mukammalroq tushunishlari uchun zarur hollarda qо`shimcha material kiritilishi mumkin.
Hozirgi zamon texnikasini tez sur`atlar bilan rivojlanib borishi, ijtimoiy–ishlab chiqarishda kompyuter texnologiyalarini jadallik bilan joriy qilinishi, ushbu ta`lim muassasalari fizika ta`limi mazmunida, fizikani amaliyotda qо`llanishiga doir mazmunli о`zgartirishlar kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, ushbu ta`lim muassasalari fizika ta`limida uzviylik va yaxlitlikni ta`minlash uchun fizikani qо`llanish sohalarini oshirish bilan emas balki umumiy politexnik yо`nalishni kо`rsatish muhim ahamiyatga ega.
Majburiy ta`lim muassasalari fizika ta`limi mazmunida asosiy e`tiborni fizika о`quv fani sifatida tarbiyaviy natija beradigan imkoniyatlarga qaratish lozim.
Fizikada matematikaning ahamiyati hammaga ma`lum. Ammo ushbu ta`lim muassasalarida fizika ta`lim mazmunini о`qitishda о`rganilayotgan hodisaning tо`liq va chuqur mohiyatini ochib bersagina matematikaga murojaat qilish zarur.
Umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari fizika ta`limi mazmunida о`rganiladigan fizik hodisalarni tushuntirishda ortiqcha matematikalashtirib bayon qilishning hojati yо`q. Bu haqida pedagogika fanlari doktori, professor Davron Shodiyevning quyidagi fikrlariga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
“Fizik formulalarni keltirib chiqarish hech qachon ta`lim oluvchilarga tabiat hodisalari bilan tanishish imkoniyatini bermaydi.... Formulalarni keltirib chiqarish va yodlash ikkinchi darajali, asosiysi umumiy о`rta ta`lim maktablarida, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida ta`lim oluvchi fizik hodisani mohiyatini va ma`nosini tushunib yetishi kerak”. Bu fikrni misol keltirishdan asosiy maqsad hozirgi umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari fizika darsliklari kerak bо`lganidan ortiq darajada matematikalashtirib yuborilganligidadir. Umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida fizika ta`limi mazmunini о`qitishda tez–tez oddiy matematik tuzilish va hisoblash ham о`rganilayotgan aniq hodisani fizik mohiyatini tushunishning oldini tо`sib qо`yadi sababi matematika fizikani mazmuni emas, balki qurolidir. Bu quroldan zarur bо`lgan vaziyatda foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |