1.Mexanika–ilgarilanma va aylanma harakat qonunlari, saqlanish qonunlari, tebranish va tо`lqinlar.
2.Molekulyar fizika va termodinamika–moddaning mikro va makroskopik parametrlari, termodinamika qonunlari, entropiya, gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarning xossalari.
3.Elektrodinamika–elektr maydon, magnit maydon, magnitlar, elektromagnit induksiya, о`zgaruvchan tok, elektromagnit tebranishlar, maydon va tо`lqinlar.
4.Optika–interferensiya, difraksiya, dispersiya, nurlanish, spektrlar, fotoeffekt, yorug`lik dualizmi.
5.Atom va yadro fizikasi–atomning Bor modeli, De Broyl tо`lqinlari, kvant mexanikasi asoslari, yadro tuzilishi va yadro reaksiyalari; elementar zarrachalar.
6.Olamning fizik manzarasi–olamning bilishda va jamiyat taraqqiyotida fizikaning ahamiyati, hozirgi zamon fizikasi va texnikasini taraqqiyoti.
Majburiy ta`lim muassasalarining yangilangan fizika ta`limi mazmunini maqsadi va vazifalari ushbu ta`lim tizimining har bir bosqichida, ya`ni, umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarini tugatgan ta`lim oluvchilarga ma`lum darajada tugallangan fizik bilimlar tizimini berilishi lozim:
–ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
–fizikaga va texnikaga qiziqishini uyg`otish;
–texnik ijodkorlik qobiliyatini о`stirish;
–nazariy olgan bilimlarining amaliyotga tatbiq etish malaka va kо`nikmalarini shakllantirish;
–egallagan bilim natijalarini kundalik hayotlarida qо`llay bilishda hamda ularni ongli ravishda kasb tanlashga yо`llashdan iborat.
Shuning uchun ushbu ta`lim muassasalarining amaldagi fizika ta`limi mazmuni va tarkibiy tuzilishini tubdan qayta kо`rib chiqib, umumiy о`rta ta`lim maktablari bosqichida о`rganiladigan “Mexanika”va “Molekulyar fizika va termodinamika asoslari” “Koinot fizikasi” kabi bо`limlarni akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida fizika kursida о`tkazilishi hamda fizikaning barcha bо`limlarni tanlangan yо`nalishga moslab, izchilikka asoslangan holda о`qitish maqsadga muvofiqdir. Bunda ta`lim oluvchilar asosan quyidagilarni bilishlari zarur: fizik hodisalar, qonunlar, jarayonlar, fizik asboblardan foydalanishni va ularni amalda qо`llay bilishni hamda hodisalarni о`zaro aloqadorligini va boshqalarni.
Yuqoridagi ta`lim muassasalarining har bir bosqichi va yо`nalishi bо`yicha tuzilgan dastur va tо`ldirib qayta ishlangan darsliklarda quyidagilar atroflicha chuqur о`z aksini topishi zarur:
–fizik hodisalar:–fizik hodisalarning sodir bо`lishini ifodalaydigan belgilar, hodisaning boshqa hodisalar bilan о`zaro aloqadorligi va hodisalardan amalda foydalanish;
–tajribalar:–о`tkazilgan fizik tajribaning maqsadi, uni amalga oshirish yо`llari va natijalari;
–tushunchalar:–fizik tushunchalarni ta`rifi, formulalar, fizik kattaliklar, fizik kattaliklarni о`zaro bog`liqligi, fizik kattaliklarni birliklari va ularni о`lchash usullari;
–fizikaviy qonunlar:–qonunlarni ta`rifi va ularning matematik ifodasi; tajribalar; qonunlarning tо`g`riligini tasdiqlovchi omil va ularning amaliyotga qо`llanishi;
–fizikaviy nazariyalar:–nazariyani tajribada isbotlanishi asosida qonunlarning kelib chiqishi va ularning qо`llanish chegarasi;
–asboblar:–fizik asboblarni tuzilishi, ishlash prinsipi, chizmasi va ularning amaliyotga qо`llanishi.
Xulosa
Kurs ishimning mazmuni shundan iboratki Umumiy о`rta ta`lim mazmunining kо`lamini belgilash anchagina mavhum va nisbiydir. Bu sohadagi qarashlar, bahslarning hanuz oxiri kо`rinmaydi. Binobarin, ta`limni tashkil etish, uning mazmuni va samaradorligini aniqlash taxminiyligicha qolmoqda. Ana shunday muammolar yechimi taqozosi sifatida davlat ta`lim standarti (DTS) yaratildi.
Bu о`quv dasturi va darsliklarning didaktik mazmuni hamda hajmini meyorlashda asosiy vosita hisoblanadi. Ammo DTSning bu jixati uning zimmasidagi vazifalarning biri xolos. Aslida DTS vositasida ta`lim oluvchi bilimini va u orqali о`qituvchi faoliyatini aniq nazorat qilib, xolis baholashni yо`lga qо`yish bilan butun ta`lim tizimiga rahbarlikni takomillashtirish — demokratlashtirish muhimdir. Ammo bilimlarni ommaviy nazorat qilishda asosiy axborot manbai sifatida hanuz о`qituvchilar qо`ygan baxolar, ular asosidagi statistik ma`lumotlardan foydalanilmoqda.
Ushbu ta`lim muassasalarining umumiy о`rta ta`lim maktablari boskichida fizika о`qitishning asosiy maqsadi ta`lim oluvchilarni tabiatda sodir bо`ladigan jarayonlar asosida ularni hayotga qiziqishlarini orttirishdan iborat. Qiziqish uyg`otishni kuchaytirish uchun о`rganilayotgan materialini kо`proq tajribaga tayangan holda ta`lim oluvchilarga tushuntirish kerak bо`ladi. Shuning uchun, imkon darajasida ushbu ta`lim muassasalari fizika ta`limi darsliklarida fizik tajribalarni kо`paytirish va ularning sifatini yaxshilashga asosiy diqqat e`tiborni qaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |