2. Talim mazmunini belgilash hamda o’qitish samaradorligini aniqlashning tashkiliy pedagogik meyorlari.
Umumiy о`rta ta`lim mazmunining kо`lamini belgilash anchagina mavhum va nisbiydir. Bu sohadagi qarashlar, bahslarning hanuz oxiri kо`rinmaydi. Binobarin, ta`limni tashkil etish, uning mazmuni va samaradorligini aniqlash taxminiyligicha qolmoqda. Ana shunday muammolar yechimi taqozosi sifatida davlat ta`lim standarti (DTS) yaratildi.
Bu о`quv dasturi va darsliklarning didaktik mazmuni hamda hajmini meyorlashda asosiy vosita hisoblanadi. Ammo DTSning bu jixati uning zimmasidagi vazifalarning biri xolos. Aslida DTS vositasida ta`lim oluvchi bilimini va u orqali о`qituvchi faoliyatini aniq nazorat qilib, xolis baholashni yо`lga qо`yish bilan butun ta`lim tizimiga rahbarlikni takomillashtirish — demokratlashtirish muhimdir. Ammo bilimlarni ommaviy nazorat qilishda asosiy axborot manbai sifatida hanuz о`qituvchilar qо`ygan baxolar, ular asosidagi statistik ma`lumotlardan foydalanilmoqda. О`qituvchi о`zining tajribasi hamda sezgirligiga tayanib baxo qо`yishda nafaqat ta`lim oluvchidagi bilimlar sifati, balki bilimlar saviyasidagi о`zgarishlar dinamikasi hamda ta`lim oluvchining о`ziga xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga oladi. Demak, bu holatda о`qituvchi qо`yadigan bahoning asosiy vazifasi muayyan ta`lim oluvchilar guruhi bilan kechayotgan ta`lim jarayonini boshqarishdan iborat bо`ladi. Nazoratning bunday usuli bilan ta`lim oluvchilardagi bilimlarning saviyasi haqida izchil, yaqqol, xolis tasavvurga ega bо`lish qiyin. Zotan, ta`lim jarayonini boshqarish taqozosi bilan ta`lim oluvchilar bilimiga qо`yilgan baholar yig`indisi (umumlashmasi)ga qarab butun ta`lim tizimi u yoqda tursin, muayyan ta`lim muassasasi faoliyatini ham xolis baholab bо`lmaydi. Ta`limiy faoliyatning pirovard natijasini xolis, aniq ifodalaydigan meyoriy hujjat —DTSgina ishlab chiqaruvchi (о`qituvchi yoki ta`lim muassasasi) bilan iste`molchi (ta`lim oluvchi) munosabatini demokratik asoslarda tashkil qila olishi kerak. Buning uchun DTSdagi minimal talab bahosining nominal qimmati belgilangan bо`lishi va minimal talabni (meyorni) egallagan bilimi DTS talabidan oshgani namoyon bо`lgan ta`lim oluvchi saviyasi qanday sifatlanishining reytingi ilmiy asoslanib, mezon sifatida qabul qilinishi lozim. Mazkur yо`nalishda muayyan ishlar amalga oshirilgan, ya`ni minimal meyorni tashkil etuvchi bilim, kо`nikma, malakalar monitoringi anik, ammo uning ta`lim oluvchilar tomonidan haqiqiy о`zlashtirilish darajasini sifatlash, aniqlash mezoni va uni qо`llash texnologiyasi bugungi kunda ilmiy izlanish bosqichida. Natijada ta`lim-tarbiya amaliyotida DTS qimmatini har kim о`zi tushunganicha bayon qilmoqdaki, bunda subyektivizm kuchayishi, adolat toptalishi ehtimoldan xoli emas, albatta.
Darhaqiqat, ta`lim muassasalarida ta`lim oluvchiga berilayotgan bilim sifati bо`yicha turli-tuman ma`lumotnoma, axborot, hisobotlar talab qilinadi. Shunga hamohang, ta`lim oluvchilar bilimdonligini aniqlashning tashkiliy, metodik tadbirlari ham xilma-xil. Ammo ta`lim muassasasi faoliyatida bolaga bilim berishdan kо`ra muximroq va qiyinroq bо`lgan - ta`lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, kamol toptirishdek faoliyat natijasi nazardan chetda qoladi, demakki, munosib qadrlanmaydi. О`qituvchi faoliyati attestatsiyasimi, muassasa akkreditatsiyasimi yoki ta`lim muassasasi hisobotimi, qо`yingki, ta`lim jarayoniga tegishli istalgan axborotni olmaylik, unda a`lo bahoga о`kiyetganlar hamda bilimdonlik bо`yicha turli musobaqa va tanlovlarda erishilgan sovrinlar soni va maktabni bitirganlardan qanchasi oliy о`quv yurtiga kirganligi alohida takidlanadi-yu, lekin axloqiy yetukligi, millat ruxi, fazilati, milliy mafkuraga sodiqligi, umuman ma`naviy dunesi bо`yicha namunali ta`lim oluvchilar haqida hech qanday ma`lumot berilmaydi.
Bilimlar kо`lami ortishi va chuqurlashishi bilan aksariyat hollarda bilim tarbiya tushunchasidan ayricha sifat, ustuvor fazilat tarzida talkin qilingan.
Tо`g`ri, bilim shaxsni jismoniy imkoniyatidan ortiq ishlarga xam qodir qiladi. Shaxs bu imkoniyatdan ezgu niyatda foydalansa jamiyatga naf keltiradi. Bilimdonu ammo tarbiyasiz, e`tiqodsiz shaxs jamiyat uchun anchayin xatarlidir.
Bilim qatori xulk ham baxolanishi va shu baxoga monand tarzda jamoa munosabatining shakllanishini his qilgan ta`lim oluvchi barcha xatti-harakatlariga tanqidiy yondashib, о`z-о`zini tarbiyalab boradi.
Xulqni baholash taqozosi bilan oila, maktab, jamoatchilikning bola tarbiyasidagi hamkorligi kuchayadi.
Yangilangan fizika ta`limi tizimini yaratishdan asosiy maqsad: amaldagi umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari fizika ta`limini uzviyligini ta`minlashni nazarda tutadi. Agarda yaqin yillar ichida ushbu ta`lim muassasalarida fizika ta`limi rivojlangan mamlakatlar ta`lim darajasiga olib chiqilmasa 5–10 yil ichida respublikamiz sanoat korxonalari ushbu fanlardan yetarli bilimlarga ega bо`lmagan kadrlarga duch kelib qolishlari ehtimoldan holi emas.
Ammo keyingi yillarda olib borilgan ilmiy–metodik, pedagogik, psixologik, kuzatish va ilmiy izlanishlar fizika fani о`qituvchilari bilan о`tkazilgan suhbatlar tahlili umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari ta`lim oluvchilarining fizikaga nisbatan qiziqishlari pasayib borayotgan fanlardan biri bо`lib qolayotganligini tasdiqlaydi. Respublikamizning umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida fizika ta`limi о`qitilishi samaradorligini aniqlash maqsadida о`tkazilgan nazorat ishlari, suhbatlar, oliy о`quv yurtlariga kiruvchi talabalarni test sinov natijalari tahlili quyidagilarni kо`rsatdi:
–ta`lim oluvchilar tomonidan о`quv materialini о`zlashtirish, uni amaliyotga tatbiq etish darajasi pasayib borayotganligi;
–ularni fizikani о`rganishga qiziqishlari susayib, bilim olish, kо`nikma va malakalari darajasi past saviyada ekanligi;
–ta`lim oluvchilar fizika ta`limi mazmunining nazariy masalalarini amaliyotga mustaqil qо`llay olmasliklari;
-dunyoqarashlari tor bо`lib yaxlit bо`lmagan tushunchalardan iborat bо`lib qolayotganligi juda achinarli holdir.
Amaldagi dasturda ta`lim oluvchilarni yosh psixologik va fiziologik xususiyatlari e`tiborga olinmagan. Hamma ta`lim oluvchilarni fizikaning о`rganishga bir xilda qiziqmasliklari e`tiborga olinmagan. Rivojlangan va ayrim mustaqil Hamdо`stlik davlatlarida ushbu masala allaqachon о`z yechimini topgan bо`lib, har bir sinf uchun kamida 2–3 ta dastur va darslik yaratilgan bо`lib ushbu dasturlar zarur darslik va о`quv metodik majmualar bilan tezkorlik bilan ta`minlanmoqda. Bunday davlatlar ish tajribasidan kelib chiqib, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari uchun ham (bu muammo barcha fanlar darsliklariga ham taalluqlidir) uzviylikka va yaxlitlikka amal qilingan variativ (parallel) dastur va darsliklarini yaratish va ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Majburiy ta`lim muassasalari yangilangan fizika ta`limi standartini yaratib, ushbu standart asosida uzviylikka va uzluksizlikga amal qilingan variativ fizika ta`limi dastur loyihasi asosida N.M.Shaxmayev va D.SH.Shodiyevlar hammuallifligida umumiy о`rta ta`limning 6–11 sinflar uchun yaratilgan fizika darsliklari hamda о`quv metodik majmualari qayta ishlanib, ularning mazmuni tubdan yangilandi. Ushbu о`quv metodik majmualarda jahon ilm fanining hozirgi davr yutuqlarini о`rganishga alohida e`tibor berildi.
Shu sababli jahonda axborot texnologiyalari jadal sur`atlar bilan rivojlanib, takomillashib borishiga asosiy e`tiborni qaratish zarur. Ushbu ta`lim muassasalarida uzviylashtirilgan fizika ta`limi orqali ta`lim oluvchilar ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, о`z–о`zini anglash salohiyatini shakllantirish va о`stirish, ta`lim oluvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta`lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bо`lgan bilimlar о`rgatilishi zarur.
Majburiy ta`lim muassasalari barcha bosqichlarida fizika ta`limi muntazam о`qitilishi lozim. Bunda asosiy e`tiborni umumiy о`rta ta`lim maktablari bosqichi fizika ta`limi mazmuni va tarkibiy tuzilishidagi uzviylikga qaratish zarur, busiz ta`limda kutilgan natijalarga erishib bо`lmaydi.
Fizika ta`limi umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari ta`lim oluvchilari uchun uzluksiz bо`lishi uchun barcha ta`lim oluvchilar о`rganadigan o`quv materiali ularga 2–3 usulda bayon qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi ta`lim muassasalari yangilangan fizika ta`limi mazmuni oldiga qо`yilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish uchun ta`lim oluvchilarni kasbiy mahoratlarini oshiradigan, insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida о`qitilishiga bо`lgan talablarni hisobga olgan holda zarur bо`lgan materiallar kiritilishi kerak.
Hozirgi kunda turli akademik litsey va kasb–hunar kollejlari fizika ta`limi mazmuni qanday о`qitilishi lozimligini e`tiborga olish lozim. Ammo tabaqalashtirish deganda umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari ta`lim mazmunida umumiylik g`oyasidan voz kechish degani emas. Shuning uchun, fizikaga qiziquvchan va uni chuqur о`rganuvchi ta`lim oluvchilarga, bu kursni chuqurroq tushunishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilib berilishi zarur. Bu esa, о`qitishning о`ziga xos maqsadi va vazifalariga hech qanday о`zgartirish kiritishni talab qilmaydi, ya`ni fizika ta`limini chuqur о`rganuvchi yо`nalishdagi sinflar va guruhlar uchun о`qitishning boshqa prinsipiga asoslangan maqsadi yoki vazifasi tanlanmaydi, balki xuddi odatdagi fizika ta`limini о`rganish darajasida olib boriladi Urganiladigan fizik hodisa, qonun va formulalarni kengaytirish yoki kо`paytirish hisobiga emas, balki faqatgina о`quv materialini chuqur mulohazali tushunish va о`rganish hamda о`quv materialini mustaqil adabiyotlardan foydalanib chuqurroq о`rganish uchun darsliklarda ta`lim oluvchilar qо`shimcha о`qishlari uchun materaillarni berilishi asosida davr talabiga mos pedagogik texnologiyalarni qо`llash hisobiga erishish mumkin.
Ushbu ta`lim muassasalarining umumiy о`rta ta`lim maktablari boskichida fizika о`qitishning asosiy maqsadi ta`lim oluvchilarni tabiatda sodir bо`ladigan jarayonlar asosida ularni hayotga qiziqishlarini orttirishdan iborat. Qiziqish uyg`otishni kuchaytirish uchun о`rganilayotgan materialini kо`proq tajribaga tayangan holda ta`lim oluvchilarga tushuntirish kerak bо`ladi. Shuning uchun, imkon darajasida ushbu ta`lim muassasalari fizika ta`limi darsliklarida fizik tajribalarni kо`paytirish va ularning sifatini yaxshilashga asosiy diqqat e`tiborni qaratish zarur. Madomiki, fizikaviy tajribani tashkil etish, nihoyat og`ir va mashaqqatli ish, umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari yangilangan fizika ta`limining vazifasi ta`lim oluvchilardan о`quv namoyish tajribalarini tayyorlashni emas, balki ularning fizikaviy tajribalarni qо`yishda asosiy e`tiborni uning quyidagi, ya`ni, о`tkaziladigan fizikaviy tajribaning g`oyasi, maqsadi, vazifasi, tajribani bajarish tartibi va natijalariga hamda uning muhim asosli tomonlariga ta`lim oluvchilar e`tiborini qaratish lozim.
Ilmiy texnika taraqqiyotini misli kо`rilmagan darajada rivojlanib ketishi, ishlab–chiqarish sohalarida va kundalik hayotdagi ulkan о`zgarishlar odat bо`lib qolgan kasb va mutaxassisliklarni yо`q bо`lishi jarayoniga sabab bо`ladi. Bu esa ushbu ta`lim muassasalarida fizikaning о`rganish darajasini ilmiy salohiyatini oshirish zarurligini taqoza etadi. Ammo fizika asoslarini ilmiy darajada bayon qilishda matematikalashtirish yoki rasmiyatchilikning zaruriyati yо`q. Fizik hodisalar mohiyati ochib berilayotganda matematikaning qо`llanilishiga katta e`tibor beriladi, lekin fizik hodisalarni mohiyatini tushuntirishda ortiqcha matematikalashtirishga berilib ketmaslik zarur. Formulalarni keltirib chiqarish hech qachon ta`lim oluvchining tabiat hodisalari mohiyatini tushunish imkoniyatini bermaydi.
Majburiy ta`lim muassasalari yangilangan fizika ta`limi mazmuni fizika fanini qisqartirilgan qismi, yoki oliy о`quv yurtlari umumiy fizika kursining qisqartirilgan nusxasi bо`lib qolmasligi lozim. Balki fizika fani vazifalari kengroq yoritilishi bilan farq qilishi lozim.
Umumiy о`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida umumiy fizika kursidan maxsus tanlab olingan о`quv materialining uncha hajmi katta bо`lmagan bо`limi о`rganiladi. О`quv materialining kengligi shundan iboratki, о`rganish jarayonida kо`pgina pedagogik vazifalar amalga oshirilishi zarur. Shuning uchun, ushbu ta`lim muassasalari fizika ta`limi о`quv materiali tanlayotganda birinchi navbatda asosiy e`tiborni quyidagi fikrlarga qaratish maqsadga muvofiqdir:
–pedagogik maqsadga muvofiqligi;
–amaliy ahamiyati;
–tanlangan materialni ta`lim oluvchilar uchun tushunarli darajada bayon qilish.
Bu keltirilgan dalillar birinchi navbatdadagi mulohazalar bо`lib, bundan boshqa muhim fikr–mulohazalar ham mavjud.
Pedagogik maqsadga muvofiqligiga:
–о`quv materialining umumiy ta`lim ahamiyati, ya`ni ta`lim oluvchilarning ilmiy dunyoqarashini va mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirish;
–ta`lim oluvchilarga fizika fani metodlari va fizikaning asosiy tushuncha, kattalik va qonunlarga oid bilimlarni tushuntirish;
–ularda milliy umuminsoniy qadriyatlarni hamda о`z–о`zini anglash salohiyatini shakllantirish va о`stirish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |