380
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
adabiyotlar o‘qish orqali shakllanadi. O‘quvchilarning og‘zaki nutqi va ijodkorlik
qobiliyatlarini rivojlantirish, tarixiy sanalar, voqealar, shaxslar va tarixiy joylarni
tasavvur qilish, uni yozma ifoda etish, ijodiy tafakkurini shakllantirish orqali har bir
tarixiy voqea, tarixiy atama, tarixiy shaxs, tarixiy shahar uning ongida gavdalanadi.
O‘quvchilarining bilimida hosil bo‘ladigan bo‘shliqni to‘ldirishda darsdan tashqari
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida fan to‘garagiga ularni jalb etish ham natija beradi.
Bo‘shliqlar yuzaga kelmasligi uchun o‘quvchilar bilan yakkama-yakka yoki jamoaviy
tarzda suhbatlashib, o‘quvchilarning dars davomida o‘zlashtirishga qiynalgan
mavzularini qo‘shimcha ravishda to‘garak mashg‘ulotlarida nazariy va amaliy jihatdan
tushuntirib berish, ko‘proq savol-javoblar o‘tkazish hamda mustaqil ishlash, ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borishga safarbar etish lozim.
Tarix fanidan o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirish hamda ularning fan bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashda ularni mustaqil
ishlashga ya’ni, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish yaxshi samara beradi. O‘quvchilarni
yashab turgan hududlarida ilmiy-tadqiqot olib borishga yo‘naltirish, ijodkorlik muhitini
yaratish lozim. Biz buni shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirishni
tavsiya etamiz.
1-yo‘nalish. Oila shajarasini tuzish. Xronologik tartiba o‘quvchi o‘zining oilaviy
shajarasini tuzadi. Uning oilasi qaysi urug‘ga mansubligi, urug‘ning kelib chiqish tarixi
haqida yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashib, taqdimot tayyorlaydi.
2-yo‘nalish. Yashab turgan hududi bo‘yicha joy nomlari (ziyoratgoh va manziloh,
qishloq, ovul, mahalla, ko‘cha nomlarining kelib chiqish tarixi), toponimikasini
o‘rganadi. Joy nomlarining o‘tmish va hozirgi kunda nomlanishi, nomlanish tarixi haqida,
bu joy nomlarining boshqa joy nomlari bilan o‘xshashlik jihatlarini qiyosiy tahlil qiladi.
Joy nomlari haqida nuroniy oqsoqol va momolarning so‘zlarini daftarga qayd etadi.
Qo‘shimcha ravishda ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida mavjud
manbalardan foydalanadi.
3-yo‘nalish. O‘zi yashab turgan hududdagi moddiy yodgorliklar, me’moriy
inshootlar (tarixiy manzilgoh, tarixiy inshootlar, ziyoratgoh, masjid, haykal, byust,) tarixi
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, moddiy yodgorliklar tarixini o‘rganadi, foto
va matnli hisobot tayyorlaydi.
4-yo‘nalish. Hududga xos urf-odatlar, diniy qadriyatlar, bayram va sayllar,
marosimlar, rasm-rusmlar, milliy kiyimlar, hunarmandchilik, kasblar tarixi,
pazandachilik, mehmondorlik udumlari, kattalarni hurmat qilish odatlari, dehqonchilik va
chorvachilik bilan bog‘liq an’analar, milliy sport o‘yinlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar
to‘playdi hamda taqdimot tayyorlaydi.
5-yo‘nalish. O‘quvchining qiziqishi asosida tarixiy voqea, tarixiy jarayon, tarixiy
shaxs, tarixiy shahar bo‘yicha qo‘shimcha adabiyot va manbalar bilan ishlab, mustaqil
Do'stlaringiz bilan baham: |