5. “Fikrlar testi” metodi. “Ha” yoki “Yo‘q metodi deb ataladi”.
Bu metodda aytilgan fikrlarga o‘quvchilar “ha” yoki “yo‘q” deb javob berish
kerak bo‘ladi. Sinfdagi barcha o‘quvchilar qo‘llariga old tomoniga “ha” orqa tomoniga
“yo‘q” degan so‘zlar yozilgan kartondan tayyorlangan bir xil tarqatmalardan
foydalanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga savolni o‘qittirib eshittiradi, to‘g‘ ri javob berilsa “ha”
, noto‘g‘ri javobga esa “yo‘q” degan javob kartochkasi ko‘taradi. Masalan:
1. Mustaqillik bayramini 1992-yil 14-yanvarda nishonlaymizmi? “Yo‘q”
2. “Obod mahalla yili” 2003-yilda e’lon qilindimi? “Ha”
3. Bizning birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovmi? “Ha”
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1999-yil 8-martda qabul qilingan-
mi? “Yo‘q”.
Do'stlaringiz bilan baham: |