353
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Allani uyda onalarimiz, momolarimiz aytib o‘tiraversinlar, jamiyatdagi “allani esa yosh
avlodga aytish millatning taqdirini hal qiluvchi pedogoglar zimmasidadir. Ular bolani
uxlatish uchun emas,balkim,ongini dunyo bilan tanishtirish, mustaqil fikrlash malakasiga
ega bo‘lishi uchun, olamni anglashi uchun uyqudagi aql-tafakkurni g‘aflatdan halos qilish
uchun aytishlari shart!
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganining 30yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday degandi:
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy
o‘zligimiz hamda mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma`naviy boylik, buyuk
qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta`sir kuchini, cheksiz
imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini ming yillik
dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarning sehrli
qo‘shiqlariga quloq tutsin”.
Ona tilining bor jozibasi va sehrini bola xalq og‘zaki ijodi namunalarida his qiladi.
Uyda, oilada eshitgan ertak, dostonlari va boshqalar bola qalbida ona tiliga muhabbat
tuyg‘usini yanada shakllantiradi. Maktabgacha ta`lim bosqichida esa bola jamiyatga
qadam qo‘ygan individ holatida bo‘ladi. U chinakam o‘zini shaxs deb his qilishi uchun
to‘g‘ri yo‘naltirilgan ta`lim va tarbiya zarur. Bola maktabga qadam qo‘yar ekan, olam-
olam hayajon va quvonchlar qurshovida bo‘ladi. U uchun hayotning yangi bir varag‘i
ochiladi. Bu varaq butun bir kitobning muhim bo‘lagidek avaylabgina ochilishi mahoratli
pedagoglar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qo‘lidadir. Bolaning qiziqqon aqli va
murg‘ak qalbiga o‘qituvchi halol nazar bilan qarashi zarur. Bola uchun noma`lum
olamning notanish tomonlari aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orqali tanishtirilishi
bu chinakam baxt hamda omaddir.
Boshlang‘ich sinflarda soddalashtirilgan, bola ongi va tafakkuri, qiziqish hamda
ruhiyatidan kelib chiqqan holda oddiylikdan murakkablikka tomon mo‘ljallangan darslik,
o‘quv qurollari, ta`lim shakli shakllantirilgan bo‘lib, ilm olishga chanqoq o‘quvchilar
tashnaligini qondirishga qaratilgan. Avvalombor, ota-ona bilimli, saviyasi yuqori,
ma`naviyatli bo‘lsa, farzandiga ham to‘g‘ri tarbiya bera oladi. Boshlang‘ich tarbiyani
uyda olib maktabga keladigan bo‘lajak kadrlar uchun ta`lim va tarbiya o‘zaro
bog‘liqlikda, uzluksiz holda olib boriladi. Zero, “Bolalikda olingan bilim, toshga o‘yilgan
naqsh kabidir!” maqoli bejizga emas. Bola ongiga kerak bo‘lsa naqqoshlar kabi
sinchkovlik bilan naqsh soluvchi hunarmand timsolida o‘qituvchi o‘zini ko‘rib,
ma`suliyat hamda uddaburonlik bilan to‘g‘ri yondashishi zarur. Avvalo, ularga ona
tilimizni mukammal darajada o‘rgatishimiz lozim.
1-sinflarda tashkil etiladigan ona tili darslari dastlab tayyorgarlik davri bilan
boshlanadi. 1-sinfda ona tili fani tushunchasi savod o‘rgatish davridan so‘ng boshlanadi.
Ungacha o‘quvchi harflarning yozma va og‘zaki shakllari bilan tanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |