Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet525/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

350

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

keltirish  ko‘nikmasini  o‘zlashtirishadi.  Yangidan  yangi  obrazlar  esa,  bolada  kreativ 

iqtidorlilikni  rivojlantirishning  eng  muhim  omili  hisoblangan  ijodiy  xayolotni  tarkib 

toptirishga xizmat qiladi; 

6) dars jarayonida o‘quvchilarda o‘qish motivini jadallashtirishga e’tibor qaratish 

lozim.  O‘quvchi  shaxsiy  faoliyatida  erishgan  dastlabki  yaxshi  natijasi  uni  boshqa 

natijalarni  egallashga  undaydi.  Uning  o‘qish  faoliyatidagi  birinchi  mehnat  mahsuli 

shodlik va quvonch his-tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Ayrim o‘quvchilar u yoki bu matnni 

bir necha  marta  o‘qishga harakat  qiladi. O‘qish  faoliyatiga qiziqish uning  mazmuniga 

ham qiziqishni vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug‘diradi va o‘qish motivlarini 

tarkib toptiradi. 

Darsdan tashqari jarayonda bolalarda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini 

shakllantirish  amaliy  faoliyatni  tashkil  etishning  standart  hamda  nostandart  usullarini 

uyg‘unlashtirishni talab etadi. Bular: 

1. Og‘zaki va yozma davra suhbati. Yozma davra suhbati bu – birgalikdagi o‘qitish 

metodi bo‘lib, bunda qog‘oz va ruchka doimo aylana bo‘ylab, o‘yin ishtirokchilarining 

kichik guruhi orasida uzatib turiladi. Masalan, o‘quvchilardan biri o‘qish uchun taqdim 

etilgan kitobdan biror syujetni yozib, keyin varaqni chap tomonidagi sherigiga uzatadi. U 

o‘sha g‘oyaga o‘zining qandaydir mulohazalarini qo‘shadi va varaqni keyingi o‘quvchiga 

uzatadi.  Og‘zaki  davra  suhbati  yozma  variantga  o‘xshaydi,  faqat  u  og‘zaki  shaklda 

o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchi navbati bilan oldingi o‘quvchi aytgan fikrni ilg‘ab oladi 

va rivojlantiradi. 

2. Kitoblar ko‘rgazmasi. Kitob mutolaasi targ‘ibotining eng ta’sirchan illyustrativ 

vositalaridan  biri  –  kitob  ko‘rgazmasidir.  Unda  o‘quvchi  bevosita  kitobni  ko‘zi  bilan 

ko‘radi, kitobning tashqi ko‘rinishi uni o‘ziga jalb etadi. Ko‘rgazmalar bolalarni aniq bir 

maqsadga qaratilgan rejali mutolaa qilishga o‘rgatadi, zero, kitoblarning har biri o‘quvchi 

uchun mutolaaning tayyor rejasini taqdim etadi. 

3.  Kitoblarga  sharh  yozish.  Bolalarni  axborot-resurs  markazidagi  kitoblar  bilan 

tanishtirib borish maqsadida mazkur usuldan samarali foydalanish mumkin. Bu ma’lum 

bir reja bo‘yicha tuzilgan yozma va og‘zaki hikoya bo‘lib, unda kitoblarning tavsiyasi 

beriladi.  Adabiyot  sharhi  mutolaani  yaxshilash,  kitobxon  talabini  oshirish  maqsadida 

amalga  oshiriladi.  Bundan  asosiy  maqsad  bolalar  e’tiborini  kitobga  jalb  etish,  ularni 

qiziqtirishdir.  Butun  sharh  tugal,  yaxlit,  g‘oyaviy  mukammal,  hissiyotli,  tushunarli  va 

qiziqarli bo‘lishi kerak. 

4.  Ifodali  o‘qish.  Ifodali  o‘qishning  samarali  tomoni  shundaki,  kichik  yoshdagi 

bolalar  o‘qishdan  ko‘ra  eshitishni  ma’qul  ko‘rishadi.  Bundan  tashqari,  kitobni  o‘qib 

beradigan kishining intonatsiyasi, o‘qish texnikasi yuqori bo‘lsa, asar mazmuni bolalarga 

tez singadi va ular ham yaxshi o‘qishga intilishadi. Agar o‘qilgan matn yoki asar so‘zlab 

berilsa,  bolalar  kitob  mazmunini  teranroq  tushunib  oladi va  o‘zi  ham  so‘zlab berishni 

o‘rganadi. Bu esa, o‘qish madaniyatining shakllanishidan dalolat beradi. 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish