348
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
bolalarga o‘qish uchun kitoblarni tavsiya etishda zamon va jamiyat rivoji xususiyatlarini
hisobga olish hamda ularning o‘qishiga rahbarlik qilishda ilg‘or an’analardan
foydalanish; bolalarning psixofiziologik, neyropsixologik, yosh va individual
xususiyatlari, bilish imkoniyati, qobiliyati, qiziqishlarini hisobga olish lozim.
O‘qish madaniyati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, kitobga qiziqish va uni sevish,
kitob bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek, kitobdan to‘liq
foydalanishga yordam beruvchi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi. Shu
bilan birga hozirgi vaqtda “kitobxonlik madaniyati”, “mutolaa madaniyati”, “axborot
madaniyati”, “axborot iste’moli madaniyati” kabi atamalar ham keng qo‘llanilmoqda.
Xo‘sh, kitob mutolaasi nima? “Mutolaa” so‘zi arabcha “o‘qish” degan ma’noga ega
bo‘lsa-da, bugungi kunda u kitob o‘qishdan ko‘ra kengroq tushunchani anglatmoqda.
Mutolaa ko‘nikmasi ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy
ma’lumot olishga yo‘naltirilgan jarayoni, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda
tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o‘zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar,
ijtimoiy hodisalar asosida yuzaga keladi. O‘qish madaniyatini shakllantirish asosida
“kitobxonlik madaniyati” tarkib toptiriladi. Chunki aynan o‘qish madaniyatini egallagan
shaxsga nisbatan “kitobxon” atamasini qo‘llash mumkin. Kitobxonlik madaniyati
o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanib qolmasdan, balki u tushunib o‘qish, o‘qilgan
kitobning ahamiyatini anglab yetish, o‘z faoliyatida qo‘llay olishga doir amaliy faoliyat
tajribasini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli kitobxonlik madaniyati fan darajasiga
ko‘tarilishi, nafaqat kitob mutolaasini targ‘ib etish, balki muntazam kitob o‘qishga
odatlanish, o‘qish uchun kitobni to‘g‘ri tanlay olish, voqelik bilan dialogga kirishishi
asosida o‘z-o‘zini anglashga erishish o‘ta muhimdir.
Bolalarda mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi quyidagi komponentlarni
o‘zida aks ettiradi:
1) mutolaa texnologiyasi – o‘quvchining tez yoki sekin o‘qishi. Bolaning matnni o‘qish
tezligi, o‘qilgan ma’lumotlarning olingan axborotini tahlil qilish tezligi, intellektual
salohiyati kabi omillarga bevosita bog‘liqdir;
2) mutolaa darajasi – o‘quvchining ma’lumotni anglash darajasi. Mutolaa darajasi
quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
– o‘quvchi matnning mazmunini anglab, hikoya qilinayotgan voqeaning syujetini hamda
uning asosiy jihatlarini eslab qoladi;
– o‘quvchi matnning mazmunini hamda syujetini anglab, voqealar rivojini ma’lum
darajada bashorat qila olish qobiliyatini namoyon qiladi;
– o‘quvchi matnga va unda hikoya qilinayotgan voqeaga o‘zining mustaqil munosabatini
bildirib, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay oladi hamda asar epizodlarini tahlil
qila oladi;
– o‘quvchi matnning mazmunini to‘la anglab, voqeani mustaqil tahlil qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |