Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet433/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

288

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

zamonaviy  va oqilona  tizim  yaratish,  o‘qitish  metodlari, ta’lim  standartlari, darslik va 

o‘quv  qo‘llanmalarini  yangilash  zarurligi,  tarbiyada  milliy  an’ana  va  qadriyatlarga 

suyanish muhimligi qayd etildi. 

Shu  tavsiyalarga  ko‘ra,  hukumat  qarori  bilan  “Uzluksiz  ma’naviy  tarbiya 

konsepsiyasi”  tasdiqlandi.  Ushbu  konsepsiyada  “Tarbiya”  fanini  joriy  etish  haqida 

alohida bo‘lim ajratilgan. 

Haqiqatdan  ham  “Tarbiya”  fani  maktablar  uchun  juda  ham  kerak.  Tariximizga 

nazar  tashlasak,  buyuk  mutafakkirlarimiz  ham  tarbiya  faniga  katta  e’tibor  qaratishgan. 

Bunda jadid adabiyotining yirik vakili, shoir, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning 

xizmatlari  ko‘p.  U  maktablar  ochib,  shaxsan  o‘zi  muallimlik  qilish  bilan  birga 

maktablarni darsliklar bilan ta’minlashga katta hissa qo‘shgan. Uning qalamiga mansub 

“Turkiy  Guliston  yoxud  axloq”,  “Birinchi  muallim”,  “Ikkinchi  muallim”,  “Maktab 

Gulistoni”  asarlarida  “Tarbiya”  fani  haqida  mukammal  fikrlar  bayon  etgan.  Ayniqsa, 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” asari o‘zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi 

sifatida tan olingan va hozirgi kungacha yoshlarni tarbiyalashda foydalanib kelinmoqda. 

Abdulla Avloniyning fikricha Tarbiya – “Pedagogiya” ya’ni bola tarbiyasining fani 

demakdir.  Muallifning  ushbu  kitobidagi  berilgan  tarbiya  haqidagi  ilmiy  qarashlarini 

hozirgi yangi joriy etilayotgan “Tarbiya” fanida qo‘llansa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

Chunki, bu qarashlar bizning o‘zbekona milliy mentalitetimizga juda ham mos keladi. 

Kitobdagi tartibga ko‘ra 1-o‘rinda: 

I.  Badan  tarbiyasi:  bunda  kun  tartibi;  shaxsiy  gigiena;  to‘g‘ri  ovqatlanish;  sport 

bilan shug‘ullanish; jismoniy mehnat qilish; zararli yomon odatlardan saqlanish qoidalari 

berilgan. 

Joriy etiladigan “Tarbiya” fani darsligiga bu tartib juda ham mos keladi. 

1.Kun tartibi. O‘quvchining to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi asosida muayyan ritm 

yotadi. Xilma-xil faoliyat turlarini sutkaning bir xil vaqtlarida izchil bajarib borilganda 

markaziy nerv tizimida faoliyatning bir turidan boshqasiga o‘tishni yengillashtiradigan, 

ishni eng kam quvvat sarflab bajarish imkonini beradigan murakkab bog‘liqliklar hosil 

bo‘ladi. 

O‘quvchining kun tartibi uning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. 

Bu  esa,  bolaning  o‘sishi  va  rivojlanishi,  uning  nerv  tizimini  takomillashuvi,  og‘irroq 

yumushlarni  bajarishga  nisbatan  chidamlilikni  ortib  borishi,  organizmning  ko‘proq 

charchamasdan bajara olishga ko‘nikishi bilan bog‘liq. 

2.Shaxsiy  gigiena  qoidalari.  Yaxshilab  yuvinish,  ayniqsa  qo‘llarni  parvarish 

qilishga alohida e’tibor berish talab etiladi. Kasallik chaqiruvchi mikroblarning eng ko‘p 

miqdori  tirnoqlar  ostida  to‘planadi  (taxminan  95  %  mikroorganizmlar  qo‘l  terisida 

bo‘ladi).  Shaxsiy  gigienada  ichki  kiyimning,  kiymlarning  tozaligiga  rioya  qilish, 

paypoqlarni har kuni almashtirish muhim o‘rin tutadi. 

Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar alohida parvarish qilishga muxtoj. 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish