109
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ZAMONAVIY TA’LIM
MUHITINI YARATISHDA TADQIQOTLAR ASOSIDA O‘QITISH
Sangirova Z.B.,
Respublika ta’lim markazi, Aniq va tabiiy fanlar bo‘limi boshlig‘i
Bugungi kunda ilm-fan va texnikaning jadal taraqqiy etishi, raqamli iqtisodiyotning
amaliyotga joriy etilishi, bilimlarning tez yangilanib borishi umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amalda qo‘llashga e’tibor
qaratishni talab etmoqda.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlarda mutaxassislardan
nafaqat bilim, balki izlanuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishni taqozo etmoqda. Shu bois
o‘quvchilarni o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatiga jalb qilish va ularda tadqiqotchilik
ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb muammolardan biriga aylandi.
O‘quv tadqiqotchilik faoliyati – ta’lim texnologiyasi bo‘lib, u o‘quv tadqiqotda
vosita sifatida qo‘llaniladi. Tadqiqotchilik faoliyati, tadqiqot ishining rahbari –
mutaxassis o‘qituvchi rahbarligida, atrof – olam hodisalari to‘g‘risidagi tasavvurlarini
yaratishga qaratilgan, shuningdek, oldindan yechimi noma’lum bo‘lgan masala
o‘quvchilar tomonidan yechilishi mumkin deb faraz qiladi. O‘quv-tadqiqot ishi –
ta’limdagi jarayon bo‘lib, u tadqiqotchilik faoliyati asosida amalga oshiriladi.
Shuning uchun fanni tadqiqot sifatida o‘rgatish shunchaki ilmiy tadqiqotlardagi
faktlar va natijalarini taqdim etish bilan cheklanib qolmasligi lozim. O‘quvchilarga
olimlarning ilmiy tadqiqotlar natijalarini qanday olishlarini ko‘rsatishlari va ularga
quyidagi imkoniyat berishlari lozim: kundalik hayoti, jamiyat va atrof muhit bilan bog‘liq
bilimlar va muammolar haqida savollar berish; shuningdek dalillarni to‘plash va ulardan
foydalanishda faol ishtirok etish; ilmiy bilimlarga asoslanib tushuntirishlarni
shakllantirish va yetkazish. Tadqiqot orqali o‘qish o‘quvchilarga ularning aniq va tabiiy
fanlar to‘g‘risida bilim va tushunchaga ega bo‘lishlariga, tadqiqot ko‘nikmalari va
jarayonlarini qo‘llashlariga, ilmiy amaliyot uchun zarur bo‘lgan munosabatlar va
qadriyatlarni rivojlantirishlariga imkon yaratishi mumkin.
Tadqiqot orqali ilm-fanlarini o‘qitish va o‘rgatishning qanday xususiyatlari
mavjud? Tadqiqotga asoslangan ta’lim javobgarlik darajasi bilan tavsiflanishi mumkin,
bunda o‘quvchilar o‘z oldilariga savol qo‘yib va ularga javob berib, tadqiqot ustida ishlab,
o‘z bilimini baholab va u haqida ma’lumot berib (o‘quvchi boshqaradigan tadqiqot)
o‘qituvchi tomonidan jalb etilganlik darajasi (o‘qituvchi boshqaradigan tadqiqot) bilan
taqqoslaydi.
Tadqiqotga asoslangan o‘qitishning asosiy maqsadi, o‘quvchilarga fundamental
ilmiy tushunchalar, tamoyillar va nazariyalarni o‘rgatish, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni