278
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan matn asosida bayon
yozishga o‘rgatiladi.
Bayon uchun tanlangan matnni o‘quvchilar bir ikki marta o‘qiydilar; bolalarning
matn mazmunini to‘g‘ri tushunganliklarini aniqlash, o‘qilgan matnni uning g‘oyaviy
mazmunini qismlari orasidagi bog‘lanishni to‘liq bilib olishga qaratilgan suhbat
o‘tkaziladi, matn rejasi tuziladi lug‘at ishi o‘tkaziladi, muhimroq sintaktik tuzilmalarga
va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto matn qismlari
tuzdiriladi, o‘quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar, o‘qituvchi esa ular ishini
kuzatadi, o‘qituvchi sinfdagi boshqa o‘quvchilarga halaqit bermay ayrim bolalarga
individual yordam beradi: bolalar yozgan bayonlarini o‘zlari tekshiradilar.
O‘quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni bayon
matniga qiyoslash maqsadga muofiq bo‘lib, bu ish mazmunda va bolalar bayoni tilida
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Bayon o‘tkazishda o‘quvchilar matn mazmunini qanday tushunganliklari, o‘z fikr
va tushunchalarini ijodiy va mustaqil ifodalaganlari, yozma nutq malakasi va
savodxonligi sinab ko‘riladi.
Bayon uchun matn tanlashda esa o‘qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
1. Bayon turi o‘quvchilarning kuchiga qarab belgilanadi.
2. Matnlar mazmuni o‘quvchilar uchun mos bo‘lishi shart.
3. Bayon ustida ishlash o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarning boshqa turlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi zarur.
Boshlang‘ich sinf ona tili dasturiga ko‘ra 3-sinfda 40-60 so‘zdan iborat matnning
mazmunini jamoa bo‘lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish ko‘zda tutiladi.
O‘quv yilining 1- yarmidan yoziladigan bayonlar rejasi asosan o‘qituvchi yordamida
tuziladi, 2- yarim yildan mustaqil reja tuzish talab etiladi.
Bunda dars quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchi bayon matnini o‘qib beradi, mazmun yuzasidan savol-javob o‘tkazadi.
2. O‘quvchilar reja tuzishga kirishadilar, qiynalsalar, hikoya 2 marta o‘qib beriladi.
3. O‘quvchilarning tuzgan rejasini taqqoslash: 1-o‘quvchi o‘qiydi, qolganlar o‘z rejalarini
taqqoslaydilar.
O‘quvchilar tuzgan rejalari asosida bayon yozadilar.
Reja har qanday o‘gzaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi, uning
“loyihasidir”. Reja tuzishga o‘rgatishda oldin nima haqida to‘xtalish, keyin uni qanday
davom ettirish, undan so‘ng nima haqida aytish, nihoyat hikoyani qanday tugatish
kerakligini o‘quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja avval so‘roq gap
tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida tuziladi. Bolalar avval o‘qigan
hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini
tuzib shu asosda bayon yozadilar. O‘quvchilar yozgan bayondagi so‘zlar soni dasturda
talab qilinganidan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |