244
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
kerakligi doimiy ravishda uqtirib boriladi. Biz bu orqali ularni gigienik qoidalarga ham
ko‘niktirib boramiz.
Kuzatishlardan shu narsa ma’lumki, quyoshli kunda 1g o‘rmonda havodan 280 kg
gacha karbonat angidirid yutilib, 220 kg kislorod ajralib chiqishi bilan atmosfera
tozalanib turar ekan. Ma’lumki, ichimlik suvi muommosi hozirgi kunda jahon miqiyosida
eng dolzarb muommoga aylanib ulgurdi. Shu bois suvdan foydalanish va uni isrof
qilmaslik haqida yoshlarimiz yana ham kengroq tushinchaga ega bo‘lishi zarur.
BMT tomonidan 27- mart – “Butunjahon suv kuni ” deb elon qilindi 2005-2015-
yillar “Suv- hayot uchun harakatlari 10 yilligi” deb ataldi. 1997-yilda 1- bor suv masalasi
bo‘yicha forum o‘tkazildi. 2003-yilda Yaponiyada bunday forumga butun dunyodan
yigirma mingga yaqin kishi qatnashdi. Shunday ekan obi-hayotning har qatrasini asrash
har birimizning burchimizdir. 70-yillarning boshlaridagina biz buni angladik. Insoniyat
qanday xavf qarshisida turganligini atrof-muhitda inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan
zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi.
Ekologiya muommosi Yer yuzini hamma burchaklarida ham dolzarb muammo.
Orol dengizining qurib borishi va mintaqaning cho‘lga aylanishi bilan bog‘liq
ekologik fojea bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning dardu alamidir. Muhtaram
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan tashkil etilgan keng ko‘lamdagi ishlar ekolgik
tanglik tahdidini barham toptirish Respublika aholisi uchun jismonan sog‘lom yosh
avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologik
jihatdan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.
“Ekologiya” degan tushinchaning o‘zi nima?
“Eko”-uy , joy, “logiya” ta’limot , odam yashaydigan tirik mavjudotni muhofaza
etish haqidagi tushunchadir.
Ma’lumki, tabiatga e’tibor, mehr yoshlikdan oiladan, bog‘chadan, maktabdan
boshlanadi.
Ekologiya butun mavjudot, jonli va jonsiz olamga nisbatan inson munosabatlarini
aql idrok, cheksiz tafakkur orqali takomillashtirish g‘oyasini o‘zida mujassam etadi.
Shunday ekan, o‘quvchilarga ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga ekologiyaga
oid bilim va tushinchalarni muayyan shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga muayyan maqsadda pedagogik ta’sir
ko‘rsatish tushiniladi.
Ekologik ta’lim –tarbiya vazifalariga jonli va jonsiz tabiatni asrash, yerni
zaharlanishini oldini olish, so‘lim maskanlar, quyosh va hayvonlarni yo‘q bo‘lib ketishini
oldini olish, ariqqa mazg‘avalarni tashlash, xonadon, ko‘cha va maydonlarni tozaligi
uchun kurashish kabilar kiradi. Ularni sanab o‘tish qiyin.
O‘quvchilar avvalo uyda ota-onalaridan, bog‘chada tarbiyachilaridan, maktabda
esa, o‘qituvchilaridan ekologik ta’lim-tarbiya olishi davr talabidir. Ba’zi
ota-onalar
farzandlariga qo‘lidan kelganicha uyni ozoda tuting, chang to‘zon qilmang, o‘simliklarni
Do'stlaringiz bilan baham: |