638
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Zamonaviy ta’lim munozarasi haqida gap ketganda, qator faktlar mavjudki, bugungi
kunda, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, o‘quv-tarbiya jarayonini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish, o‘quvchilarni qiziqqan kasbiga yo‘naltirish, dars
jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Ta’lim manzarasining sifati — bugungi o‘quvchilarning o‘z kundalik faoliyatidagi
muammolarini hal eta olishi, biror kasbda yurtga fidoiy mehnati bilan belgilanadi.
Zamonaviy ta’lim muhitida o‘zgarishlar esa innovatsion raqamli iqtisodiyot va axborotli
jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkonini beradigan o‘qitish tizimiga o‘tish bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda. Shunga mos ravishda ta’lim berishga yondashuvlar ham
o‘zgarib, internet va axborot texnologiyalari davrida qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha
avtomatlashtirilgan
yuqori
texnologiyalarga
mos
kasbga
tayyorlashga,
raqobatbardoshlik, shaxslararo munosabatlarni o‘rnata olish qobiliyati, tanqidiy fikrlash,
kommunikativlik, ijodiy yaratuvchanlik kompetentsiyalarni rivojlantirishga e’tibor
berilmoqda.
Mazkur strategiyalar mazmunida o‘quvchilarning qiziqishlari va o‘qitiladigan
dasturlar mohiyati, samarali dars mashg‘ulotlari bilan xarakterlanadi. O‘qituvchilar
faoliyatida bir printsip mavjudki, bu mavzuni yaxshi tushuntirish (yetkazib bera olishi)
hisoblanadi.
Sir emaski, bugunga qadar o‘qitish usuli sifatida sinfda qatnashishi, gapirib berish,
o‘qib berishi, yodlab olishi, fikrini bayon etishi, yozib berish kabi ma’lum “qolip” mavjud
bo‘lib, bu usullar amaliy jarayon bilan uyg‘unligi ta’minlanmaganligi uchun o‘zini
oqlamayapti. Uyg‘unligini ta’minlash deganda, musiqa maktablaridagi o‘quv jarayonni
kuzatsak, ularda amaliy (o‘quvchining chap qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri qo‘yishni
o‘zlashtirish, pozitsiyalar almashuvi, rubob grifida notaning joylashishini topa olish,
notani varaqdan o‘qish va tordan-torga o‘tish kabi murakkab jarayonni diqqat bilan
o‘rganish talab etiladi) topshiriqlar o‘quv dasturida belgilangan topshiriqlar natijaviyligi
bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, jamiyatda misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarishlar tufayli turli kasblar:
menejer, injinering, nanotexnolog, turizm mutaxassisi, logist-naqliyotchi, imijmeyker,
anesteziolog va boshqa shunga o‘xshash mutaxassislarga ehtiyoj oshib bormoqda.
Kasblarga bo‘lgan ehtiyojni bugundan o‘ylash uchun, avvalo, o‘qituvchilarda XXI asr
ko‘nikmalarni shakllantirish, kutilayotgan o‘zgarishlarni oldindan bashoratlash, yuzaga
keladigan kasblar dunyosini anglash, metodologiyaning to‘g‘ri tashkil etish va tanlangan
texnologiya va metodlarning mavzularga muvofiqligini ta’minlashga erishish lozim.
Ayniqsa, bugungi o‘quvchi yoshlarning ilm o‘rganishga chanqoqligi, mustaqil,
ilmiy-ijodiy izlanishlari, innovatsion g‘oyalarga nisbatan cheksiz qiziqishi — o‘z-o‘zidan
dunyo munosabatlarida yangi munosabatlar paydo qilishga, ta’limning yanada yangi
qirralarini kashf etishga, xalqaro tajribalar asosidagi o‘qitish metodikalarini
Do'stlaringiz bilan baham: |