Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari



Download 225,44 Kb.
bet36/79
Sana19.05.2022
Hajmi225,44 Kb.
#604267
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
adativ-dastur-engohiri

Jamoa bo‘lib kuylash: “Zag‘izg‘on”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullaeva musiqasi.
Musiqa savodi: Ixtiyoriy tinglangan asarda qo‘llanilgan musiqaning ifoda vositalarini aniqlash.
Jamoa bo‘lib kuylash: “Handalak”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullaeva musiqasi.
Musiqa savodi: Kompozitor Dilorom Omonullaeva ijodi
D.Omonullaevaning bolalar uchun yozilgan qo‘shiqlarni CD yoki DVD vositalari orqali tinglash. Tinglangan qo‘shiqqa mos raqs harakatlarini bajarish.
Jamoa bo‘lib kuylash: “Handalak”, P.Mo‘min she’ri, D.Omonullaeva musiqasi.
Musiqa savodi: Kompozitor Dilorom Omonullaeva ijodi
D.Omonullaevaning bolalar uchun yozilgan qo‘shiqlarni CD yoki DVD vositalari orqali tinglash. Tinglangan qo‘shiqqa mos raqs harakatlarini bajarish.
Jamoa bo‘lib kuylash: “Sehrli dunyo” X.Axmedova she’ri, X.Hasanova musiqasi.
Musiqa savodi: Cholg‘u (g‘ijjak, tanbur, afg‘on rubobi) sozlari bilan tanishish
Jamoa bo‘lib kuylash: “Sehrli dunyo” X.Axmedova she’ri, X.Hasanova musiqasi.
Musiqa savodi: Cholg‘u (g‘ijjak, tanbur, afg‘on rubobi) sozlari bilan tanishish
Yakuniy Dars konsert. Kompozitor Avaz Mansurov ijodi
Musiqa tinglash: “Dakan xo‘roz”, P.Mo‘min she’ri, A.Mansurov musiqasi. Qo‘shiqqa chapakda ritmik jo‘r bo‘lish.


Mavzuiy rejalashtirish





Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Jami

Yangi mavzu

Takror lash

1.

Yakkanavozlik va jo‘rnavozlik

9

8

1

2.

Yakkaxonlik, cholg‘uchilar va xonandalar ansambli

7

7


3.

Kuy nima? Kuyda nimalar ifodalanadi

10

9

1

4.

Musiqaning ifoda vositalari

8

8


Jami

34

32

2

TASVIRIY SAN’AT”
TUSHUNTIRISH XATI
Ta’lim-tarbiya jarayonida tasviriy san’at darslari asosiy fanlardan biri sifatida qaraladi. Chunki, tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitib borishga xizmat qiladi. Tasviriy san’at ta’sirida bolalarning hissiy bilish darajasi o‘sib, aqliy va irodali sifatlari yanada rivojlanib boradi. Bolalar qo‘lining koordinatsiyasi ham tartibga tushirib boriladi.
Bolalarni hayotdagi va san’atdagi go‘zallikni sezish, tushunish, idrok etish va ular haqida fikr yuritishga o‘rgatish, badiiy-estetik tasavvurini, dunyoqarashini rivojlantirish va boyitib borish, tevarak-atrof, olamga ongli munosabat va madaniyatni tarbiyalash tasviriy san’atning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tasviriy san’at mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarda yoshligidan insoniylikning dastlabki elementlaridan biri sifatida go‘zal, nafis narsalarni sezish, ko‘rish, kuzatish, idrok, tasavvur va tahlil etish, taqqoslash, fikrlash, umumlashtirish, o‘zlashtirish kabi xislatlarni rivojlantirish;
tasviriy san’at asarlari orqali o‘quvchilarni ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishga o‘rgatish va ular to‘g‘risida dastlabki tasavvurlar hosil qilish;
o‘quvchilarga tasviriy san’atning mashg‘ulot turlari haqida tushuncha berish orqali ularda maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
tasviriy faoliyat yordamida o‘quvchilarning qo‘l harakatini o‘stirish va turli shakllarni tasvirlashga o‘rgatish;
o‘quvchilarga narsalarniig shakli, tuzilishi, hajmi, bir-biridan ko‘rinish jihatdan farqlanishi, taniqli belgilari haqida tushuncha berish, ritm va rangni his qila olishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni xilma-xil materiallar asosida har xil narsalar tasvirini ishlay olishga o‘rgatish orqali ularning bilish faoliyati va mustaqilligini kuchaytirish, ijodkorligi va tashabbuskorligini o‘stirish;
tasviriy san’at vositasida o‘quvchilarni yaxshi odatlardan bo‘lgan do‘stona munosabat va o‘zaro yordam ko‘rsatish hamda tarixiy, milliy urf-odatlar, marosimlar, milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash;
dekorativ xalq amaliy san’ati, O‘zbekiston me’morchiligining o‘ziga xos xususiyati bilan tanishtirish, milliy kasb-hunarlarni qadrlashga o‘rgatib borish;
tasviriy san’at orqali o‘quvchilarning jonajon o‘lka tabiatiga muhabbat, kishilarning ijtimoiy mehnatiga qiziqish va hurmat tuyg‘usini tarbiyalash;
o‘quvchilarning badiiy-estetik didi, ekologik ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirish;
o‘quvchilarda badiiy madaniyatni tarbiyalash;
o‘quvchilarida mavjud bo‘lgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida barmoq gimnastikalari, turli tasvirlash mashqlari, didaktik o‘yinlarni o‘tkazish asnosida ularga badiiy tarbiya berish;
o‘quvchilarini atrof-muhidagi narsa va hodisalarni ko‘ra bilish va idrok etish asosida olingan estetik his-tuyg‘u va tushunchalarni o‘zlari chizayotgan rasmlarida aks ettira olishga o‘rgatish;
turli yordamchi vositalar va omillar yordamida o‘quvchilarning tasvirlay olish malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarida ko‘rish xotirasi, chamalash qobiliyati, rang sezish, obrazli tasavvur etish kabi xususiyatlarni rivojlantirish;
xalq milliy hunarmandchiligi, xalq amaliy san’ti, tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda badiiy-estetik didini o‘stirishga zamin yaratish;
o‘quvchilarini tasviriy va dekorativ-amaliy san’at, me’morchilik asoslari bilan tanishtira borib, ularning badiiy fikr doirasini kengaytirish;
Internet saytlarida berilgan dunyoning mashhur muzeylari bilan o‘qituvchi yordamida tanishish, ulardagi tasviriy san’at asarlarini ko‘rish va taxlil etish, dars jarayonida dunyoning mashhur asarlarining mazmuni va tarixi, muallifi haqida bilishlpri va suhbat jarayonida bu borada ayrim ma’lumotlarni bera olishni o‘zlashtirish;
o‘quvchilarining tasviriy san’atdan o‘tkaziladigan amaliy ishlar jarayonida olingan bilim va malakalarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatish va boshqalar.
Tasviriy san’atdan umumiy ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar, elektron darsliklar va maxsus o‘quv kinofilmlari hamda o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan ta’minlashni talab etadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarining har biri aqli zaif o‘quvchilarning nuqsonlarini tuzatishga yordam berishi, ularning shaxsiy sifatlari va umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi hamda har bir o‘quvchining badiiy bilim doirasini boyitib borishi zarur hisoblanadi. Buning uchun dastlabki tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish, badiiy ta’lim-tarbiya jarayonini hayot va amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Ana shunda o‘quvchilarning badiiy-estetik madaniyatini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
Tasviriy san’atning o‘qitilishida didaktik printsiplarga alohida e’tibor beriladi. Ma’lumki, tasviriy san’atdan bilim va malakalarni ongli o‘zlashtirish o‘quvchidan ma’lum darajada mustaqillik va faollikni talab etadi. Aqli zaif o‘quvchilar ko‘pincha yuqori sinflarda ham sodda savol-topshiriqlarning yechimini topishda ancha qiynaladilar. Shunga ko‘ra, ularga imkon qadar tushunarli bo‘lgan vazifalarni berish kerak bo‘ladi. Buning uchun avvalo, o‘quvchida ishni bajarishga hohish va o‘z kuchiga nisbatan ishonch bo‘lishini tarbiyalash zarurdir. Yordamchi maktab ta’limida ko‘rgazmalilik printsipi o‘ta muhim bo‘lib, o‘quvchining idroki, tasavvurini yanada rivojlantirish imkonini beradi. Aqli zaif bolalar ko‘rgazmalilik orqali narsa, voqea-hodisalarning tashqi va ichki mohiyatini tushunib oladilar. Shu orqali ularning fikr yuritishi to‘g‘rilanib boradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aqli zaif o‘quvchilarning sezgisi, idroki, tafakkurining rivojlanganligi juda muhimdir. Chunki, aqli zaif bolalardagi asosiy nuqson tafakkurning rivojlanmaganligidir. O‘quvchilari tafakkurining asosiy kamchiligi yuzakilik, sekinlik, juda sayozlik, torlik, mustaqil emaslikda ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun yordamchi maktab ta’limi sodda bo‘lishi, o‘quv materiallari o‘quvchilarga aniq va tushunarli tarzda bayon etilishiga erishish muhimdir. Shuningdek, badiiy ta’lim jarayonida aqli zaif o‘quvchilarning bilish faoliyati va mustaqilliklarining birmuncha pastligi hamda faol emasligiga alohida e’tibor berish lozim. Bunda tasviriy san’at darslarini tashkil etish sifati qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, bu faoliyat shaxs kamolotiga shunchalik samarali ta’sir etadi.
O‘quvchilar tasviriy san’atdan turli bilim, ko‘nikma, malakalarni egallab borish bilan birga, o‘zlarining faoliyatlarini ham takomillashtirib boradilar. O‘quvchilardagi tasviriy faoliyat dastlab tahlil asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, u borgan sari mustaqil ijodiy xarakter kasb etib boradi. O‘quvchilarning badiiy-estetik jihatdan rivojlanishi davomida ularning tasvirlash tajribalarining ortishi asosida badiiy faoliyati ham tobora samarali rivojlanib boradi. Bunda o‘quvchining tasviriy faoliyatdan yangi yo‘l va yo‘nalishlarni qidirishiga keng imkoniyat yaratiladi. Natijada tasviriy faoliyat jarayonida o‘quvchilar ma’naviy va badiiy-estetik jihatdan rivojlanib boradilar. Ularning har qanday faoliyati ijtimoiy foydali faoliyatga aylanadi.
Tasviriy san’atdan o‘quvchilarning badiiy-estetik tarbiyasida o‘zbek musavvirlarining O‘zbekiston tabiati, ijtimoiy hayoti, kishilarning mehnati aks ettirilgan milliy asarlardan, shuningdek, she’r, hikoya, ertak, masallar, Navruz batrami bilan bog‘liq rasm-rusumlar, qo‘shiqlardan foydalanishga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilar badiiy tarbiyasini yanada rivojlantirish hamda kundalik turmush darajalarini boyitish maqsadida, ular bilan ko‘proq tabiat bag‘riga va muzeylarga sayr-sayohatlar uyushtirish, rassomlarning hayoti va ijodiga bag‘teatrlashtirilgan ko‘rinishlar tashkil etishni kuchaytirish foydalidir.
Hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida o‘quvchilarga tasviriy san’atdan iqtisodiy tarbiya berish orqali mehnatsevarlik, tejamkorlikni singdirish, shuningdek, ularning ekologik tarbiyasini amalga oshirishda tevarak-atrof, hayot, tabiat, amaliyot bilan bog‘lanishi muhim masalalardandir. Ana shunda tasviriy san’atdan ta’lim-tarbiya ishlarining serunum samarali mahsuli yuzaga keladi.
Eng muhimi o‘quvchilar tasviriy san’atdan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan hayotda foydalanishlarini nazarda tutishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har bir o‘quvchi yil davomida dastur hajmidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy ishlari orqali namoyish eta olishi, tasviriy san’atning har bir turi bo‘yicha mustaqil ishlay oladigan bo‘lishi kerak.
Masalan, geometrik shakllar yoki o‘simliksimon elementlar asosida yo‘lsimon naqsh ishlashda qalamda chiziladigan “yo‘l”ni teng qismlarga bo‘lib chiqish kerak bo‘ladi. Ana shunday hollarda I—II sinflarda ikki chiziqdan tuzilgan yo‘lni bo‘lishda kartondan yasalgan maxsus to‘rtburchakli “o‘lcham-andoza”dan foydalanish mumkin. Bunda andoza qalamda chizilgan “yo‘l” ustiga qo‘yiladi va ikki chetidan tik chiziqlar o‘tkaziladi. Bu ish to yo‘l ichi to‘rtburchaklarga to‘lgunicha davom ettiriladi. Shu tariqa hosil qilingan to‘rtburchak shakllar ichiga naqshlar chiziladi. Keyinchalik esa naqsh foni rangli qalamlarda yaxlit shtrixlab bo‘yaladi.
Dekorativ rasm chizish mashg‘ulotlari o‘quvchilarda texnik va tasviriy malakalarni shakllantiradigan naturadan rasm ishlash darslari bilan almashlab o‘tilishi lozim.
Natura sifatida qo‘yiladigan barcha ob’ektlar chizish uchun o‘quvchilarning ko‘z chiziqlaridan bir oz pastroqda joylashtiriladi. Rasmini chizish uchun bir-ikkita bir xildagi natura tanlanadi. Kichik o‘lchamdagi naturalar (masalan: daraxt barglari, kapalak, qog‘oz stakanchalar, bo‘sh gugurt qutichalari) har bir o‘quvchiga alohida beriladi. Bu o‘z navbatida barcha o‘quvchilarga naturani aniq ko‘rishlariga imkon yaratadi.

Download 225,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish