Bo‘limlar nomi
|
Soatlar taqsimoti
|
Jami
|
Yangi mavzu
|
Takror lash
|
1.
|
Tayyorgarlik mashqlari
|
9
|
9
|
|
2.
|
Dekorativ rasm chizish
|
12
|
10
|
2
|
3.
|
Naturadan rasm ishlash
|
7
|
7
|
|
4.
|
Mavzu asosida rasm ishlash
|
5
|
5
|
|
Jami
|
33
|
31
|
2
|
II SINF (34 s)
Dekorativ rasm chizish (15 soat)
O‘quvchilarni qo‘lda to‘g‘ri chiziqlar (tik, yotiq, qiya ko‘rinishlarda) chiza olishga o‘rgatish, kesmani teng qismlarga bo‘lish; asosiy geometrik shakllarni qo‘lda chiza olish va ulardan tasvir hamda ranglarini takrorlash orqali yo‘lsimon naqsh tuza olish malakasini rivojlantirish; o‘simliksimon naqsh eelementlaridan foydalangan holda yo‘lsimon, kvadrat va doira ichida naqshlar tuzish; rasmni bo‘yash ko‘nikmalarini takomillashtirish: chetki chizig‘idan chiqmagan holda qalamni qattiq bosmasdan bir xil yo‘nalishda shtirxlash; naqshlarni bo‘yashda qizil, ko‘k, yashil, sariq, jigar rang, zarg‘aldoq va binafsha ranglardan foydalana olishga o‘rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
Meva va barglardan (namuna asosida) yo‘lsimon naqsh chizish.
Mustaqil ravishda yo‘lsimon naqsh ishlash.
Geometrik shakllardan kvadrat ichida naqsh ishlash (kvadratning burchaklarini qiya chiziq bilan tutashtirishdan hosil bo‘lgan uchburchaklarni rangli qalam bilan bo‘yash).
Kvadrat shaklning qiya chiziqlari ustiga bargli shoxcha rasmi tushirilgan naqsh ishlash.
Kvadrat shaklning ko‘ndalang chiziqlari ustiga archa shoxchalari tasviridan naqsh ishlash.
Kartondan qirqilgan paypoqni qor uchqunlari ko‘rinishidagi naqsh bilan bezatish.
Qalin qog‘ozdan qirqib tayyorlangan uchburchak shakldagi ro‘molni naqsh bilan bezatish.
Doira ichida naqsh ishlash- “Bezatilgan taqsimcha” (Taqsimcha uchun qalin qog‘ozdan doira qirqiladi).
Turli xil geometrik shakllarni o‘zida mujassamlashtirgan sodda predmetlar rasmini daftarga va sinf doskasiga chizish:
Kvadrat va uchburchaklardan - “uy”.
To‘g‘rito‘rtburchak va ikkita doiradan - “tirkama”(pritsep).
Uchburchak va to‘g‘rito‘rtburchakdan - “Qush uyasi”.
O‘qituvchi taklif etgan geometrik shakllardan yo‘lsimon naqsh tuzish.
Gul va barglardan yo‘lsimon naqsh chizish.
Gul tasvirlaridan aylana ichida naqsh tuzish (Doira-oldindan qirqib tayyorlab qo‘yilgan shakl).
“Eryo‘ldoshning parvozi” mavzusida applikatsiya usulida otkritka tayyorlash.
Naturadan rasm ishlash (13 soat)
O‘quvchilarni qog‘oz yuzasida mo‘ljal olish va tasvirlarni to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish; kvadrat, to‘g‘rito‘rtburchak, doira va uchburchak shaklidagi predmetlarni farqlash va nomlarini to‘g‘ri aytish; ayrim predmetlarning kvadrat va to‘g‘rito‘rtburchak shaklini anglash va chizgan rasmlarida to‘g‘ri ifodalay olish; rasm chizayotganda predmetlarning makonda joylashgan holatlariga rioya qilish va ularni o‘z so‘zlari orqali tasvirlay olish (o‘rtasida, o‘ngda, chapda, pastida); murakkabroq tuzilishdagi predmetlarni qismlarga ajratgan holda eng xarakterli belgilarini bo‘rttirish; naturaga mos keladigan rangli qalamni tanlagan holda rasmni chetki chizig‘idan chiqmagan holda sifatli bo‘yash.
Namunaviy topshiriqlar:
Sabzavot va mevalarni o‘ziga qarab rasmini ishlash:
Bodiringni o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Sabzini o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Turupni o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Sholg‘omni o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Rediskani o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Olmani o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Qo‘ziqorin (oq qo‘ziqorin, zamburug‘) ni o‘ziga qarab rasmini ishlash.
O‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan sodda shakldagi predmetlarni o‘ziga qarab rasmini chizish:
Papkani o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Chizg‘ichni o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Uchburchakli chizg‘ichni o‘ziga qarab rasmini ishlash;
O‘sha predmetlarni sinf taxtasiga xotiradan bo‘r yordamida rasmini chizish.
Surat uchun chorcho‘pni o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Portfelni old tomondan o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Yo‘l harakatini boshqaradigan uchburchak shakldagi ogohlantiruvchi (sariq rangga bo‘yalgan va o‘rtasiga qora rangda undov elementi tushirilgan) belgini maketiga qarab rasmini ishlash;
Qurilish materiallari to‘plamidan tuzilgan minorani o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Bayram bayroqchasini o‘ziga qarab rasmini ishlash;
Bahorgi gullarni o‘ziga qarab rasmini ishlash.
Mavzu asosida rasm ishlash (6 soat)
O‘quvchilarning tevarak-atrof haqidagi tasovvurlarini aniqlashtirish va yanada boyitish; ularni tanish predmetlarning asosiy shaklini chizgan rasmlarida ifodalay olishga o‘rgatish; mazkur predmetlarning ko‘rinishlarini bitta rasmda umumlashtirib, o‘zaro mantiqan bog‘langan holda tasvirlash malakasini rivojlantirish; dumaloq shakldagi predmetlar va uning qismlarini, makonda joylashgan holatlarini chiza olishga yo‘llash (pastdan, yuqoridan, ustidan, yonidan, yaqinidan, burchagidan).
Namunaviy topshiriqlar
Mavzu asosida rasm ishlash:
“Katta va kichik arava yo‘lda ketmoqda”.
“Daraxtlarning kuzgi ko‘rinishlari”.
“Bezatilgan archa shoxchasi”.
“Qorqiz”.
“Akvariumdagi baliqlar”.
Navro‘z bayramiga atab “Sumalak pishirish”.
Tasviriy san’at haqida suhbat (chorakda 2 marta)
O‘zbek xalq ertaklari va bolalar kitoblariga ishlangan suratlarda tasvirlangan ertak qahramonlarini tanish va ularning nomlarini ayta olish, o‘zaro taqqoslash kabi malakalarni rivojlantirish; rang nomlarini ayta olish va qaysi guruhga mansubligini aniqlashga o‘rgatish.
Mashg‘ulotlar mazmuni
O‘zbek va rus xalq ertaklariga ishlangan suratlarni tomosha qilish (rassomlardan T.Muhamedov (“Sham ko‘targan mushuk”), Yu. Vasnesov, Ye. Rachev, V. Vatagin, Ye. Charushin va boshqalarning chizgan illyustrasiyalari).
Bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi
II sinf o‘quvchilari o‘quv yilining oxirida quyidagilarni bajara olishlari lozim:
Tasvirni qog‘oz varag‘i yuzasiga to‘g‘ri joylashtira olish;
Tik va ko‘ndalang yo‘nalishlarni aniqlashtirgan holda ularga mos tushadigan chiziqlarni o‘tkaza olishlari;
Naqshda elementlarning takrorlanishi va navbat bilan (shakli va rangiga ko‘ra) almashinib kelishini tushunishlari.
Kvadrat, to‘g‘rito‘rtburchak, dumaloq va uchburchak shakldagi predmetlarning shaklini farqlash va nomlarini ayta olishlari;
Ayrim predmetlarning kvadarat hamda to‘g‘rito‘rtburchak ko‘rinishlarini anglay olishlari va chizgan rasmlarida ifodalay oladigan bo‘lishlari;
Rang tuslarini farqlash va nomlarini ayta olish: qora, oq, kul rang, qizil, sariq, ko‘k, zarg‘aldoq, jigarrang, binafsha;
Illyustratsiyalarda tasvirlangan xalq ertaklari qahramonlarini tanishlari va nomlarini ayta olishlari.
siyalardan yil fasllarining o‘ziga xos xarakterli belgilarini ajrata olishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |