Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar


Qochoq («Ufq» trilogiyasidan parcha)



Download 171,14 Kb.
bet12/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8-sinf

Qochoq («Ufq» trilogiyasidan parcha)

«Qochoq» bobi qaysi asardan olingan parcha?

⏩ «Ufq» romanining «Hijron kunlarida» kitobidan.

Nima uchun Ikromjonning yor-birodarlari oldida yuzi yorug‘ bo‘ldi?

⏩ Chunki Vatan uchun qilgan xizmatlari oliy mukofot bilan taqdirlandi: orden oldi.

«Bir pasda Ikromjonning qaddi bukildi-qoldi.» Berilgan parchadagi Ikromjonning bu ruhiy holati qaysi voqea ta’sirida ro‘y berdi?

⏩ Do‘sti Raimdan o‘g‘li Tursunalining urushdan qochganligini eshitgach.

Jannat xola to‘qayda yashirinib yotgan o‘g‘lini xabar olish uchun qanday bahona to‘qir edi?

⏩ O‘tinbop ildizlarni terib kelishni.

Nima uchun Jannat xola zovur orqasiga qo‘yib kelayotgan ovqati tuproqqa qorishib yotganini ko‘rganda ham, ovqatini itlar talashib yeb ketganligini sezmaydi?

⏩ U o‘g‘lininig fe’lini bilganidan, o‘zi shunaqa, u yerdagi cho‘pni bu yerga olib qo‘ymasdi, deb qo‘ya qolgan edi.

Tursunalining sevgan qizi kim edi?

⏩ Zebi.

Ikromjonga o‘g‘ildek yaqin bo‘lib qolgan yigit kim?

⏩ Nizomjon.

To’qayda ilk bor o’g’lini uchratgan Ikromjon Tursunboyni qanday tanib qoldi?

⏩ Ko’zlaridan.

Ikromjon Tursunboyni qanday qiyofada ko’rdi?

⏩ Sochlari o‘sib yelkasiga tushgan, kiyimlarining juldiri chiqqan, yuzlari chivin chaqqandan yara bo‘lib ketgan bu odam Tursunboy edi. U ozib, qorayib, darmonsizlikdan arang sudralgandek yurardi.

Tursunboy otasi bilan uchrashganda to’qayga kelganiga qancha bo’lgan edi?

⏩ To’rt oy

Ikromjon Tursunboyning qaysi gapidan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi?

⏩ Onasini qabrga olib ketishayotganlarida ko‘rib jim kuzatib turganini aytganida

Tursunboy otasining qaysi gapidan so’ng to’qayga qochib ketadi?

⏩ “Yur qishloqqa. Yurt oldiga. Sen yaramasning jazoyingni yurt bersin”, —degach

O’g’liga qarab o’q uzgan Ikromjon nimadan yengil tortdi?

⏩ O’g’liga o’q tegmaganidan

Ilk bor o’g’lini uchratganidan so’ng Ikromjon nima uchun o‘sha kundan beri to‘qay kezib uni izlaydi?

⏩ U endi Tursunboyni uchratsa, uning diliga insof solmoqchi, afv so‘ratmoqchi. Jangga yuborishlarini, qonli urushda dog‘ni yuvishni so‘rashga unatmoqchi.

O’g’lini qamish kapadan topgan Ikromjon uni qay holatda ko’rdi?

⏩ O’g’li olamdan o’tgan edi

Ikromjon qabrni nima bilan kavladi?

⏩ Qoltiqtayog’i bilan

Kim o’g’lini qabrga qo’yib faryod chekayotgan Ikromjonning ahvolini ko‘pdan beri kuzatib turib, faryodiga chidayolmay, oxiri zo‘rlab bo‘lsa ham uni olib ketadi?

⏩ Nizomjon

Ikromjonning musibatlarida dardiga malham bo‘lgan mehribon insonlar kimlar bo‘ldi?

⏩ To‘lanboy, Nizomjon, Zebi, Asrora, Dildor, A’zamjon.

Romanda tabiat tasvirining inson ruhiyatiga mos keladigan o‘rinlarini toping.

⏩ «Quyosh qip-qizil cho‘g‘ bo‘lib botayotgan cho‘l oqshomi» (Jannat xolaning qabrga qo‘yilishida); «Oy singan qizil lagandek bo‘lib bo‘zarib chiqdi»; «U sekin-sekin havolanib terak bo‘yi ko‘tarildida, qimirlamay osilib qoldi» (Ikromjonning o‘g‘lini qabrga qo‘ygandagi holat).

Ikromjon va Nizomjon munosabatlari haqida gap ketganda ularga nisbatan qaysi maqolni qo’llasa bo’ladi?

⏩ «Tug‘ishgandan tutingan afzal»

S. Ahmadning «Ufq» romanini «… odamga quvvat beradigan umid, uning boshini «toshdan» qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir», — deb ta’riflagan adib kim?

⏩ Abdulla Qahhor.

S. Ahmadning «Ufq» romanini «Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi... Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg‘usi, quvonchi, qilish-qilmishi, muhabbati, g‘azabi, og‘zidan chiqadigan har bir so‘zi rost...», — deb ta’riflagan adib kim?

⏩ Abdulla Qahhor.

«Ufq» ning «45 kun» deb nomlanuvchi kitobi nima haqida?

⏩ Urush arafasida (1939-yil) Katta Farg‘ona kanalining qurilishida xalqimizning jasorati haqida.

nazariy ma'lumot. Roman shakllari

«Roman» so‘zinig lug‘aviy ma’nisi nima?

⏩ Roman tillarida (O‘rta asrlarda roman tillarida yaratilgan har qanday asarni anglatardi) yaratilgan adabiy asar.

Roman qanday janr?

⏩ Inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng tasvirlovchi yirik epik janr.

Romanning qissa va hikoyadan farqi nimada?

⏩ Romanda ko‘plab personajlarning taqdirini aks ettirishi, katta miqyosdagi voqea-hodisalarni tasvirlashi bilan farq qiladi.

Tarixiy romanga qaysi romanlar kiradi?

⏩ «O’tkan kunlar» (A. Qodiriy), «Ulug‘bek xazinasi» (O. Yoqubov)

Harbiy romanga qaysi romanlar kiradi?

⏩ «Quyosh qoraymas» (Oybek), «Shinelli yillar» (Shuhrat)

Zamonaviy romanga qaysi romanlar kiradi?

⏩ «Olmos kamar» (P. Qodirov), «Diyonat» (O. Yoqubov)

Sarguzasht va fantastik romanga qaysi roman kiradi?

⏩ «Sariq devni minib» (X. To‘xtaboyev)

Ijtimoiy-falsafiy romanga qaysi roman kiradi?

⏩ «Davr mening taqdirimda» (A. Muxtor)

Roman o‘zining hajmi va shakliga ko‘ra qanday ko‘rinishlarda bo‘ladi?

⏩ Dilogiya, trilogiya, tetralogiya, romanlar turkumi.

O‘zbek adabiyotida qanday roman-dilogiyalar mavjud?

⏩ P. Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni», H. G‘ulomning «Mash’al», Mirzakalon Ismoiliyning «Farg‘ona tong otguncha», X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi»

O‘zbek adabiyotida kim roman-trilogiya yaratgan?

⏩ Said Ahmad («Ufq» romani).

Jahon adabiyotida kimlar roman-trilogiyaning mukammal namunasini yaratganlar?

⏩ L. N. Tolstoy, S. T. Aksakov, Xalqaro Nobel mukofoti laureatlari: ingliz yozuvchisi Jon Golsuorsining «Forsaytlar haqida qo‘shiq», arab yozuvchisi Najib Mahfuzning «Xan-al Xalili», Vasiliy Yanning «Chingizxon», «Botu», «So‘nggi dengizgacha» asarlari.

To‘rt kitobdan iborat roman nima deyiladi?

⏩ Tetrologiya.

Kimlar roman-tetrologiya yozgan?

⏩ V. Kataev («Qora dengiz to‘lqinlari»)

To‘rtdan ortiq kitobdan iborat roman nima deyiladi?

⏩ Romanlar turkumi.

Romanlar turkumiga qaysi asarlarni misol qilish mumkin?

⏩ Fransuz adiblari: Romen Rollanning 10 jildlik «Jan Kristof», Roje Marten dyu Garning 8 jildlik «Tibo oilasi» romanlarini.

Qaysi adiblar romanlar turkumiga oid asarlari uchun Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan?

⏩ Romen Rollan va Roje Marten dyu Gar.

Roman-epopeya nima?

⏩ Roman-epopeyada asarning nechta kitobdan iborat bo‘lishi emas, balki qanchalik ko‘p va katta voqea-hodisalarning qamrab olinishi muhim.

Roman-epopeya hisoblanadigan qanday asarlarni bilasiz?

⏩ Balzakning bir necha avlod taqdiri yoritilgan «Insoniyat komediyasi», S. Ayniyning «Qullar» kabi asarlari.

Asqad Muxtor (1920—1996)

Qayerda tug‘ilgan?

⏩ Farg‘ona shahrida, temiryo‘lchi oilasida.

Asqad Muxtor qayerda tarbiyalandi?

⏩ Bolalar uyida.

1960—1963-yilda qaysi jurnalga muharrirlik qiladi?

⏩ «Sharq yulduzi»

Yana qaysi gazeta va jurnallarga muharrirlik qilgan?

⏩ «Guliston»jurnali, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga.

Asqad Muxtorning ilk she’rlari qaysilar?

⏩ «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» (1935—1938).

2-jahon urushi yillarida chop etilgan she’rlari qaysilar?

⏩ «G‘alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug‘ishganlar qaytdi», «Sog‘inish»

Qanday she’riy to‘plamlari bor?

⏩ «Po‘lat quyuvchi» (1947) 
«Hamshaharlarim» (1949) 
«Rahmat, mehribonlarim» (1954) 
«Chin yurakdan» (1956) 
«99 miniatura» (1962) 
«Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1964) 
«She’rlar» (1966) 
«Quyosh belanchagi» (1971) 
«Sizga aytar so‘zim» (1978)

Asqad Muxtor qachon prozaik janrlarda ijod qilishni boshladi?

⏩ 50-yillardan boshlab.

Qanday qissalar yozgan?

⏩ «Daryolar tutashgan joyda» (1950) 
«Qoraqalpoq qissasi» (1958) 
«Buxoroning jinko‘chalari» (1980) 
«Bo‘ronlarda bordek halovat» 
«Jar yoqasidagi chaqmoq» (1982) 
«Kumush tola» (1987)

Asqad Muxtor qanday romanlar muallifi?


«Opa-singillar» (1954—1955)
«Tug‘ilish» (1960—1963) 

«Davr mening taqdirimda» (1964) 

«Chinor» (1969—1973)

«Amu» (1984)

Asqad Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan hikoyalar to‘plami qanday nomlanadi?

⏩ «Hayotga chaqiriq» (1956), «Dunyo bolalari» (1962).

Bolalarga bag‘ishlangan she’riy to‘plami qaysi?

⏩ «Chin yurakdan» (1956).

Qanday tarjimalari bor?

⏩ Sofoklning «Shoh Edip» asari, Pushkin, Lermontov, Tagor, Mayakovskiy, Blok, Gorkiy, Shevchenko asarlarini tarjima qilgan.

Adibga katta shuhrat keltirgan romani qaysi?

⏩ «Chinor»




Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish