Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi yuzasidan savollar



Download 171,14 Kb.
bet11/17
Sana18.01.2022
Hajmi171,14 Kb.
#384115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
8-sinf

«Nil va Rim»

«Nil va Rim»qachon yozilgan?

⏩ 1935-yil.

«Nil va Rim»she’rida qaysi davr voqealari qalamga olingan?

⏩ Hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahrida bo‘lgan ulkan imperiya jahonning ko‘plab mamlakatlarini bosib olib, ulaming xalqini qul qilgan edi. Misrda bo‘lsa, fir’avnlar o‘zlarini yerdagi Xudo hisoblab, o‘z xalqi va atrofdagi xalqlarga uy hayvonlaridek munosabatda bo‘lishni odat qilgandilar.

Bu quldorlik davlatlarida insonlarga bo’lgan munosabat qanday bo’lgan?

⏩ Inson umrining sariq chaqalik qadri bo‘lmay, o‘n minglab, yuz minglab kishilar umri imperiyalarning o‘zaro besamar urushlari oloviga tashlanardi. Bu urushlarda asir tushgan odamlar qul bozorlarida sotilar, ulaming keyingi taqdiri bilan hech kimning ishi bo‘lmasdi. Qul egasi uni xohlagancha ishlatar, xo‘rlar, ko‘ngilochdi olishuvlarga solar, yoqmay qolsa, o‘ldirib yuborish ham uning ixtiyorida bo‘lar edi.

«Nil va Rim»sherining I qismidagi “Chirog‘imga parvonadek urinar yillar— To‘rt atrofim to‘lib ketar kuygan qanotga...” misralarini izohlang.

⏩ Gap Nil va Rim haqida ketar ekan, bu tarix kitobida zarvaraq bir yoqda tursin, oq varaq ham yo‘q. Milt etgan yorug‘likka tashna bu yillar parvonadek o‘zini chiroqqa uradi, baribir qismati yo‘qlik — kul...

«Nil va Rim»sherining I qismida qanday tashbeh qo’llangan?

⏩ Yillar parvonaga, shoirning og’ir o’ylari yaralangan qanotga o’xshatilgan

«Nil va Rim»sherining I qismida shoir xayolan o’zini qayerda his qiladi?

⏩ Katta sahroda (Katta sahro, men minib otga — Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman; Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman)

«Nil va Rim»sherining II qismida «Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh ko‘tarilar», «botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q» kabi hayot mantig‘iga zid o‘xshatishlar shoirning qanday maqsadini ifodalaydi?

⏩ Shoir o‘zi la’natlayotgan qadimgi Misr va Rimdagi adolatsizliklarni bo‘rttirib ifodalash uchun.

«Ufqdan botar quyoshni shart kesilgan boshga o‘xshatdim» kabi tashbeh shoirning qaysi sherida uchraydi?

⏩ «Monolog»

Shoir «Nil va Rim» she’rida «G‘azabini yutib o‘lgan qullar dastidir» deganda nimani nazarda tutgan?

Misr ehromlari, tosh haykallarini.

She’rda U. Nosirni kutayotgan og‘ir erksizlikka oldindan ko‘tarilgan isyondek yangraydigan misra qaysi?

⏩ «Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi»

«Nil va Rim» necha qismdan iborat?

⏩ 6 qismdan.

«Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi Tifon.» Misrada kimlar haqida so‘z boryapti?

⏩ Qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi.

She’rda qaysi yunon shoirlari tilga olingan?

⏩ Homer, Vergiliy.

«Tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘» misrasi qaysi she’rdan olingan?

⏩ «Nil va Rim»

Usmon Nosirning “Yana she’rimga” she’ri qachon yozilgan?

1935-yil

“Yana she’rimga” she’rining «Saharda qon tupursam, mayli...» misrasida 23 bahorni ko‘rgan shoirni qancha o‘ylatgan yashirin dard nima edi?

⏩ Usmon Nosir bolalik va o‘smirlikning og‘ir yillari o‘sha paytda ko‘p tarqalgan sil kasaliga mubtalo bo‘lgandi

“Yana she’rimga” she’rini tushkun (pessimistik) asar deb bo‘ladimi?

⏩ Yo’q. Chunki unda shoir hayotga kelib topgani she’r atalmish mo‘jizani hech narsaga almashmasligini yaqqol sezdiradi. Shoir uchun bog‘dagi gulning chiroyi ne? Axir she’rning — insoniy ko‘ngilning jonli va o‘tli izhori oldida gullar tarovati ne kuchga ega?

“Yana she’rimga” she’rida shoir she’rga nisbatan hatto «hayot shaxsisan» degan ta’rifini beradi. Bu nima degani?

⏩ She’r nafaqat o‘zining nafis go‘zalligi, balki o‘tkir fikrlari, ulug‘ g‘oyalari, omma ong-u shuuriga o‘tkazadigan kuchli ta’siri bilan ham tirik, yashovchandir. Ayniqsa, Usmon Nosir yashagan davr she’riyati mazmun-mohiyatida ijtimoiy, mafkuraviy, hatto siyosiy masala-muammolar muhokamasi ustunlik qilar edi.

“Yana she’rimga” she’rida shoir she’rga nisbatan «dardimsan» ham deydi. Bu so‘z faqat she’rlarda aks topgan lirik qahramon dardlariga ishorami?

⏩ Lirik qahramon dardlarini ham, ijod mas’uliyatini chuqur his qilgan shoirning asarlari taqdiridan kuyinishini ham anglatadi.

“Yana she’rimga” she’rida Usmon Nosir G‘arb adabiyotining ilg‘or namoyandalaridan kimlarni tilga oladi?

⏩ Geyne va Lermontov

“Yana she’rimga” she’rida Usmon Nosir o’zi va she’riyatni kimlarga qiyoslagan?

⏩ O’zini Majnunga, she’rlarini esa Layliga o’xshatadi. Bilamizki, Layli va Majnun ikki vujuddagi bir ruh, bir olamdir. Ularni bir-biridan ayri, alohida tasavvur etib bo‘lmaydi.

Said Ahmad (1920—2008)

Said Ahmadning to‘liq ismi nima?

⏩ Saidahmad Husanxo‘jayev.

Qayerda tug‘ilgan?

⏩ Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida.

Said Ahmad qayerda tahsil olgan?

⏩ O‘rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida, so‘ng Toshkent Pedagogika institutida o‘qigan.

Ijodkor qaysi jurnalda ishlaganda, undagi muhit yaxshigina ijod maktabi bo‘ldi?

⏩ «Mushtum»

Qaysi jurnal va gazetalarda ishlagan?

⏩ «Mushtum» jurnali (1938—1939, 1955—1957), «Yosh leninchi» gazetasi (1940—1941), «Qizil O‘zbekiston» gazetasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» jurnali (1948—1950).

Dastlabki hikoyalar to‘plami qachon chop etilgan?

⏩ «Tortiq» (1940-yil).

Yana qanday to‘plamlari bor?

⏩ «Er yurak», «Farg‘ona hikoyalari», «Cho‘l burguti», «Muhabbat»

Said Ahmad qaysi ustozining psixologik tasvir mahoratini o‘zida mujassamlashtirgan adib?

⏩ Oybekning

Said Ahmad qaysi ustozining yumorini o‘zida mujassamlashtirgan adib?

⏩ G‘afur G‘ulom

Said Ahmad qaysi ustozining ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adib?

⏩ A. Qahhorning

«Kelinlar qo‘zgoloni»komediyasi qachon yozilgan?

⏩ 1976-yil.

Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari qaysi?

⏩ «Xandon pista», «Bir o‘pichning bahosi» hajviy to‘plamlari, «Yo‘qotganlarim va topganlarim», «Qorako‘z majnun», «Kiprikdagi tong», 3 jildlik «Tanlangan asarlar»

«Qizil imperiya» ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri haqqoniy yoritilgan asari qaysi?

⏩ «Jimjitlik» asari (1988-yil).

Adibning roman-trilogiyasi qanday nomlanadi va har uchala qism qanday atalgan?

⏩ «Ufq» trilogiyasi: 1-kitob «45 kun», 2-kitob «Hijron kunlarida», 3-kitob «Ufq bo‘sag‘asida»

«Ufq»da qanday voqealar tasvirlangan?

⏩ Ikkinchi jahon urishigacha, urush davri, urushdan keyingi yillardagi voqealar.

Qachon «Xalq dushmani» sifatida qamoqda bo‘lgan?

⏩ 1947-yildan 1953-yilgacha.

Adib mehnati davlatimiz tomonidan qanday taqdirlandi?

⏩ «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, «Buyuk xizmatlari uchun», «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlangan. Vatanimizning yuksak mukofoti — «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.


Download 171,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish