NAVOIY TUYUQLARI
Navoiy barcha tuyuqlarini bir yerga jamlab, qaysi devoni tarkibiga kiritgan?
⏩ «Badoye’ ul-vasat»
«Badoye’ ul-vasat» devonidagi tuyuqlarning umumiy soni qancha?
⏩ 13 ta.
«Bormog‘in» tajnisli tuyug’i (Necha dedim ul sanamg‘a: «Bormog‘in», Qilmadi ul tark oxir bormog‘in. Munchakim xudroyliq ko‘rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormog‘in.) qofiyasida kelgan shaklan bir xil so‘zlar qanday ma’nolar anglatgan?
⏩ 1-misrasida — «bormagin»; 2-misrada — «bormog‘ini» (izoh: satrdagi «oxir» so‘zi esa «hech» ma’nosida ishlatilgan); 3-misrada sanamning qaysarligi («xudroyliq», ya’ni o‘zboshimchalik qilgani) aytiladi («U shunchalik qaysarlik qildiki...»); 4-misrada — «barmog‘ini» («Aql bundan hayratlanib, barmog‘ini tishladi»).
Tuyuqning 3- va 4-misralarida qaysi tushuncha jonlantirilgan?
⏩ “Aql” mavhum tushunchasi
«Aql bundan hayratlanib, barmog‘ini tishladi» ma’nosidagi aql orqali kim nazarda tutiladi?
⏩ So‘zlayotgan shaxsning o‘zi
Tuyuqda tasvirlangan sanamning qaysi jihati qoralangan?
⏩ Qaysar, gapga kirmagani
Aql bundan hayratlanib, barmog‘ini tishlagani bayonida qaysi g‘oya ilgari surilgan?
⏩ «Birovning jo‘yali maslahatiga kirmay, qaysarlik qilish ham aqldan emas»
Navoiy qaysi tuyug’ida bir necha so‘z qo‘shilmasi orqali ham ohoriy, ilgari tutilmagan, ya’ni tamoman yangi tajnislar ijod qilgan?
⏩ «Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’ida
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’ida qaysi so‘z tarkibi qofiya bo‘lib kelgan?
⏩ «Sarvi gulrux soridin» (1-misra), «sarvi gul ruxsoridin» (2-misra), «sarvu, gul – ruxsoridin» (4-misra)
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 1-misrada (O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin) qaysi so’z birikmasi istiora bo’lib kelgan?
⏩ «Sarvi gulrux» so‘zi
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 1-misrada (O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin) qo’llangan «sarvi gulrux» so‘zi qanday ma’no anglatib kelgan?
⏩ Tik qomatli va gul yuzli yorni. Natijada satrdan: «Gul yuzli yor (yonidan) o‘tgani», — degan ma’no uqamiz.
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 2-misrada (O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin) qanday ma’no ifodalangan?
⏩ «U sarvdek tik qomatli gulning yuzidan xabar yo‘q».
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 2-misrada (O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin) «gul» istiora sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri qanday ma’noni anglatib kelyapti?
⏩ Yorni
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 2-misrada (O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin) «ruxsor» so‘zi qanday ma’noni anglatib kelyapti?
⏩ «Yuz»ni
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 2-misrada (O‘tkali ul sarvi gulrux soridin, Yo‘q xabar ul sarvi gul ruxsoridin) «ruxsor» so‘zi qanday ma’no ko’chish turini hosil qilyapti?
⏩ Metonimiyaning «sinekdoxa» degan turi
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’idagi 3-4-misralar (Hajridin bog‘ ichra berur yodima Qomatidin sarvu, gul — ruxsoridin) ma’nosini izohlang.
⏩ «Yorning hajridan bog‘ ichra yodimga soladi...» (3-misra), «(Bog‘dagi) sarv — yorning qomatini, gul esa uning yuzi (ruxsori)ni (yodga soladi)» (4-misra)
Tuyuqda qofiyaga olingan tajnislar, asosan, qanday so‘z va qo‘shimchalar vositasida shakllantiriladi?
⏩ Turkiy so‘z
«Sarvi gulrux soridin» tajnisli tuyug’ida shoir qanday so‘zlar vositasida tajnis yaratadi?
⏩ Forscha-tojikcha bo‘lgan so‘zlar
«Butmagan» tajnisli tuyug’ida tajnis qanday shakldosh (omonim) so‘zga tayangan holda yuzaga keltirilgan?
⏩ Turkiy (o‘zbekcha) «butmagan» so’zi
«Butmagan» tajnisli tuyug’ida tajnis (omonim) so‘zlar qanday ma’no anglatib kelgan?
⏩ 1-misrada – «tuzalmagan» («Ishqing tig‘i yarasi bitmagan»).
2-misrada – «tugatmagan» («Dardini har kimga aytib tugatmagan»).
3-misrada – tajnisli qofiya mavjud emas («Hijron cho‘lida ohim otashidan...»).
4-misrada – «unib chiqmagan», «o‘smagan» («Unda biror gul yoxud giyoh unib chiqmagan»).
«Butmagan» tajnisli tuyug’i qanday mavzuda bitilgan?
⏩ Ishqiy mavzuda
«Butmagan» tajnisli tuyug’ida qanday badiiy san’atlar qo’llangan?
⏩ Istiora — «hajr sahrosi» («ayriliq sahrosi»); «husni ta’lil san’ati» – yozda sahro go‘yo yonadi. Bu otash holatida u yerda biror gul yo giyoh o‘smaydi. Lirik qahramonning ohi, otashi bunga sabab qilib keltiriladi.
“Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay, Otki, o‘trusig‘a oning ko‘z tutay.
Necha ko‘rgach o‘zga mahvashlar qoshin, Yangi Oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay” tuyug‘idagi birinchi misra («Yo qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay») ni izohlang.
⏩ «Sening yoyday qoshlaringdan men tomonga o’qlar otilishini intizor kutaman»
“Otki, o’trusig’a oning kuz tutay” misrasini izohlang.
⏩ “Men kutayotgan o’sha o’qlarni ota qolgin, uning qarshisiga ko’zimni tutib bera qolay”
“Necha ko’rgach uzga mahvashlar qoshin,Yangi oy ko’rgan kishidek ko’z tutay”baytini izohlang.
⏩ «Qanchadan-qancha go’zallarning qoshlarini ko’rganimda, xuddi yangi oy ko’rgan kishidek, qo’limni qoshim ustiga qo’yib, ko’zimni qo’lim bilan panalab qarayman», ya’ni «Ko’zimni boshqa yor nazaridan asrayman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |