Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

jonlArnI jononI vATAn
(
«Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi»ning 
uchinchi bo‘limidan
)
Qamchinbeklar osilgan Ho‘qandda marsiya edarak aytil-
mish ashulaning ohangida milliy she’rlardir. Teatrlarda xo‘r 
qilinsa-da, muvofiqdir.
Qamchinbegim: «Uv!» dedi, «Yo bir piyola suvu», – 
dedi-yo,
Dor tagiga olib borganda ichmay turib «Huv!» – dedi-yo.
Ikki  misrani  bir  kishi,  ikki  misrani  ko‘p  kishi  tarafindan 
aytilsa, ta’sirsiz qolmasa kerakdir.


16
*  *  *
Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni
1
,
endi bilsam, vatan erkon
2
 bu tanlarning shirin joni.
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale
3
 bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano
4
,
boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano.
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘ldik sani,
og‘rindi ko‘ngling yuzaga og‘lo
5
 siring chiqsin qani?
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
essiz, essiz tug‘gonlaring
6
 ko‘z yumib o‘q otib sani
bog‘lab qo‘ling, boyonlara
7
 ne oldilar sotib sani?
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
san onaizor ekan-da, achingoning bor ekan-da,
o‘lmay laxta qonlar to‘kib, xor bo‘lib yuror ekan-da.
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
biluvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
bilmam nelarga aldanub tangri buyrug‘in tutmadi
8
.
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
1
  
Oni
 – uni.
2
  
Erkon
 – ekan.
3
  
Bale
 – ha, to‘g‘ri.
4
  
Ano
 – ona.
5
  
Og‘lo
 – yig‘lab.
6
  
Tug‘gonlaring
 – tuqqanlaring, bolalaring.
7
  
Boyonlara
 – boylarga.
8
  
Tangri buyrug‘in tutmadi
 – tangrining buyrug‘ini bajarmadi.


17
bilimsizlar anglashmadi, ohu voying tinglashmadi,
bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq
1
, o‘nglashmadi.
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni
2
 o‘tinur,
mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon
3
 tonurg‘a tutinur.
bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, Vatan,
sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
1.
 she’r  birinchi  to‘rtligining  ilk  ikki  qatorini  qayta  o‘qing. 
Unda «Vatan» so‘zining ma’nosini tushunmagan kishi holati 
qanday ifodalanganini izohlang.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish