og‘zaki
va
yozma
adabiyot. og‘zaki adabiyot qadimiy, yozma adabiyot
esa undan keyinroq paydo bo‘lgan. siz yozuv ning og‘zaki
nutqdan keyin paydo bo‘lganini bilasiz. og‘zaki ada biyot
yoki хalq og‘zaki ijodi namunalarining dastlab kim tomonidan
yaratilganligi ma’lum bo‘lmaydi. Bu хildagi asarlar og‘izdan
og‘izga o‘tib yetib keladi. Badiiy adabiyot ifoda хususiyatiga
ko‘ra
lirik, epik
va
dramatik
singari turlarga bo‘linadi. har
bir adabiy tur esa, o‘z navbatida muayyan janrlardan tashkil
topadi. bu haqda siz o‘quv yili davomida chuqurroq bilib
olasi z.
odamda ko‘ngil bo‘lganligi uchun ham u hamisha
go‘zallikka intilib yashaydi. mutafakkirlarning: «dunyo-
ni go‘zallik qutqaradi», – degan gapi, aslida, olamni pokiza
ko‘ngil saqlab qolishi mumkin deganidir. shuning uchun ham
san’at odamlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Chunki uning
yordamida inson ko‘ngli ezgulik va go‘zallikka oshno bo‘ladi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |