Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

hamza  hakimzoda 
niyoziy
(1889–1929)


13
beradi.  namanganda  hamzaning  tashabbusi  bilan  arab 
tili  kursi  ochiladi.  Unda  o‘n  olti  kishi  ta’lim  oladi.  iqtidorli 
hamza  uch  oy  ichida  bu  tilni  ma’lum  darajada  o‘zlashtirib, 
otasiga arabcha хatlar yoza boshlaydi.
1907-yilda hajga ketayotgan otasini kuzatib qashqargacha 
borgan  hamza  jadidlarning  «Vaqt»,  «bog‘chasaroy»  gaze-
talari  bilan  ilk  bor  tanishadi  va  keyinchalik  ularning  doimiy 
o‘quvchisiga aylanadi. bu gazetalar bilan tanishish har narsaga 
qiziquvchi,  ta’sirchan  va  tinib-tinchimas  yosh  shoirning 
dunyoqarashi,  hayotga  munosabatini  o‘zgartirib  yuboradi. 
U  mamlakatda  yuz  berayotgan  voqealarni,  хalqning  nochor 
ahvolini, millatning notovonligini jo‘shqin yosh millatparvar 
nigohi  bilan  tahlil  qila  boshlaydi.  turkistonning  asorat 
ostidaligi,  хalq  orasidagi  jaholat,  iqtisodning  tanaz zuldaligi, 
millat  uchun  kuyinadigan  kishilarning  ozligi  uni  qayg‘uga 
soladi, bezovta qiladi. ana shu millat qayg‘usi, kelajak uchun 
bezovtalik Hamzani umrining oхirigacha tark etmadi.
yoshlik yillarini g‘animat bilgan serg‘ayrat hamza doimo 
ilm  olish  uchun  tinimsiz  izlanishda  bo‘ldi.  tahsilni  davom 
ettirish uchun 1909-yilda Buхoroga borib yashadi. 1912-yilda 
haj amalini o‘tash, dunyo ko‘rib, kengroq bilim olish istagida 
afg‘oniston,  hindiston,  turkiya,  saudiya,  rossiya  singari 
mamlakatlarning  bir  qator  shaharlarida  bo‘lib,  istanbulda 
o‘qish uchun to‘хtaydi. Lekin oilaviy sharoit taqozosiga ko‘ra 
uyiga qaytishga majbur bo‘ladi.
Хalqni  ma’rifatli  ko‘rishni  orzu  qilgan,  mavjud  maorif 
tizimidan  qoniqmagan  hamza  bir  necha  marta  turli  joylarda 
bolalar va kattalar uchun maktablar ochadi. U maktablarning 
yangi pedagogik talablar asosida ish ko‘rishiga harakat qilardi. 
hamzaning maktablarida savod tez chiqarilgani uchun ham el 
orasida  tez  mashhur  bo‘lib  ketdi.  ammo  turkistonliklarning 
chinakam savodli bo‘lishini istamagan chor amaldorlari yosh 
ma’rifatchining  maktablarini  zo‘rlik  bilan  yopib  tashlab, 
undagi  ashyolarni  musodara  qildilar.  bu  haqda  shoir  1926-
yilning 25-avgustida yozgan tarjimayi holida shunday eslaydi: 
«1914-yillarning  oxirlarida  marg‘ilonda  maktab  ochdim. 


14
8 oyga  bormay  andreyev  ismindagi  skoblev  maorif  rahbari 
tomonidan majburiy yopildi. Undan yana ho‘qand kelib, bir 
qancha o‘zimga yaqin kishilar to‘plab, ularning yordami bilan 
yo‘qsul bolalar uchun pulsiz o‘qitish maktabi ochdim. 20–30, 
keyin 15–16 kishi bir oygina yordam berdilar, o‘zim 4 oycha 
davom  ettirgandan  keyin,  uyaz
1
  nachalnigi  tomonidan  tintuv 
bo‘lib,  yopildi.  lekin  hech  bir  qanday  qog‘oz larim  qo‘liga 
tushmagani uchun qamalmay qutuldim».
ko‘rdingizmi,  aziz  o‘quvchi!  hamza  millatdoshlariga 
ma’rifat tarqatish uchun vaqtini ham, mablag‘ini ham, jonini 
ham  ayamagan.  ammo  millat  dushmanlari  uning  erkin 
faoliyat  ko‘rsatishiga  yo‘l  bermaganlar.  ma’rifatchi  shoir 
o‘zi  ochgan  yangi  maktablar  uchun  yangicha  yo‘nalishdagi 
o‘quv ashyolari kerakligini his etganligi sababli o‘sha yillarda 
boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  uchun  «yengil  adabiyot», 
«qiroat  kitobi»  singari  darslik  va  majmualar  yaratgan.  o‘z 
mablag‘i  hisobidan  maktab  ochib,  uni  kerakli  zamonaviy 
o‘quv  jihozlari  bilan  ta’minlab,  maosh  olmay  ishlaganligiga 
qaramay,  hamza  rus  amaldorlari  tomonidan  siquvga  olindi. 
ammo  shoir  tanlagan  yo‘lidan  qaytmadi.  shoir  1915-yilda 
Marg‘ilonda  «G‘ayrat»  kutubхonasini  ochdi.  U  kutubхona 
yordamida  kishilarga  ma’rifat  tarqatish  maqsadida  uning 
qoshida  bosmaхona  va  nashriyot  tashkil  qilib,  matbuot 
nashrlarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Uzoqni  ko‘ra  oladigan  iste’dodli  Hamza  o‘zbek  хalqi 
hayotiga yangicha maktabdan tashqari teatr ham kirib borishi 
zarurligini  angladi.  Mutaхassislarning  aytishlaricha,  Hamza 
o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib, 1908-yildayoq sahna asari 
yaratgan. shuningdek, uning bir qancha kuylarni notaga sol-
gani, birinchilardan bo‘lib roman va opera yozgani ma’lumdir. 
Zamondoshlarining  eslashlaricha,  hamza  qo‘shiqni  o‘rniga 
qo‘yib kuylagan, ko‘plab milliy va ovro‘po musiqa asboblarini 
mahorat  bilan  chala  olgan,  o‘zi  yozgan  qator  pyesalarga 
rejissorlik qilgan, ularda asosiy rollarni o‘ynagan. 
1
 Uyaz
 – ruscha tuman ma’nоsidagi «uyеzd» so‘zining buzib aytilishi.


15
yangilikka  o‘ch,  tinim  bilmas  millatparvar  shoir  qi-
layotgan  ishlar  rus  bolsheviklari  hamda  ularning  ko‘nglini 
olish  uchun  o‘z  millatiga  хiyonat  qilishga  tayyor  turadigan 
manqurt  mahalliy  ma’murlarga  yoqmaydi.  shuning  uchun  u 
bir  qarasangiz  Buхoroda,  goh  Хorazmda,  goh  Toshkentda, 
yana  Хorazmda,  so‘ng  Хo‘jaylida,  undan  keyin  Qo‘qon  va 
nihoyat,  1925-yilning  avgustidan  ona  yurti  Farg‘onaning 
avval  qishlog‘ida  yurishga  majbur  bo‘ladi.  e’tibor  qilgan 
bo‘lsangiz, Hamza go‘yo surgun qilingan odamga o‘хshaydi. 
U  hamisha  toshkent,  qo‘qon,  samarqand  singari  madaniy 
markazlardan  yiroqda  tutildi.  sho‘ro  yillarida  birorta  kitobi 
nashr  etilmadi.  hamma  bitganlari  yo  qo‘lyozma  holida  yoki 
vaqtli  matbuot  sahifalarida  qolib  ketdi.  sho‘ro  hukumati 
Hamzani atay eng хavfli joylarga, qaltis ishlarga yuborar edi. 
Aks  holda,  Farg‘ona  vodiysi  qishloqlarida  kolхoz  (kollektiv 
хo‘jalik)lar barpo etish хo‘jalik ishlaridan mutlaqo yiroq shoir 
odamga  buyurilmagan  bo‘lardi.  tinim  bilmas  shoir  1928-
yilda  yangi  turmushni  yo‘lga  qo‘yish  uchun  shohimardonga 
yuborildi.  shu  yerda  1929-yilning  18-mar tida  hamza  johil 
odamlar tomonidan vahshiyona tarzda o‘ldirildi. 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish