Girdibod
– pastdan yuqoriga tikkalay esadigan quyun, o‘rama.
64
vaga, uning orqasidan kelayotgan ikki yo‘rg‘a otga ham
ko‘z tashlab qo‘ydi. mashaqqatli, issiq yo‘l bedov otlarni
ham boshqa otlardek, «mo‘min» qilib qo‘ygan edi. qurib-
qaqshagan tabiat hamma narsani jizg‘anak qilib, qovjirata-
man, suvsizlikdan qaqrataman, mening qaynoq shamollarim
qashqirdan yomon, timdalab-titaman, degandek bo‘lardi.
me’mor horunbekka qaradi. – huv anavi tomonga qarang, u
girdibod emasmi?
– Girdibod! – dedi horunbek.
ikki malla ustun falakka bo‘y cho‘zib buralardi.
– qiblanomaga
1
qarang, u qaysi tomon?
– mag‘ribi-shimol, – dedi horunbek belbog‘idagi jez
qiblanomani kafti ustiga qo‘yib. – bu yo‘llarda ko‘p yurgan-
man. aksar, mana shu karki, Xalach, saqar yo‘lida bo‘ron
bo‘lardi. shu yerlarda bir gap bor. yumronlarning daryo to-
monga yugurishida ham bir gap bor. ishqilib, o‘zi asrasin.
olisda falakka ustun bo‘lib turgan ikki girdibod orqasi-
da yana «ustunlar» paydo bo‘ldi. arava g‘ildiraklari ostida
shuvullab oqayotgan qumlar qolib, me’mor olis-olislarda gir
aylanib, qum-u yantoqlarni osmonga olib chiqayotgan girdi-
bodlardan nigohini uzmas edi. besh-olti «minora» falakka
bo‘y cho‘zib, osmonga to‘zon purkardi. Ular gala minora-
larga o‘xshab ketardi. oldingisi minorai kalonga o‘xshasa,
orqadagilari hirotdagi gala mino raga, ba’zan mirzo madra-
sasining ikki «guldasta»siga ham o‘xshab ketardi.
Uning ko‘z oldiga nizomiddin keldi – ajdar komiga yang-
lishib ketgan bolam butun bir saltanatga qarshi tayoq bilan
jang qilmoqchi bo‘lgan edi. sen qaltis tashlagan qadam-
ning qurboni bo‘lib qora yerda yotibsan! shu lozimmidi?
bir to‘da yigit mag‘ribdan mashriqqacha yetgan, lak-lak
lashkari bo‘lgan saltanatni qulata olarmidingiz! saltanat bi-
lan o‘ynashishning oqibati mana shunaqa! bu ishni biz qil-
sak mayli edi: yoshimizni yashab, oshimizni oshaganmiz. biz
hamma qabihliklarni ko‘rdik, podshohlarga yaqin yurmoq
ajdarga yaqin yurmoqdan xavfli ekanini bilardik. ...Siz, hali
1
Qiblanoma
– kompas.
65
hech narsani ko‘rmagan g‘o‘r go‘daklar, chalg‘ib ajdar komi-
ga lahm etdek kirib ketdingiz! polopon vaqtingizdayoq yorug‘
dunyodan ketdingiz! ana shunga kuyaman!
ba’zan shunday uzundan uzun o‘ylar me’morni qur-
shab olsa, u bir muddat nasha elitgan odamday bir nuqtaga
tikil ganicha xayol surib qolardi. bunday chog‘larda yonida
o‘tirgan xotini-yu qizini ham ko‘rmasdi, u tamoman uzoq-
uzoqlar da yurardi. otasining bunday tushkun paytlarida badia
unga halal bermas, otajon, hadeb bunday uh tortaverish kishi-
ni ichdan yemiradi, deya olmasdi.
...Uch arava yonidagi otlar bilan Jayhunning chap yonida
qumliklar ichida borardi. karkidan chiqqandan so‘ng oqshom-
ga qolmay yetib borishlari mumkin bo‘lgan Xalach negadir
juda olis bo‘lib ketdi. olisdagi sarg‘ish chang va girdibodlar
karvonga yaqinlashib kela boshladi...
ko‘p o‘tmay, arava g‘ildiraklari tagidagi qumni uchi-
rayotgan shamol endi g‘uvullab bo‘ronga aylanib, aravalar-
ni sariq chang o‘ray boshladi. otlar ham pishqirib, betoqat
bo‘lar, tuyoqlari qumga botib ketardi. arava soyabonlariga
shitirlab urilayotgan qum ichkaridan yomg‘irni eslatardi;
qani endi qum bo‘roni emas, shovullab yomg‘ir yog‘sa, deb
o‘ylardi badia.
horunbek otning jilovini tortib aravani to‘xtatdi, sal
ishoraga mahtal bo‘lib turgan ot jonivorlar ham darhol joyi-
da to‘xtadi. oldingi ot qattiq pishqirdi. boshqa aravalar ham
odatdagidek oldingi aravaga yaqin kelib to‘xtashdi. yigit-
lar aravalardan tappa-tappa sakrab tushishdi. Ular g‘uvullab
uchayotgan bo‘ron ichida bir-birlarini arang ko‘rishardi. av-
valiga, cholga bir nima bo‘ldi, deb xayol qilgan Zulfiqor bi
-
lan Zavrak yugurib kelib ustodga qarashdi, yo‘q, ustod ham,
badia ham, ma’suma beka ham yaxshi o‘tirishardi. sho-
girdlarining bezovta bo‘lganini sezgan me’mor... yo‘lning
eng mashaqqatli joyi shu, daryodan o‘tgandan keyin, undan
u yog‘i – movarounnahr, «dunyodagi eng go‘zal mamlakat»
ekanini aytib, ularga taskin berdi. shogirdlar cholning dalda
berayotganini sezib, ichdan kulib qo‘yishar, chalg‘itayotgan
3 – adabiyot, 7-sinf.
66
bo‘lsa ham ustozning o‘zi bardam ekanidan mamnun edilar.
G‘avvos muhammad ham ulardan bir qadamcha narida usto-
diga javdirab qarab turardi.
– nima qilaylik? shu yerda to‘xtaymizmi yoki yuravera-
mizmi? – me’mor yo‘ldoshlariga murojaat etdi.
– yurib bo‘lmaydi! – dedi bir damlik sukutni buzib
horunb ek.
– daryoga yaqinroq boramizmi? – so‘radi badia qum kir-
gan ko‘zlarini uqalab.
– Bu juda xavfli, – dedi Horunbek.
− Bo‘lmasa joyimizda turaveraylik, – dedi Me’mor.
– otlarni chiqarib, arava g‘ildiraklariga mahkam bog‘lash
kerak. bo‘ronning tezda o‘tib ketishiga ko‘zim yetmaydi, –
dedi horunbek, – uch-to‘rt kunlab bo‘lganini ham bilaman!
ishqilib, tez o‘tib ketsin.
– horunbek, girdibodlar uzoqda edi, mana bu tomonga
yaqinlashyapti, – dedi me’mor. – bu yerdan ham tez o‘tib
ketadi. qo‘rqmaslik kerak. lekin otlarning xashaklarini arava
tagiga olib kirish lozim! bo‘ron uchirib ketishi turgan gap.
– oxirgi aravadagi namatlarni olib, g‘ildiraklarga yoping-
lar, – dedi horunbek, – hammamiz aravalarning tagiga kirishi-
miz kerak!
G‘uvullab uchayotgan bo‘ron ichida yigitlar naridan beri
xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g‘ildiraklarga na-
mat yopishdi. badia bilan ma’suma beka arava tagiga kirib
yashirinishdi. bir muddatdan keyin me’mor ham arava tagiga
kirdi.
bo‘ron g‘uvullab esar, namat-u chodirlarni pirpirak qilib
uchirib ketmoqchi bo‘lar, aravalarni silkitar, g‘ildiraklarga
bog‘loqliq otlar oyoqlarini kerib, qimir etmay turishardi.
Xalach bo‘roni!..
Xurosondan samarqand-u buxoroga qatnaydiganlarga bu
yerning fe’li juda ma’lum, ammo eng yaqin yo‘l shu bo‘l-
ganligi tufayli yo karki, yo Xalachga bormaslik va Jayhun-
dan o‘tmaslikning iloji yo‘q. aravalar tagiga kirib, qum
bo‘ronidan jon saqlagan me’mor va horunbeklar xayolida
67
uch-to‘rtga bo‘linib, limillab oqayotgan daryoning narigi to-
monidagi Xo‘jaabbos shaharchasi va undan tollimarjonga
chiqib olish tashvishi turardi. lekin kutilmaganda boshlanib
qolgan Xalach bo‘roni ularni daryo bo‘yiga ham yetkazmay,
qum ostida taqqa to‘xtatdi. me’mor g‘ildirakka yopil gan na-
mat orasidan uzoq-uzoqlarga boqardi; hamma yoq sariq
chang, ammo g‘arb tomonda falakka ustun bo‘lib turgan
girdibodlar ancha yaqin kelib qolgan edi. Uning ko‘zlariga
bu «ustun»lar orasidan moviy gumbazlar ko‘rinib ketgan-
day bo‘ldi. Falakka bo‘y cho‘zgan allaqanday buyuk qasr
ro‘parada namoyon bo‘lib, me’morning xayolini olib qochdi.
U xayol ichida aravalarni, namatlarni tortqilab, g‘uvullayotgan
Xalach bo‘ronini sezmas, uning ko‘z oldida girvat-u
1
bo‘ron
kashf etgan mislsiz bir qasr turardi. bu qasr o‘zining ulkan
ravoq-u «guldasta»lari, gumbaz-u darvozalari bilan oqsaroy-
dan ham, bog‘i Jahonoro qasridan ham buyuk edi.
badia chidab turolmay, otasini turtdi:
– suv beraymi, ota? Chol o‘ziga keldi.
– yo‘q, suv ichmayman! – dedi me’mor, – buni qara,
qizim, meni xayol olibdi; mana shu tomonda bir katta qasr
solingan emish...
me’mor so‘zini davom ettirdi:
– qum tepaliklarini ham tamoman unutibman. mana shu
tomonda juda katta qasr turibdi. Xudoyi taolo mening dilimga
yana bir katta qasr bino etishni solyapti. men bu qasrni aniq
ko‘rdim. ha, bu tush emas, shundoq kuppa-kunduzi, uyg‘oq
turganimda ko‘rdim. bo‘lmasa, kelib-kelib shu sahroda qasr
ko‘ramanmi! yo tavba!
badia ham, ma’suma beka ham, horunbek ham yarim
qorong‘i arava tagida me’morga jim qarashdi.
– badia qizim, shogirdlarimdan birini chaqirib berolmay-
sanmi? daftarini, toshqalam bilan jozvarini
2
ham ola kelsin.
– men chaqiraman, – dedi darhol o‘rnidan qo‘zgalib ho-
runbek.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |