Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Katcha
 – hamyoncha, yonchiq.
2
 
Xo‘rak
 – yegulik, yemish.


72
qumda  talanib,  bor-yo‘g‘idan  ajragan  kichik  karvon 
sochilgan  narsalarini  yig‘ib,  otlarni  aravalarga  qo‘shishga 
hozirlik ko‘rdi. tomog‘i qaqragan badia qumlarning qayeri-
gadir  ko‘milib  ketgan  mesh-u  xumchani  qidirardi.  otlar 
tashna ...  lablari  lablariga  yopishib  qolgan  me’mor  ham  o‘z 
tashnaligini  bildirmay,  tupuk  yutar,  ochlikka  chidash  mum-
kin,  ammo  tashnalikka  bardosh  berish  g‘oyatda  mashaqqat 
ekanligini dilidan o‘tkazardi. bu holatni sezib turgan G‘avvos 
bi rinchi arava shotisiga bog‘loqliq kattagina chelakni va qum-
da to‘nkarilib yotgan xumchani olib, qum yo‘lining o‘ng to-
moniga – kun chiqish tomonga jo‘nadi.
–  daryo ancha olisda. topa olarmikansiz? – so‘radi ho-
runbek.
–  qiblanomaga qarang, to‘g‘ri ketyapmanmi?
–  to‘g‘ri  ketyapsiz,  –  horunbek  kaftidagi  qiblanomaga 
qaradi.
–  Unda topaman.
–  kechikmang,  o‘g‘lim,  biz  bunda  uzoq  turolmaymiz,  – 
dedi me’mor.
–  Xo‘p, ustod.
G‘avvos  muhammad  bir  qo‘lida  chelak,  xumchani  qo‘l-
tiqlab olganicha qumlar osha yugurib ketdi. U fursatni qo‘ldan 
bermaslik uchun kuchining boricha yugurardi. hozir yugurish 
kerakligini, chunki suv bilan yugurib bo‘lmasligini bilardi.
–  harqalay  u  G‘avvos!  –  dedi  Zavrak,  –  suv  topib  keli-
shiga  ishonaman.  lekin  bu  boyvachchaning  ro‘parasidan 
biron  ilon  chiqib  qolsa,  paqir  bilan  xumchani  tashlab,  dod 
solib qochib kelmog‘i ham mumkin.
badia kulimsiradi:
– Unda o‘zingizga navbat keladi!
– men hoziroq zing‘illab ketardim, idish yo‘q, bekam.
– sabr qilib turinglar, – dedi ma’suma beka, – lekin G‘av-
vos  muhammadni  o‘ksitadigan  gaplarni  aytmanglar,  u  ham 
birovning nuridiydasi. har to‘kisda bir ayb.
barcha tayyorgarlik ishlariga kirishib, otlarni qo‘shib, ara-
valarga chiqib, G‘avvosni kutardi. G‘avvosdan esa darak yo‘q. 
bir  damdan  so‘ng  me’mor ning  toqati  toq  bo‘la  boshladi.


73
– bu nima ish bo‘ldi?!
– sabr qiling, ustod.
bir  mahalda  uzoqda  qora  nuqta  ko‘rindi.  arava  ustida 
o‘tirgan  Zavrak  o‘rnidan  tik  turib  G‘avvos  kelayotganini 
aytd i.
Xonumoni  talanib,  qilichi  sinib,  qalqoni  teshilib,  yengil-
gan  sarbozdek  xomush  tortib  o‘tirgan  me’mor  bilan  horun-
bek  jonlandi.  Ular  miq  etishmay,  uzoqda  terlab-pishib  suv 
olib  kelayotgan  G‘avvosdan  ko‘z  uzishmasdi.  hatto  arava-
ga qo‘shilgan otlar ham G‘avvosga tikilishardi. U yetib kel-
masdanoq,  horunbek  pastga  tushib  kutib  turdi.  terga  botib 
hal loslab  kelayotgan  G‘avvos  chelakdagi  suvni  horunbekka 
uzatdi. U halloslaganidan tili gapga kelmasdi.
– suv loyqaroq.
– e, uka, loyqaroq bo‘lsa ham suv-ku! omon bo‘l!
– baraka toping! – dedi ma’suma beka.
– Ustod, nima deysiz?– horunbek me’morga qaradi.
– Xumchadagidan hammamiz ichaylik. paqirdagi suvni ot-
larga oz-oz ichiring, – dedi me’mor.
–  Ustod,  men  yana  zing‘illab  borib  kelaveraman!  daryo 
uzoq  emas  ekan,  ammo  yurish  qiyin.  daryo  negadir  loyqa 
oqyapti...
– Jayhun doimo loyqa oqadi – dedi me’mor, – biz shu suv 
bilan Xalachga yetib olamiz, o‘g‘lim. bu ishingiz xo‘p yaxshi 
bo‘ldi.
G‘avvos ustozini andak bo‘lsa ham mamnun qilolganidan 
quvondi.  aravalar  birin-ketin  yurib  ketgach,  Zavrak  yoniga 
o‘tirgan G‘avvos yonidan bir ilon chiqarib, bilintirmay unin g 
tizzasiga  qo‘ydi.  tizzasi  ustida  buralayotgan  chipor  ilonga 
ko‘zi  tushgan  Zavrak  kapalagi  uchib,  dod  deb  sakrab  yerga 
tushdi.
– ha, nima gap? –  deb horunbek otning boshini tortdi.
– Nima  qildi?  –  Zulfiqor  bilan  Badia  ham  Zavrakka 
qarashdi.
–  hali  bu  ishni  siz  qildingizmi?!  –  dedi  boshi  yanchil-
gan ilonni ko‘rib Zavrak zaharxanda bilan G‘avvos muham-
madga.


74
– sizni ilon-u ajdarlardan qo‘rqmaydi, deb eshitgan edim, 
bahodir nishopuriy!
– haligi gapimni eshitgan ekansiz-da. qanday qilib eshit-
dingiz? ancha narilab ketgan edingiz-ku?
–  har  kim  o‘ziga  taalluqli  gapni  narilasa  ham  eshitadi. 
agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi aj-
darni tutib kelaman.
–  ofarin,  G‘avvos!  –  dedi  Zavrak  yana  sakrab  aravaga 
chiqib.  keyin  uning  yelkasiga  qo‘l  tashladi.  –  qani,  menga 
ayting-chi, qanday qilib, bu yaramasni tutib o‘ldirdingiz?
–  ketayotsam,  ro‘paramda  turgan  ekan,  bosh  ko‘tarib 
tilini  chiqaraverdi.  yaqinroq  borib,  xumchaning  qorni  bilan 
boshini ezdim-qo‘ydim. Vassalom! sizning gapingizni eshit-
ganim  yo‘q,  lekin  orqamdan,  albatta,  bir  nima  deyishingizni 
ko‘nglimdan  o‘tkazib  qo‘ygan  edim.  Chunki  siz  gapirmay 
turolmaydigan odamsiz!
– Zehningizga qoyilman, G‘avvos!
– o‘sha ilonni men ham ko‘ray, – dedi badia.
– e, qo‘ysang-chi! – dedi ma’suma beka e’tiroz bildirib. – 
ilonni   ham   o‘ynaydimi   odam!   turqi   qursin!
...suv  ichgan  otlar  ancha  o‘zlariga  kelib,  pishqirib  yo‘lga 
tushishdi.  shu  tunda  ular  Xalachga  kirib  borishdi.  karvonsa-
royga tushib, otlarga ham hordiq berib, o‘zlari ham dam olishdi. 
ertasiga  erta  bilan  ot-aravalarni  sol
1
  ustiga  chiqarib,  daryodan 
o‘tkazish  mashaqqati  boshlandi.  Ulkan  yog‘och  sol  har  arava-
otni  alohida-alohida  qilib,  uch  bor  daryoni  kechdi.  to‘rtinchi 
o‘tishda  solga  Badia,  Ma’suma  beka,  Me’mor  va  Zulfiqor 
tushishdi.  daryoning  narigi  tomoniga  o‘tgan  ot-ara valar, 
Xo‘jaabbos  manzilgohida  to‘xtamay,  to‘g‘ri  tollimarjon  yoki 
Fayzobod  shaharlariga  qarab  yurishni  ko‘zlab  shay  tu rishardi.
Jayhundan  o‘tib,  Xo‘jaabbos  yo‘liga  tushgan  uch  arava 
tollimarjon shahri, qaydasan, deb ketaverdi. Ular endi, garchi 
yana  qumliklar  aro  borayotgan  bo‘lsalar  ham,  aslida,  mo-
varounnahr tuprog‘ida edilar. 

 
Sol
  –  arqon  bilan  bir-biriga  matashtirib  bog‘lanib  suvga  cho‘k-
maydigan qilingan moslama. daryolardan odam va narsalarni o‘tkazishda 
foydalanilgan.


75
1.
  Chidamsiz  va  injiq  G‘avvos  muhammadni  aravadan  uloq-
tirib yuborish haqida buyruq berganda badia tabiatidagi qan-
day jihatlar namoyon bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish