Mirmuhsin
(1921–2005)
56
yilda «Vatandoshlar», 1959-yilda «irmoqlar», 1960-yilda
«qalb va falsafa», 1964-yilda «she’rlar» nomli she’riy kitob-
lari bosilib chiqqan. shoir bir qator dostonlar ham yaratgan.
Chunonchi, «Usta G‘iyos» (1946), «do‘nan», «yashil qish-
loq» (1948), «shiroq» (1969), «nevara», «avesto» (1970)
singari dostonlarida qahramonlarning ruhiyati turli hayotiy
to‘qnashuv va kurashlar asosida ko‘rsatib berilgan.
mirmuhsin – o‘zbek adabiyotida 1954-yilda yaratilgan
«Ziyod va Adiba» ilk she’riy romanining muallifi. Adib bu
asarida o‘zbek yoshlari dunyoqarashi va ruhiyatida yuz ber-
gan o‘zgarishlarni qiziqarli tasvirlashga uringan.
mirmuhsinning ilk qissasi «Jamila» 1956-yilda e’lon
qilingan. Uning 1957-yilda yozilgan «oq marmar», 1962-
yilda bitilgan «Cho‘ri», 1964-yilda dunyoga kelgan «tun-
gi chaqmoqlar» qissalari xalqimiz o‘tmishini aks ettirishga
bag‘ishlangan. Ularda zulm-u zo‘ravonlikka qarshi kurash-
gan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan. dunyo
miqyosida fikrlashga uringan adib Mirmuhsin chet elliklar
hayotini aks ettirishga qaratilgan bir qator asarlar ham yaratdi.
yozuv chining 1960-yilda bosilgan «Chodrali ayol» hikoyalar
to‘plami va 1979-yilda chop etilgan «Chodrali ayol» qissasi
chet ellardagi kishilar hayotini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.
she’riyat hamda kichik nasriy janrlar bo‘lmish hikoya
va qissachilikda muayyan tajriba orttirgan mirmuhsin keng
qamrovli roman janrida ham qalam tebratdi. 1969-yilda «Chi-
niqish» va «Umid», 1972-yilda «degrez o‘g‘li», 1974-yilda
«me’mor», 1977-yilda «Chotqol yo‘lbarsi», 1982-yilda «ildiz-
lar va yaproqlar», 1986-yilda «temur malik», 1995-yilda
«ilon o‘chi», 1997-yilda «turon malikasi» romanlari dunyo
yuzini ko‘rdi. Ularda turli davrlarda yashab o‘tgan turli taqdir
egalari bo‘lgan kishilarning betakror taqdirlari aks ettirildi.
mirmuhsin ijodiy umrining barcha davrida ham bolalar
uchun asarlar yozgan adibdir. Uning «sheralining mardligi»,
«ovchi bolalar», «luqmon va o‘roqboy» singari turli janrlar-
dagi asarlarida bolalarning o‘ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi
tasvirlangan.
57
mirmuhsin uzoq ijodiy umridagi xizmatlari uchun
1974-yilda hamza nomidagi davlat mukofoti, 1981-yilda
«o‘zbekiston xalq yozuvchisi», 1998-yilda «el-yurt hurmati»
singari yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan.
adib 2005-yil 2- fevralda toshkent shahrida vafot etdi.
Me’Mor
(
romandan parcha
)
Iste’dodli me’mor, buyuk imoratlar qurish va go‘zalliklar
yaratishdan boshqa narsani o‘ylamaydigan ijodkor Najmid-
din Buxoriy temuriy hukmdor Shohrux zamonida Hirot shah-
riga kelib, Boshkentning obodligi yo‘lida ulkan ishlar qiladi.
Hayotning chigalligi hamda adolatsizlik qurish va yaratish-
dan o‘zgani bilmaydigan oliyjanob me’mor boshiga ko‘pgina
ko‘rguliklar soladi. Uning yolg‘iz o‘g‘li Nizomiddin saltanatga
yov bo‘lgan guruhlarga qo‘shilib, Shohruxga suiqasd qilgan-
lardan biri sifatida qo‘lga olinib, qatl etiladi. Endi buxo riy-
larning Hirotda qolishi mumkin emasdi. Quyi dagi parchada
boshiga ulkan baxtsizlik tushib, ota yurtiga qaytayotgan
me’mor Buxoriy kechirgan mushkulliklar tasvir etiladi.
tong g‘ira-shirasida uxlab, hordiq olgan aravakash otlarni
sug‘orib, aravalarga qo‘shdi, yo‘lovchilar naridan beri yuz-
qo‘llarini yuvib, yo‘lga tushib ketishdi.
ko‘p o‘tmay chinakamiga qum barxanlari boshlandi.
andakkina sovigan qumlar quyosh ko‘tarilishi bilan yana qi-
ziy boshladi.
qum, qum, qum...
ertasiga ham yana shunday yurish; hamma yoq qum,
yo‘lning poyoni ko‘rinmasdi. ham tolish, ham diqqatlik...
indiniga ikkinchi aravada anchadan beri bularga qo‘shilib
yo‘lga chiqqanidan pushaymon bo‘lib g‘ingshib kelayotgan
badavlat xonadonning lo‘mbillagan o‘g‘li G‘avvos muham-
mad arava o‘rtasida osmonga qarab yotib olib, oh ura bosh-
ladi. Zavrak bilan Zulfiqor avval uning bu qilig‘ini yashirib
kelisha yotgan edi, bir damdan keyin bu holga ko‘zi tush-
58
gan Badia Zulfiqorga: «Nima gap?» – degandek imo qildi.
Zulfiqor unga: «Hech gap yo‘q!» – degan ishorani qildi. Le
-
kin aslida G‘avvos muhammad o‘z yo‘ldoshlarini so‘kib,
og‘zidan ko‘pik chiqarib, oh urib yotardi.
– huv, uyat bo‘ladi! bu nima qiliq? – dedi Zavrak.
– sen la’nati meni yo‘ldan ozdirding, – dedi baqirib
G‘avvos, – bo‘lmasa men hirotdan chiqmagan bo‘lardim!
nega men senlarga qo‘shildim?! menga nega kerak edi bu
azob?! sen meni chalg‘itding!
– o‘zingiz xohlab keldingiz, Zavrakda ayb yo‘q, – dedi
Zulfiqor. – Biz, hatto, sizni hisobga qo‘shmagan edik.
– siz aralashmang! siz buxoroliksiz, yurtingizga ket-
yapsiz!
– men bu gapni sizni ranjitish niyatida aytayotganim
yo‘q. o‘zingizni qo‘lga oling, yigit kishisiz! Uyat bo‘ladi!
ikkilamchi, bu yengiltakligingizni ustod sezib qolsalar xafa
bo‘ladilar! − dedi Zulfiqor.
– siz menga nasihat qilmang! men bunaqa qumda yurol-
mayman! sizning oshiq-ma’shuqligingiz uchun men qumda
sarson bo‘lib o‘lib ketolmayman! bola-chaqalarim bor!
– Nodon ekansiz! – dedi Zulfiqor oyoqlarini tarvaqaylatib
arava o‘rtasida yotgan G‘avvos muhammad tagidan tizzasini
tortib olib. U «oshiq-ma’shuq» so‘zi uchun G‘avvosning
lunjiga tushirmoqchi edi, o‘zini tutdi.
– Foydasi yo‘q! – dedi Zavrak Zulfiqorga boshini sarak-
sarak qilib. – bu to‘ng‘izning shunaqaligini bilardim! ilgari
ham bir bor shunaqa qilgan... savdogarning o‘g‘li-da...
– o‘zing to‘ng‘iz! – baqirdi G‘avvos.
G‘avvos Zulfiqorga ham, Zavrakka ham qaramay, osmon
-
ga qarab, og‘zidan ko‘pik chiqarib, oh ura boshladi.
– Voy, voy, o‘laman... qumlaringning ham padariga
la’nat! meni boshlab olib chiqqanlarning ham padariga la’nat!
to‘xtatinglar!!! aravalarni to‘xtatinglar! qaytib ketamiz!
men orqaga qaytib ketaman! Vo-y-oy!
Birinchi aravada ketayotgan Badia yana Zulfiqorga qaradi:
– Nima gap? Nima deyapti? − Zulfiqor yelkasini qisdi.
59
– aravakashga aytinglar, orqaga qaytib ketamiz! Voy,
voy, – dedi yana baqirib G‘avvos muhammad.
bu gaplarni eshitgan badia aravakash horunbekdan ilti-
mos qilib birinchi aravani to‘xtatdi. U ota-onasiga hech nima
demay aravadan yerga tushdi-da, ikkinchi aravaga o‘tdi. ara-
valar yana yurishda davom etdi. U Zulfiqorning ro‘pa rasiga
o‘tirib, otga minib borayotgan Zavrakka murojaat etdi.
nima gap?
–
– ertalabdan beri shu gap, bekam, – dedi Zavrak, – qaytib
ketaman, deyapti.
– Vo-oy, vo-o-oy, o‘laman! qumlaringning padariga
la’nat, o‘laman! aravalarni qaytaringlar! hirotga qaytib keta-
miz! Vo-o-oy...
– Janob G‘avvos, bu nima qiliq?! – deb badia og‘zidan
ko‘pik chiqarib, aravada chalqancha yotib olgan G‘avvosga
tik qaradi.
– yo‘q, men qaytib ketaman!
– qaytib ketib bo‘lmaydi, tushuning axir! biz Jayhunga
yaqinlashyapmiz. Juda ko‘p yo‘l yurdik. Xohlamas ekansiz,
maymanada aytishingiz mumkin edi!
– men bormayman! qaytib ketamiz, vo-oy...
badia hayron bo‘lib qoldi. U g‘azablansa-da, o‘zini qo‘lga
olib, tishini tishiga qo‘ydi.
– toza dard ustida chipqon bo‘ldi-yu, Zavrak og‘a, siz tu-
shuntiring, yigit kishi uyalmaydimi?!
– Gap yuqmayapti, bekam!
– men hech narsani bilmayman! meni hirotga qaytarib
olib boringlar!
– Nima qilamiz? – Badia Zulfiqorga qaradi.
– bu hech kimning gapiga quloq solmayapti. Ustodga
xabar qilish kerak.
− Ustodning tashvishi o‘ziga yetmaydimi?! − dedi Ba
-
dia. So‘ng G‘avvosga qarab: − O‘zingizni qo‘lga olishin
-
gizni so‘rayman! – dedi ko‘zlarida g‘azab o‘tlari chaqnab. –
yo‘qsa, jazoyingizni beraman! siz hammani bezor qilyapsiz!
60
bor o‘sha aravangga! men buxorosiga bormayman.
–
men kasalman! qaytaringlar aravalarni!
Badia Zulfiqorga imo qildi, keyin achchiqlanib buyruq
berdi:
– bu ablahni aravadan otib yuboring! – U shu lahza etigi
qo‘njiga qo‘lini tiqib xanjarini oldi. – aytganimni qilmasa-
ngiz, to‘ng‘izni shu yerda o‘ldiraman!
badianing buyrug‘ini ikki qilish aslo mumkin emasligi-
ni biladigan Zulfiqor sapchib o‘rnidan turib, oh-voh qilgan
-
cha yalpayib yotgan G‘avvosni ko‘tarib qumga otib yubordi.
to‘nkadek gurssa qumga tushgan G‘avvos apil-tapil o‘rnidan
turib, dod solib arava orqasidan ergasha boshladi. bu ishdan
birinchi aravada ketayotganlar ham xabardor bo‘ldi. Zo‘rg‘a
tishini tishiga qo‘yib kelayotgan kishilar indashmadi. Uchala
arava ham to‘xtamay ketaverdi.
– nomard! qo‘rqoq! – dedi badia.
G‘avvos muhammad qumga ag‘anab, oh urib, baqira
boshladi. bir muddatdan keyin talvasaga tushgan G‘avvos
olislab ketayotgan aravalar ortidan yugurdi, yaqinlashgach,
badia ko‘zidagi g‘azab, qo‘lidagi yarqirab turgan xanjarni
ko‘rib orqaga tislandi. Uning nazarida, badia uchun bu cho‘li
biyobonda G‘avvosga o‘xshaganlarning biqiniga xanjar tiqib
ketish hech gap emas edi.
G‘avvos muhammad birinchi aravadagilarga qarab ba-
qirdi:
– meni olib ketinglar, do-od, tavba qildim!
hech kim unga qayrilib qaramadi. U bormi-yo‘qmi, birov
parvo qilmadi. ketayotganlarning ixtiyori badianing izmida
ekaniga tu shundi.
– do-o-od! meni tashlab ketmanglar!
badia arava ustida indamay turaverdi. bir muddatdan
so‘ng uning ishorasi bilan Zavrak otdan sakrab tushdi, o‘rniga
Zulfiqor otga minib, yo‘lda davom etaverishdi. Qumga sakrab
tushgan Zavrak ancha narida sudralib, dod solib kelayot-
gan G‘avvos muhammadni uchinchi aravadagi yuklar usti-
ga chiqarib qo‘ydi-da, o‘zi yana yugurib kelib, ikkinchi ara-
61
vaga – badianing yoniga o‘tirdi. bu holni ko‘rgan ma’suma
beka, me’mor va horunbeklar yuragi taskin topib, indamay
qo‘ya qolishdi.
– Chiqdimi? – sekin so‘radi badia.
– ha, – dedi o‘rnashib olib Zavrak, – asboblar orasiga
tiqib qo‘ydim.
– shuncha yildan buyon men uning bunaqa qiliqlari bor-
ligini bilmagan ekanman. U hayvonning o‘zginasi ekan-ku!
– og‘ir bo‘ling, qattiq gapirmang, bekam! Xanjaringizni
ham bekitib qo‘ying! – dedi Zulfiqor. –
bu ham bir tutqa-
noqdek dard. qiyinchilikni ko‘rmagan xomsemiz odam-da.
shunaqasi ham bo‘ladi.
– Xo‘p, – dedi Badia Zulfiqor aytganlariga amal qilib.
Uch arava qumliklar oralab oldinga ketaverdi. to kechga-
cha ular miq etmay borishdi. otlar ham obdan charchadi...
* * *
bahri muhitdek
1
behudud qumliklarning to‘q sariq,
qo‘ng‘ir «to‘lqin»lari silsilasi ko‘zni olardi. qum barxanlari
uzra jimirlab harorat ko‘tarilar – bu yerda issiqlik juda ba-
land bo‘lishiga qaramay, me’mor qiynalmay nafas olar edi.
«do‘zax» deb atalmish qizilqumda ham cho‘ponlar yashardi.
negadir bu yerlarda me’mor o‘zini bardam seza boshladi.
horunbek ilgari ham bu holatni sezgan edi. U yolg‘iz tur-
gan me’mor yoniga kelib, havoning issiq bo‘lishiga qaramay,
sof ekani, bu yerlarda kishi asabi juda muloyim-u mo‘tadil
bo‘lishini aytdi.
– so‘zingiz juda to‘g‘ri, inim, – dedi me’mor kaftlari-
ni bir-biriga ishqalab, – qumda havo qiziq bo‘lishiga qara-
may, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfiyati
ko‘tariladi. ana, rutubatli hirot orqada qoldi. keyingi yillar
men u yerd a o‘zimni juda haqir-u xasta his etardim. hozir biz
o‘sha «rutubat»dan xoli, ta’qibdan uzoq qum oralig‘idamiz...
...me’mor G‘avvosning talvasaga tushib, oh-voh ur-
ganidan keyin barchaning kayfi buzilib, sukut ichida ke-
1
Do'stlaringiz bilan baham: |