Takya qilgan
– suyangan.
2
Shig‘оvul
– sarоy marоsimlarini bоshqarib turadigan amaldоr.
3
G‘ayri
– bоshqa, o‘zga.
4
Hamnishin
– birga o‘tirganlar.
297
– iqrorman.
– tuzumni unutding‘!
– tonmayman!
– iqrorsan, tonmaysan, o‘bdan ish, – dedi zaharxanda qilib
xon, – o‘luvdan ham qaytmaysan!
– men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi
iljayib anvar. – o‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni qutqa-
rish uchun kelganman!
hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi.
– pusulmonchilik qig‘onsan-da!
– albatta! – dedi anvar. – boshqalar kishi gunohi uchun
gunohsizni tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusul-
monlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!
bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida
terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi.
– sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?!
– musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kambag‘al
uylan moqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblayi
olam!
– Chiqar buni, jallod!!!
Jallodlar harakatlandilar:
– Xanjarimiz qonsirag‘an!
anvar bosh chayqab kuldi.
– Gunohsiz mening ko‘z oldimda banddan ozod qilinmas
ekan, anvarni bu yerdan chiqara olmaslar, qiblayi olam, –
dedi va o‘zini tashqariga torta boshlagan jallodlarni arslonlar-
cha siltab yubordi. – sizda adolat bormi, janob!
qo‘rqinch bu hayqiriq Xudoyorni insofga keltirdi. Jallod-
larni to‘xtatishga va hudaychini sultonalini hozirlashga buyur-
di. ko‘zi qonlangan anvar ikki qo‘lini yoniga tashlab Xudo-
yor qarshisida turib qoldi. hamma sukutda. shunday fursatlar-
da gunohkorni odobsiz so‘zlar bilan so‘kib turuvchi Xudoyor
ham jim. Chunki a’yon nazarida har bir odobsizligiga anvar
tarafidan kuchli haqorat olish ehtimoli bor. Shayx Sa’diy ayt-
gancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguvchidek tili uzun kishi
bo‘lmas. darhaqiqat, insonni razolatga solguvchi uning man-
298
faati taqozosi, qola bersa o‘limdir. bu ikkisidan kechguvchiga
esa podshohning qahri va jahannamning qa’ri farqsizdir.
ko‘p fursat o‘tmay hudaychining orqasidan sultonali kir-
di, xonga qarshi turuvchini tanib, titradi... titrar ekan, anvar-
dan biroz keyinda turib xonga ta’zim qildi.
– siz ozod bo‘lding‘iz! – dedi xon. – devong‘a chiqib o‘z
ishing‘izg‘a qarang!
sultonali ixtiyorsizcha xon tomon bukilib oldi... anvar
«istehzoli» vaziyatda sultonaliga yon qaradi:
– menim qarshimga ishlab, janobga neqadar sodiq qolsa-
ngiz ham, sadoqatingiz sizni najotga chiqara olmadi, bil’aks,
siz o‘ylagancha men – insofsiz sizni qutqardim... siz shuni
unutmasangiz bo‘ldi, sultonali aka, – dedi anvar va xonga
ishorat qildi, – qo‘limni bog‘lasinlar, chiqarib o‘ldirsinlar!
sultonali orqasiga qaytdi, qaytar ekan, ko‘zidan bir necha
tomchi yosh oqib tushdi. Jallodlardan biri anvarning qo‘lini
orqasiga bog‘ladi. anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, muham-
mad niyoz domla o‘rnidan turib, xonga qulluq qildi.
– shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar.
Xon yuzini chetga o‘girdi:
– rastag‘a chiqaring!
anvar, xonni va hamnishinlarni masxaralagandek, ta’zim
ado qildi. Jallod oldinga tushdi, uning orqasidan anvar yur-
di va orqadan ikki nafar qurollik yasovul ergashdilar. anvar
o‘zini o‘rdaga kirishda qanday tetik tutgan bo‘lsa, o‘lim sari
chiqishda ham o‘shandog‘ parvosiz edi. ko‘zi tushgan tanish
har kimsa bilan «xayr», «xo‘sh» degan kabi imlashib olar edi.
rangi quv o‘chib, hushsiz kabi tashqi darvoza yonida turgan
sultonali bilan ham alohida vidolashdi. anvarning qarashi-
dagi ma’noga tushungan sultonalining yuragi suv bo‘lib oqdi
va hushsiz, hissiz anvar ko‘zdan yo‘qolguncha qarab qoldi...
yangi rastada xalq qaynar edi. qo‘lida yalang‘och xanjari-
ni ushlab, beliga oyboltasini qistirgan manfur jallod orqasidan
keluvchi mahkumga ko‘zi tushgan xalqdan ba’zisi... nafrat-
langan ko‘yi o‘zini chetga tortdi. Jazo maydoni yangi rasta
bilan o‘rda bog‘ining muyushida bir dor va dor ostiga qon
299
oqizish uchun qazilgan chuqurdan iborat edi. dor ostiga kelib
yetdilar. Bir onda dor atrofiga yuzlab yig‘ilgan tomoshabin
xalqni yasovullar chetlanishga buyurdilar. Xalq orqaga silji-
gan bo‘lib, yana siqilisha berdi. dor ostida anvarning qo‘li
yechilib, tahorat olish uchun unga suv berildi. Chunki bu
mahkumning qonuniy haqqi edi, anvar tahorat olar ekan, jal-
lod va yasovullar xanjar yalang‘ochlab, uning tevaragini qur-
shab turdilar. anvar tahoratlanib, ustidagi to‘nini yerga yozdi.
Jallodlar doirani biroz kengaytirib, anvar ikki rakat namoz
o‘qidi. duodan so‘ng anvar o‘rnidan turdi, qo‘lini bog‘lashga
berib, atrofga besaranjom alangladi. tevarakni sirib olgan
xalq ol dida manfur ko‘zini moylantirib o‘z ustiga to‘ppa-
to‘g‘ri qarab turgan mulla abdurahmonni ko‘rdi.
anvar titradi, abdurahmon iljaydi.
– kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! –
dedi anvar. birdan hammaning ko‘zi abdurahmonga tush-
di. – Faqat siz ifloslik natijasida kulasiz, men... men to‘g‘rilik
samarasini o‘raman; siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof
vijdon bilan mag‘lubman... meni dor ostiga kim keltirdi? Vij-
don emasmi, taqsir! sizni bu yerda kim tomoshabin qildi?
Ifloslik emasmi, taqsir?
Xalq chuqur sukutda, o‘z orasida turgan «peshvo»ga kiyna-
lik ko‘z bilan tikilgan edi... Jallod qo‘li bog‘langan anvarni dor
tomonga olib bordi. anvar o‘z ixtiyoricha chuqur yoniga o‘tirdi
va xanjarini yanib kelgan jallodga qo‘li bilan «ozgina to‘xtang»
ishorasini qilib, abdurahmon tomonga kuldi:
– mening holimni ko‘ringiz, domla, – dedi anvar kulib, –
qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi. lekin men ku-
laman... nima uchun bunday, taqsir! Chunki vijdon rohatda,
jon tinch, yurakda ishq!.. durust, men ko‘milgach, qabrim
ustida ko‘ksi dog‘li qizil lolalar ko‘karar... nimadan bu? bu –
sizning kabi tubanlar solgan iz!..
tomoshabinlar toqatsizlangandek ko‘rindilar, anvar uza-
nib yotdi... Jallod xanjarini yengiga yanib, anvar ustiga en-
gashdi...
engashdi, biroq orqadan berilgan kuchli bir zarb bilan
anvar ning ustidan oshib, munkigancha chuqurga yiqildi. Jal-
300
loddan besh qadam narida turgan yasovullar ham ko‘kdagi
xanjarlik qo‘llarini ostiga bukolmay, kimlar bilandir olishib
yotar edilar va shu onda kuchli shapaloq tovushi eshitilib, sal-
lasi chuvalgan bir yosh mulla yerga o‘tirib qoldi... Xalq tar-
tibsizlandi... qobilboy anvarning dastbandini kesdi va ikkisi
tartib sizlik ichiga kirib yo‘qoldilar. qurolsizlantirilgan yaso-
vullar gurr etib, turli tomonga sochilgan xalq ichidan do‘st-
dush manni ajratolmay garangsidilar. shu vaqt butun a’zosi
eski qonlarga belangan jallod chuqurdan chiqishga intilar edi...
1.
ra’noning boshqa qizlarga o‘xshamaydigan darajada jasurli-
gi va hamma ayollar kabi hissiyotga mag‘lubligi tasvirlangan
o‘rinlarni topib o‘qing va izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |