Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

XAYr  enDI,  rA’no!
Xotin-qizlar  jinsidan  irodasi  kuchli,  hatto  erlardan  ham 
jasur roq  shaxslarni  ko‘p  uchratamiz.  shuning  bilan  birga 
ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo‘lmasinlar, yana hissi-
yotlarga  mag‘lub  ko‘ramiz.  masalan:  hikoyamiz  qahramoni 
ra’noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma’yus qolgan 
anvarni yo‘lga solishi – o‘z zamonasi uchungina emas, biz-
ning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va ra’no yosh-
lik qizlarimizga ibratdir. lekin irodasi kuchli shu ra’no hozir 
yana hissiyoti qo‘lida mag‘lub edi.
bu  kecha  anvar  og‘asi  bilan  kengashib,  shu  kunlar  mi-
yonasida toshkand ketishini o‘ziga jazm qildi, ra’noga ham 
qo‘qon  bilan  vidolashish  og‘ir  sezilmadi.  ammo  masala 
qat’iy hal qilingach, ra’noda bir tarafdan qo‘rqinch, ik kinchi 
tarafdan  qiziq  yana  bir  jasorat  tug‘ildi:  kampir  bilan  bir-
galashib ota mahallasiga borar emis h; o‘zi birovning yo‘lagida 
turib, kampir orqali onasini aytdirib chiqar emish!
1
 
Chi balо shud
 – sеnga nima balо bo‘ldi?  


291
tuni  bilan  shuni  o‘ylab  chiqqan  ra’no,  ertalabdan  beri 
anvarni xafa qilar, o‘z so‘zida isror
1
 etar edi. kichkina huj-
raning sandalida qarshima-qarshi o‘ltiruvchi anvar va ra’no 
bir-birisidan o‘pkalik qiyofatda edilar.
–  hissiyotga  qattiq  berilibsan,  ra’no...  har  qadamingda 
seni  bir  falokat  kutadir,  menga  qolsa  ayamga  ham  ishonib 
bo‘lmas.
– paranji ichida borgan ra’noni tanish uchun hech kimda 
karomat yo‘q; ayamga nega ishonib bo‘lmasin?
– sen qochgan, ayangning obro‘sini to‘kkan qizsan...
–  hech-hech...  ayamning  ko‘nglini  men  yaxshi  bilaman, 
ayam siz o‘ylagan xotinlardan emas hech!
–  yaxshi,  yo‘lda  ham  seni  hech  kim  tanimasin,  kampir 
ham ayangni aldab olib chiqsin, ayangning o‘ziga ham isho-
n aylik;  yana  har  holda  mening  uchun  shu  qasdingdan  kech-
sang  nima  bo‘ladir,  ra’no?  biz  toshkentga  borib  yetgan 
kunimizoq, sog‘ligimizni va uzrimizni aytib, xat yozarmiz-ku, 
jonim!
ra’no  javob  berish  o‘rniga  birdan  yig‘ladi,  ancha  vaqt 
ko‘z yosh to‘kib turdi.
– balki men... ayam bilan abadiy ko‘rishmasman!
–  hay,  ra’no,  ra’no,  –  dedi  anvar.  –  Xudoyor  yuz  yil 
yashaydi,  biz  toshkentda  o‘lamiz,  deb  o‘ylaysanmi?  Xayr, 
ko‘p bo‘lsa Xudoyor yana besh yil yashasin, vaholanki, uning 
zulmi  shu  yo‘sin  davom  etganda,  biz  chamalagan  bu  fursat 
ham  ko‘p;  zero,  zulm  naqadar  kuchaysa,  uning  umri  shun-
cha  qisqa  bo‘lishi  tajribalar  bilan  sobitdir.  agar  shungacha 
ham sabring yetmasa, boshqa cho rasi topilar, ra’no, masalan, 
ayangni toshkentga chaqirarmiz yoki biroz eskitgandan so‘ng 
qo‘qonga o‘zimiz ham kelsak bo‘ladi.
ra’no  javobsiz  yana  ko‘z  yoshini  to‘ka  berdi,  bu  holdan 
siqilgan anvar ra’noga biroz qarab turdi:
– Xo‘p, yig‘lama. hali bir-ikki kunsiz yo‘lga chiqolmas-
miz;  bu  kun  kechasi  akam  kelsa,  erta  bozorga  chiqib  yo‘l 
1
 
Isrоr
 – qat’iylik, o‘jarlik. 


292
hozirligini ko‘rsa, har holda birisi kun kechqurun jo‘nashimiz 
ham aniq emas. binobarin, sen oshiqmasang ham bo‘ladi. Un-
dan  so‘ng,  sening  o‘ylagan  yo‘ling  juda  qaltis,  bu  to‘g‘rida 
boshqacharoq tadbir toparmiz...
ra’no  indamadi,  bir  entikib  orom  havosini  yutdi  va 
ro‘moli  bilan  ko‘z  yoshisini  quritdi.  anvar  o‘pkalik  iljayib, 
ra’noni  yandi.  Ular  shu  holda  ekan,  hujra  devori,  ko‘cha 
tarafdin, uch-to‘rt qayta gurs-gurs urildi. ikkisining ham qu-
loqlari dikkayib bir-birisiga savol nazari yubordilar...
– begona kishi emas, – dedi birozdan keyin anvar. – men 
safar aka bilan kunduzi devor urishni shart qilgan edim... sen 
chiqib kampirga ayt, eshikni ochsin.
ra’no  hujradan  chiqdi.  biror  daqiqadan  keyin  hovli  sah-
niga bir necha oyoqlar kirdi. bemahal yo‘qlashdan anvarning 
ko‘ngli g‘ash tortib, keluvchini safar aka bo‘lar deb o‘yladi. 
hujra eshigi ochilib, ichkariga biri orqasidan biri – qobilboy 
bilan safarboy kirdilar. anvar yana anglashilmovchilik ichida 
qoldi,  safar  akaning  tinchsiz-hayajonli  ko‘zi  anvar ning  il -
garidan ko‘rib qo‘ygan bir necha ehtimollarini xotirlatib, ular-
ga joy ko‘rsatdi.
– Vaqtsiz yo‘qlashlaringiz sababsiz bo‘lmas, – dedi tovushi-
ni sekinroq chiqarib anvar. – bizdan xabar topganlarmi?
safar  hamrohiga  qarab,  ikki  qo‘lini  qovushtirib  yenglari 
ichiga oldi.
– yo‘q...
–  sultonalini qamaganlarmi?– deb  yana  so‘radi anvar.  – 
qamaganlardir!
safar va qobil bir-birlariga qarashdilar.
– shunday, mirzam, shunday... bizlar juda hayron bo‘lib 
qoldik-da.
anvarda qonsizlanish va kiprik ostlarida harakat ko‘rildi.
– Zarari yo‘q, qutqaramiz... qachon qamaganlar?
–  kecha  kechqurun...  boya  bizning  uyga  sultonalining 
xoti ni kelgan edi, men shundan eshitdim. Uning ustiga  aka-
ngiz borib qoldi...
– siz kimdan eshitdingiz, aka?


293
Jarchi  xabarini  va  bu  to‘g‘rida  o‘rtoqlari  bilan  bergan 
qarorni  qobilboy  so‘zladi.  anvar  og‘asining  so‘zini  jiddiy 
eshit ib, bir necha vaqt o‘ylab o‘tirdi.
– siz va o‘rtoqlaringizning hamiyatlaringizga rahmat... le-
kin bu yo‘l bilan sultonalini qutqarish qiyinroq, balki mumkin 
ham bo‘lmas, deb o‘ylayman!
–  agar  biz  uning  qamalgan  joyini  bilsak,  nima  uchun 
mumkin  bo‘lmasin,  anvar?  o‘rtoqlarim  yuraksiz  yigitlar 
emas, bu yog‘idan xotirjam bo‘ling!
– rahmat! albatta, bu jasoratni yuraksiz kishilar qilolmas. 
mening bu jasoratga umidsiz qarashim sababi shuning uchun-
ki, bunday shartlik va nozik habslar
1
 aksar o‘rdaning o‘zidagi 
ovoqqa
2
 qamalguvchi edi.
– o‘rdaga kirish qiyinmi?
anvar bosh chayqadi.
–  hech  mumkin  emas,  tun  bo‘yi  ellik  nafar  yigit  o‘rda 
qo‘rg‘oni ostidan aylanib turadi.
qobilboy  ma’yus  safar  bo‘zchiga  qaradi.  safar  bo‘zchi 
zo‘r berib mo‘ylovini tishlab, uzar edi.
– Zindonga qamagan bo‘lsalar, ebi bor ekan-da, taqsir.
– ebi... Zindonga qamashlari ehtimoldan uzoq, safar aka.
yana  bir  necha  fursat  sukutda  qoldilar.  qobilboy  har  on 
to‘ppisini  qayirib,  boshini  qashir  edi.  anvar  sandal  ko‘rpasi-
dagi  bir  ipni  uzib  olmoqchi  bo‘lgandek  qo‘lini  siltar  edi.
– Zindondan xabar oldirishimiz kerak ekan-da, anvar?
– Xabar olinsa... bo‘ladi.
qobilboy anvardan shu javobni olib, safar bo‘zchiga yuz 
o‘girdi:
– mirzoning uyiga bir kishi yuborsak-da, uning xotini eri-
ga taom keltirgan bo‘lib zindonga borsa... shu qanday bo‘lar 
ekan, safar aka?
– ma’qul, uka, ma’qul.
– sizga-chi, anvar?
1
 
Habslar
 – qamaluvchilar, mahbuslar. 
2
 
Оvоq
 – avaxta, maxsus qamоq. 


294
anvar «to‘g‘ri» ishorasini berdi.
–  boyagi  andishamizni  ham  aytib  o‘taylik,  –  dedi  qo-
bilboy.
–  biz  yo‘lda  bir  to‘g‘ri  mulohaza  qilib  keldik,  anvar. 
so‘zning  rosti  shuki...  bu  uydan  hozir  ketsangiz  ma’qul. 
harchi odam bolasi-da. haligidek, joni ko‘zga ko‘rinib, iqror 
bo‘lib qo‘ysa...
anvar bosh chayqab kulimsiradi.
–  sultonali  bunday  odam  emas,  bundan  xotirjam,  –  dedi 
anvar  qanoat  bilan  va  biroz  o‘ylab  turdi...  –  ammo  sul-
tonalining xotini to‘g‘risida biroz xavfliroq; xotin kishi erim  ni 
qutqaraman, deb nodonlik qilsa, ish rasvo...
safar  bo‘zchi  boya  sultonalining  xotini  kelganda,  qobil-
boyning niyatini eshitib xotirjam bo‘lganini so‘zladi.
–  Juda  yaxshi  qilingan,  rahmat...  hali  uning  uyiga  kishi 
yuborsangiz  yana  uqtirish,  xotirjam  qilish  kerak;  shunday 
ishon tirilsinki, erta peshingacha erining ozod bo‘lishiga shub-
hasi qolmasin, hatto uni bu yo‘sin aldasa ham bo‘ladi. erta bi-
langacha qutqarilsa xo‘b, qutqarilmasa, anvarning o‘zi borib 
qutqarar emish; agar sen shungacha sabr qilmasang, eringning 
yana jazoga tortilishiga sabab bo‘lasan, deyilsin!
– Xo‘p, mirzam, xo‘p!
–  sizga  yana  bir  xizmat,  safar  aka,  –  dedi  anvar.  safar 
hozirlik ishorasini qilib, engashib oldi. – Xizmat shuki, si ng-
lingiz men bilan birga turmasa, siz olib ketsangiz...

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish