295
sidir
1
, shu hiyla bilan maqsadga yetmoqchidir... qo‘ying bu
gapni, uka, qo‘ying!..
anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga tikib,
sandal ustidagi qog‘ozni og‘asi yaqinrog‘iga surib qo‘ydi...
– basharti, popisa bo‘lmasa?.. – dedi anvar. – Xon
popisani bilmaydi, uning hamma harakati jiddiy! shunday,
siz bu xatni er taga uning qo‘liga berasiz va undan har bir
yordamingizni ayamaysiz!
– bu
aqllik gap emas, uka...
– men endi shunga qaror berganman! – dedi anvar o‘zga-
rishsiz. – bu azmdan qaytish yo‘q... Faqat, siz unga yordami-
ngizni ayamaslikka menga so‘z bersangiz bo‘ldi!
qobilboy entikdi, xatni olib, bir necha fursat sukutda
o‘ltirdi... so‘ngra birdan o‘rnidan turib hujradan chiqa boshladi.
– yo‘l bo‘lsin?
– ketayapman.
– Xayr, kechiringiz!
qobilboydan javob bo‘lmadi.
kun qiyomga
2
yaqinlashgan. yana biror soatdan so‘ng
sultonalini o‘limga olib chiqar edilar. o‘rdadan hech kim
uning najot topishiga ishonmas; xonning oldiga chaqirildi –
o‘ldi, basharti gunohi bo‘lib, iqror qilsa, yana jazoga qoldi,
vassalom. ammo anvar xon huzuriga kelib, o‘zini
uning huk-
miga topshiradi, chin yigitlik yo‘li bilan do‘stini qutqaradi,
degan xayolga kim ishonsin? kecha jarchi ko‘y-guzarlarni ay-
lanib, anvarni insofga chaqirdi, kishi qoniga qolmaslik fazila-
tini tarannum ettirdi. biroq anvarning bunday «hamoqati»ga
3
aхloqan sukut etib, vijdonan so‘zlagan o‘rda arbobi va
boshqalar ishonsinmi!
shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq
mujassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib
keluvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va
tong ajabda qoldi. bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalarga-
1
Pоpisa
– po‘pisa, yolg‘оndan qo‘rqitish.
2
Qiyom
– tush.
3
Hamоqat
– ahmоqlik.
296
cha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. o‘rda
arboblarining mahkamada o‘tirganlari eshik yoniga chiqib,
yo‘lda borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan
salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha qildilar.
anvar devonxona qarshisiga yetganda, nima maqsad bi-
landir darichalar va eshik yonida mo‘ralashuvchi mirzolar-
ga umumiy bir ta’zim ifoda qildi va zinalarga sobitqadam
oyoq qo‘yib, yuqoriga, xon huzuriga chiqib ketdi. poytaxt
bo‘sag‘asidagi doimiy yasovullardan o‘tib, dahlizda to‘xtadi.
Chunki bundan o‘tish uchun hudaychi vositasida xondan rux-
sat oldirish lozimdir. birinchi eshik yonida qo‘l qovushtirib
turuvchi darvesh hudaychi taajjub va hayrat ichida anvarni
qarshilab, ikkinchi xonadagi «janob» huzuriga ketdi.
taxtiga takya qilgan
1
Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki
jallodni qo‘yib, yonidagi domla shig‘ovul
2
, tursun otaliq va
g‘ayri
3
bir necha ayonlar bilan suhbatlashar edi.
– pushti panoho! – dedi hudaychi. – Xiyonatkor o‘z ixti-
yori
bilan kelib, domi adolatingizga taslim bo‘lmoqchi.
– Xiyonatkoring‘ kim?
– mirzo anvar!
Xon seskanib ketdi, hamnishinlar
4
ham alang-jalang bo‘l-
di lar.
– keltir!
hudaychi qulluq qilib, orqasiga qaytdi. dahlizdagi anvar
birinchi xonadagi a’yonni hayratga solib, ikkinchi tanobiy-
ning bo‘sag‘asida, jallodlar o‘rtasida to‘xtadi va xonga ta’zim
ado qildi.
raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorning kiprik
ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so‘z topolmagan-
dek tamshanib turdi.
– sen bizga xiyonat qilding‘, it uvli!
anvar bosh irg‘atdi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: