Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Maоl
 – mazmun, ma’nо. 
2
 
Ba’id
 – uzоq. 
3
 
G‘ayraz
 – bоshqa. 


278
ti  unin g  aqlig‘a  tahsin  o‘quy-o‘quy,  nos  chakib  o‘z  joyig‘a 
o‘lturdi.
–  mulla  kalonshoh-a,  shu  gap  bizning  aqlimizg‘a  aslo 
kelmabti-da?
Shahodat  muftining  хursandligiga  qo‘shulmay,  tund 
o‘lturg‘uchi kalonshoh, parvosiz qo‘lini olovg‘a isitdi.
–  men  shu  andishani  ham  qilg‘an  edim,  –  dedi  birozdan 
keyin kalonshoh, – lekin aqlim bovar qilmag‘an edi va hozir 
ham bu fikrga qo‘shila olmayman.
– sabab?
– bois shulki, sultonali anvarga suiqasd qilmag‘anda ham 
unga hech gap yo‘q edi. Ammo ul хong‘a qarobat
1
 hosil qi-
lish  uchun  aztahi dil  anvarning  qasdig‘a  tushkankim,  bunda 
shubha yo‘q.
O‘zgalar  tarafidan  so‘zlangan  fikr  yoki  bahs  har  qancha 
man tiqiy bo‘lg‘anda ham kalonshohning qarshi chiqish fe’li 
bor  edi.  Uning  bu  fe’liga  yaхshi  tushunib  qolg‘an  Shahodat 
mufti bosh chayqadi.
– biz yanglishamiz.
kalonshoh yana yuqoridag‘i so‘zini takrorladi:
– bachi ma’ni yanglishamiz? mulla abdurahmonning o‘zi 
ham o‘ylab ko‘rsin, basharti sultonali do‘stliq yuzasidan an-
varni qochirib yuborg‘anda ham unga hech bir zarar yo‘q edi. 
Bas,  Sultonalining  hamma  harakati  to‘g‘ri,  Anvarga  хiyonat 
qilishi mansab umidida ekanligi shubhasiz.
Orada o‘z fikriga qarshi shuncha raddiya o‘tsa ham parvo
-
siz, go‘yo muroqabada
2
 o‘lturg‘uchi mulla abdurahmon yana 
iljayib bosh ko‘tardi.
– sultonalining anvar bilan ati-qatilig‘i o‘rdada har kim-
ga  ma’lum-ku,  domla.  basharti  o‘z  uyida  turg‘an  anvar-
ning  хiyonati  to‘risida  o‘zini  tag‘ofulg‘a  solsa,  mardumning 
ko‘ngliga  nima  gap  kelar  edi,  ayniqsa,  janoblaringiz  qanday 
andishaga  tushar  edingiz...  Ojizning  fikrimcha,  ul  nayrang
-
bozlar bir o‘q bilan necha qushni urg‘anlar, masalan, janobga 
1
 
Qarоbat
 – yaqinlik. 
2
 
Murоqaba
 – mushоhada qilish. 


279
sultonalining sadoqati zohir bo‘ldi, sarmunshiylik vazifasiga 
beozor o‘lturib oldi va uchunchidan, mardum ko‘zini bo‘yadi.
– baharhol... baharhol anvarga qarshi chiqmag‘anda ham 
Sultonalini na хon va na biz ayblay olar edik.
– Хo‘sh?
– Хo‘sh-po‘shi  yo‘q,  –  dedi  qizishib  qolg‘an  Kalon
-
shoh,  –  biravning  ustiga  qo‘yish  uchun,  shar’an  shohidlar 
lozim,  da’voni  isbot  qilish  kerak...  Хaх-хaх-хaх,  sen  falon
-
chi gunohkor bilan do‘st eding, deb kishini ayblash. masalan, 
ushbu da’voni qilg‘uchi o‘zingiz ham ularning maslahati us-
tida  bo‘lmag‘ansiz;  faqat  shundaymikin,  degan  mulohazada 
so‘zlaysiz, holbuki, sizning so‘zingizning shar’an to‘rt pullik 
qiymati yo‘q uka...
kalonshoh juda qizishib ketdi, «shar’an so‘zingizning to‘rt 
pullik  qiymati  yo‘q,  uka»  tahqiri  bilan  mulla  abdurahmon 
ham bo‘zarib oldi.
–  menim  so‘zim  bir  mulohaza,  taqsir,  mulohaza  shar’an 
isbotka  buyurilmag‘an.  hokazo,  o‘zingiz  aytkancha,  go‘yo 
masnad
1
 uchun jon otib yurg‘an sultonalining zohir
2
 harakati-
ga ham ishonib bo‘lmaydir.
– shuning kabi, siznikiga ham vusuq
3
 yo‘q.
– men aytayapman-ku...
Janjalning  kattaga  ketishini  fahmlagan  shahodat  mufti 
abdura hmonning so‘zini bo‘lib, orag‘a tushdi:
–  bahs  nima  hojat?  mulla  kalonshohniki  ham  to‘g‘ri, 
sizniki  ham  haqiqat...  Ammo  hozirgi  masalamiz  qaysi  fikr 
to‘g‘rilig‘i  ustida  emas,  qaysi  yo‘l  bilan  sultonalini  bu 
o‘rundan olib tashlaymiz borasida.
ko‘b  yillardan  beri  birga  yurib,  o‘z  ruhiga  tushunib 
qolg‘an shahodat muftining bu so‘zi bilan kalonshoh ozg‘ina 
yorishdi.
– ana bu boshqa masala, – dedi, – mulla abdurahmonning 
fikrini  to‘g‘rimi,  egrimi,  surishtirmay,  unga  faqat  bir  tadbir 
1
 
Masnad
 – martaba. 
2
 
Zоhir
 – оshkоra, оchiq. 
3
 
Vusuq
 –  ishоnch. 


280
deb  qarasangiz,  bu  boshqa  gap,  ammo  mahzi  haqiqat
1
,  deb 
bilish bus-butun хato.
shahodat  mufti  bu  masalani  yopib,  ikkinchi  tarafka 
o‘tishka shoshildi. Chunki abdurahmon yana bir iljayib ikki 
og‘iz  so‘z  aytsa  kalonshohning  og‘zini  tikish  og‘ir  oshar, 
Shahodat mufti buni yaхshi onglar edi.
– Хalos, хalos, – dedi mufti. – ...Ammo mulla Abdurah
-
mon  mulohazasining  qiymati  shundakim,  sultonali  muam-
mosini tez hal qilsa bo‘lur.
muftining  siforish
2
  so‘zlashi  bilan  kalonshoh  juda  ham 
o‘ziga kelib qoldi va «halli
3
 qanday» deb yovoshqina so‘rab 
ham qo‘ydi.
–  halli  oson,  juda  oson,  –  dedi  mufti.  –  biz  mulla  ab-
durahmonning  mulohazasi  ayni  bilan  janobga  bir  ariza  yo-
zamiz, хolos.
mulla  abdurahmon  namoyishkor  kalonshohga  qarab, 
o‘ng qo‘li bilan manglayini qashidi... ammo kalonshoh qano-
atlanmagandek qilib bosh chayqadi.
– Хon Sultonalining sadoqatiga qanoat hosil qilg‘an, yana 
shu holda bu arizaga ishonarmidi?
– Agar haqiqatni aytilsa, хon o‘zidan boshqa hech kimga 
e’timod
4
 qilmaydir, – dedi mufta, – хayr, Sultonaliga e’timod 
qo‘yg‘an ham bo‘lsin, yana bu taqdirda ham biz arizani yoza 
beramiz.  nega?  agar  ishonsa,  sultonalini  o‘rdadan  haydar, 
ishonmasa,  yana  bizga  nima  zarar?  bu  gap  sizga  qanday 
o‘хshaydi, mulla Abdurahmon?
abdurahmon ko‘zini katta ochib, to‘g‘ri topqan kabi bosh 
irg‘atdi.
–  Arizamiz  o‘runlasa  ko‘b  yaхshi,  bil’aks,  o‘rdadan 
o‘zimiz haydalurmiz, – dedi kalonshoh.
– nima uchun? – deb so‘radi mufti.
– Aхir arizani kim berganligi ma’lum-ku.
1
 
Mahzi haqiqat
 – faqat to‘g‘ri gap. 
2
 
Sifоrish
 – mеhribоnlik, hurmat. 
3
 
Halli
 – hal qilinishi. 
4
 
E’timоd
 – ishоnch. 


281
–  yo‘q,  –  dedi  mufti.  –  biz  ariza  ostig‘a  imzo  qo‘y-
mag‘aymiz, kalonshoh.
– imzosiz ariza mu’tamad
1
 bo‘lmas.
–  muta’mad  bo‘lsin-bo‘lmasin  bizga  nima  zarar?  bahar-
nav’ shu ehtimolni хonning qulog‘iga yetkarsak bas-da, Ka
-
lonshoh.
– Kimning dastхati bilan yozasiz?
– Bu oson, siz bunisidan хotirjam bo‘ling, Kalonshoh!
kalonshoh noiloj ariza yozishqa rog‘ib
2
 bo‘ldi. arizaning 
shu majlisda, mulla Abdurahmon huzurida yozilishi muvofiq 
ko‘rinib, mufti tahrirga o‘lturdi.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish