Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Cho‘lpon
(1897–1938)


302
yetishdi. tinimsiz o‘qish-o‘rganish va kuchli iste’dod tufayli 
abdulhamid  o‘n  olti  yoshlarga  yetib-yetmay  ijod  qila  bosh-
ladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari turkiston 
o‘lkasi gazetalarida chop etilardi.
ijodkorning  iste’dodi  ko‘lami  uning  o‘z  xalqiga  bo‘lgan 
muhabbati ko‘lami bilan o‘lchanadi. katta iste’dod ko‘pincha 
katta  muhabbatdan  iborat  bo‘ladi.  Cho‘lponning  dastlabki 
asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan turkiston 
xalqiga  bo‘lgan  cheksiz  muhabbat  yorqin  ko‘rinib  turar-
di.  U xalqini  ozod  va  baxtli  ko‘rishni  istardi.  buning  uchun 
odamlarni  jaholat  uyqusidan  uyg‘otish,  ma’rifatdan,  ilm-u 
fandan  bahramand  qilish  kerak  deb  hisoblardi.  ayni  paytda, 
rus  bos qinchilari  millatning  ma’rifatli  bo‘lishiga  keng  yo‘l 
bermasligini  ham  bilardi.  erksiz  ma’rifatning,  ma’rifatsiz 
esa erkning bo‘lmasligi shoirga ayon edi. shu bois Cho‘lpon 
1917-yilning fevralida rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga kat-
ta  umid  bilan  qaradi.  lekin  bu  inqilob  turkiston  o‘lkasiga 
chin  ozodlik  bermadi.  Chunki  ozodlik  o‘zga  kishi  yoki  ta-
baqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki 
kurashlarda qo‘lga kiritiladigan ne’matdir. o‘sha yilning ok-
tabrida ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini 
ham so‘ndirdi. milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun 
holini aks ettiri sh va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi 
Cho‘lpon ijodining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
minglab  yillik  an’analarga  ega  qadimiy  o‘zbek  she’-
riya tida  Cho‘lpon  o‘z  yo‘lini  izladi  va  hech  kimnikiga 
o‘xshamagan,  samimiyligi,  jozibadorligi,  ta’sirchanligi,  tuy-
g‘u larning  ranginligi  bilan  o‘zgalarnikidan  ajralib  turadigan 
she’riy  olam  yarata  bildi.  bugungi  o‘zbek  adabiy  tili  ko‘p 
jihatdan Cho‘lpon she’rlari ta’sirida shakllangan tildir.
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha 
va  kunduz»  deb  ataluvchi  birinchi  o‘zbek  roman-dilogiyasi-
ning
1
  muallifi  hamdir.  Afsuski,  zamondoshlari ning  хo tir-
lashlaricha, romanning ikkinchi kitobi qo‘lyozmasi Cho‘l pon 
qamalgan paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. 
1
 Dilogiya
 – ikki kitobdan iborat asar.


303
bi rinchi kitobi «kecha» egamanlik
1
 yillarida qaytadan nashr 
etildi va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan abdulla qodiriy-
ning  «o‘tkan  kunlar»  romani  darajasidagi asar  sifatida baho 
oldi.
Cho‘lponning  1921-yilda  yaratgan  «yorqinoy»  dramasi 
badiiy  jozibasi  jihatidan  hozirgacha  ham  o‘z  ta’sir  kuchini 
yo‘qotmay kelmoqda.
abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabi-
yotining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham sal-
moqli ishlarni amalga oshirdi. shekspir, blok, Gorkiy, thakur 
singari  mashhur  adiblar  ijodidan  qilgan  tarjimalari  xalqi-
miz  ma’naviyatining  shakllanishida  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘ldi.
Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor 
edi. shu sababli ham milliy zulmni milliy tenglik deb da’vo 
qilgan  hukmdorlarga  uning  ijodi  yoqmas  edi.  Ular  shoir dan 
xalq baхtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni talab 
qilishdi.  haqiqat  kuychisi  va  erk  farzandi  –  Cho‘lpon  buni 
qilolmasdi.  shu  bois  uni  o‘zi  sevgan,  hayotini  baxshida  qil-
gan xalqqa dushman deb, millatchi deb e’lon qilishdi. shoirni 
1937-yilning 13-iyulida qamoqqa olishdi. o‘zbekning buyuk 
shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning 4-ok-
tabrida toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida otib tash-
landi. dahshatlisi shundaki, Cho‘lponni o‘limga hukm qilgan 
sud  qarori  1938-yilning  5-oktabrida  chiqarilgan  edi.  dush-
manlar  xalqimizning  asl  farzandlarini  tezroq  yo‘q  qilishga, 
odamlarni  ma’naviyat  buloqlaridan  bebahra  qoldirishga  sho-
shilardi.
Cho‘lpon  ijodi  namunalari  uzoq  vaqt  mobaynida  o‘quv-
chilardan  berkitib  kelindi.  Chunki  sho‘ro  tuzumi  haq  gapni 
aytadigan  jasoratli  shoir  ijodini  o‘rganishdan  manfaat-
dor  emas  edi.  lekin  haqiqatni  umrbod  berkitib  bo‘lmaydi. 
quyoshni yashirib qo‘yishning imkoni yo‘q. Cho‘lpon o‘zbek 
she’riyatining  yorqin  yulduzi  sifatida  o‘tkinchi  bulutlar  par-
dasini yirtib tashlab, milliy she’riyat osmonida qayta porladi.
1
 Egamanlik
 – mustaqillik.


304
Go‘ZAl
qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukub,
aytadir: men uni tushda ko‘ramen.
tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,
bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!
ko‘zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
boshlaymen oydan-da seni so‘rmoqqa.
Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa.
oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal,
mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
erta tong shamoli sochlarin yoyib,
yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.
aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib,
tog‘-u toshlar ichra istab yuramen!
bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal,
oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib,
Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda.
Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib
aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda.
men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal,
oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen,
Uningchun yonibmen, yonib-kuyibmen,
boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen,
men suyib... men suyib, kimni suyibmen?
men suygan suyukli shunchalar go‘zal,
oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
 
1919


305

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish