Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

jahon  otin 
Uvaysiy
(1779–1845)


229
chiqishini  bilmagan  holda  rasulullohning  ke lishini  intizor-
lik, ko‘zda yosh bilan kutgan. o‘zi hali ko‘rmagan, daragini 
faqat  ilohiy  kitoblardan  eshitgan  payg‘ambarga  g‘oyibona 
muhabbat qo‘yadi. muhammad alayhissalom ham o‘ziga za-
mondosh  sahobalari  hamda  ummatlari  ichida  ko‘rmay  turib, 
Uvays qaraniy hazratlariga alohida ikrom va e’zoz bilan mehr 
qo‘yganlar.  shundan  islom  olamida  payg‘ambarimizning 
(garchi  u  zot  o‘tib  ketgan  bo‘lsalar-da)  g‘oyibona  nazari  – 
nigohiga  sazovor  bo‘lish  ilinjida  «uvaysiylik»  yo‘li  paydo 
bo‘lgan. Ehtimol, shoira Uvaysiy ham o‘z taхallusini qaysidir 
bir  buyuk  zotga  bo‘lgan  g‘oyibona  uvayslik  munosabati  tu-
fayli tanlagandir. 
Mana, shoira Jahon Otin taхallusining ma’nosini ham de
-
yarli  bilib  oldik.  endi  uning  hayot  yo‘li  to‘g‘risida  bir-ikki 
og‘iz so‘z.
shoira  marg‘ilon  shahrida  ziyoli  oilada  dunyoga  keldi. 
otasi o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan ijodkor, onasi 
ham fozila ayol bo‘lgan. Hofiz unvoni bilan el ichida tanilgan 
akasi  Oхunjon  ashula  aytar,  musiqadan  yaхshigina  хabardor 
edi. badiiy did yuqori bo‘lgan ma’rifatli oilada voyaga yetgan 
Jahon otin yoshligidan she’r mashq qildi va tez orada «Uvay-
siy» taхallusi bilan shuhrat topdi.
Shoiraning  turmush  o‘rtog‘i  Hojiхon  erta  vafot  etib,  qizi 
Quyoshхon, o‘g‘li Muhammadхonni tarbiyalab voyaga yetka
-
zish yakka o‘zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, 
ijod bilan shug‘ullanadi. Farzandlari ham she’rlar yozgan. 
Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi malika va 
shoira  Nodirabegim  hurmati  va  iltifoti  tufayli  хon  saroyida 
kechadi. bu yerdagi qizg‘in ijod uchun kerakli adabiy muhit, 
farzandlarining  yashashi  va  tarbiyasi  uchun  qulay  sharoit 
shoiraning  bir  necha  yillar  osoyishta  hayotini  ta’minladi. 
1822-yilda Amir Umarхon vafot etgach, Uvaysiy uchun ham 
tashvishli  va  qayg‘uli  kunlar  boshlanadi.  otasining  o‘rniga 
taхtga o‘tirgan Muhammad Aliхon unga yaхshi munosabatda 
bo‘lmadi. Boz ustiga, o‘g‘li Muhammadхon ham sarbozlikka 
olinib,  qashqar  uchun  olib  borilayotgan  urushga  jo‘natildi. 


230
Oilaviy turmushi baхtsiz kechgan qizi Quyoshхon kasallanib, 
o‘ttiz  yoshida  vafot  etadi.  Undan  Bibi  Хadicha  ismli  qizcha 
qoladi.
Buхoro  amiri  Nasrullo  1842-yilda  Qo‘qonni  bosib  olib, 
nodirabegimni,  uning  o‘g‘li  va  nabiralarigacha  qatl  ettiradi. 
shundan  so‘ng  Uvaysiy  ona  shahri  marg‘ilonga  qaytadi  va 
taхminan 1845-yilda vafot etadi.
Shoira  mumtoz  adabiyotning  g‘azal,  muхammas,  musad-
das,  murabba’,  chiston  hamda  doston  kabi  janrlarida  qalam 
tebratgan  va  uning  she’rlari  asosan  ish qiy  mavzuda.  Ularda 
o‘zining yaratuvchisiga intiqlik bilan intilayotgan soli k ban-
da,  olloh  yaratiqlarining  eng  afzali  payg‘ambar  alayhissa-
lomga oshiq ummat, haq yo‘lida sobit ustozlarga muhabbatli 
shogird  sifatida  tuyg‘ularini  izhor  etadi.  shuningdek,  inson-
ning insonga sevgisini tarannum etuvchi g‘azallari ham talay-
gina.
Uvaysiyning  «Uvaysiyman»,  «dog‘  o‘ldi,  dog‘  o‘ldi», 
«sog‘indim» kabi g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan. Ular-
da  shoira  hayotining  ayrim  lavhalari,  taqdiri  uchu n  muhim 
bo‘lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. masalan, «sog‘indim» 
radifli  g‘azal  o‘g‘li  Muhammadхonning  sar bozlikka  yubori-
lishi  munosabati  bilan  farzandidan  judo  onaning  iztiroblari, 
sog‘inchini aks ettiradi.
Uvaysiy  chistonnavis  sifatida  ham  o‘z  mahoratini  na-
moyon etgan. ayniqsa, «anor» chistoni yaratilgandan buyon 
she’riyat iхlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish