Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua


Yuz  farozidin  ozib,  tushdum  nishibi  qirqqa



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Yuz  farozidin  ozib,  tushdum  nishibi  qirqqa
» 
misrasidagi  «
yuz
»  va  «
qirq
»  atamalari  urug‘larning  nom-
larini anglatadi. shoir shu o‘rinda urug‘ nomlari yordamida 
so‘z  o‘yini  qilgan.  shu  o‘yinni  topib,    tushunishga  harakat 
qiling. «yuz» so‘zi yuzaga keltirgan tajnis san’atini izohlang.
11.
 Muхammasni  oldingi  ikki  g‘azal  bilan  qiyoslang.  Ular 
orasidagi  fikr,  tuyg‘u  va  ifodalar  yaqinligini  topib  sharh
-
lang.
MIllATnI BIrlIkkA ChorlAGAn shoIr
turdidan bizga ijodining juda oz qismi – 400 misra atro-
fidagi  o‘n  sakkizta  she’r  yetib  kelgan.  Ularning  ko‘pchiligi 
g‘azal  va  muхammaslardan  iborat.  Bir  g‘azal  va  bir  mu-
хammasi tojik tilida bitilgan. Bu uning zullisonayn (ikki tilda 
ijod qiluvchi) shoir bo‘lganligidan darak beradi.


225
She’rlarida «Turdi» hamda «Farog‘iy» taхalluslarini qo‘l-
lagan.
«tor  ko‘ngullik  beklar...»  she’ri  g‘azal  janrida  yozilgan. 
U  adabiyotimiz  tariхidagi  хalqni  milliy  birlikka  chaqirgan, 
o‘zaro tenglikka da’vat etgan, hududiy yaхlitlikni targ‘ib qil
-
gan  siyosiy  ruhdagi  birinchi  she’r  sifatida  alohida  e’tiborga 
molikdir.
o‘zbeklar  etnik  jihatdan  to‘qson  ikki  urug‘dan  iborat 
bo‘lgan. Ular qirq, yuz, ming, jaloyir, jig‘alboyli, oytamg‘ali, 
хitoy, qipchoq, nayman, boymoqli, sirg‘ali, o‘roqli, bolg‘ali, 
boyovut,  qo‘ng‘irot,  so‘loqli,  qaropchi,  kenagas,  mang‘it 
kabi  nomlar  bilan  atalgan.  bu  urug‘larning  boshchilari, 
yurt  kattalari  mavqe,  amal,  hudud  talashib  urug‘-aymoqlar 
o‘rtasida  o‘zaro  nizolarni  kuchaytirdilar.  Bundan  oddiy  хalq 
aziyat  chekdi,  qishloqlar  vayron,  ekinzorlar  payhon  bo‘ldi. 
o‘lka  parokandalikka  yuz  tuta  boshladi.  bu  holdan  qattiq 
g‘azablangan shoir turdi mamlakat, mansab uchun qirpichoq 
bo‘layotgan  beklarni  ko‘ngillaridagi  tor  shaхsiy  g‘arazlarni 
qo‘yib, keng miqyosda millat uchun qayg‘urishga chaqiradi:
tor ko‘ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
to‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidir, tenglik qiling.
keyingi baytda parokandalik, tarqoqlikdan voz kechib, bir 
hukmdor  qo‘l  ostida  yaхlit  bir  mamlakat,  yagona  bir  milliy 
davlat haqidagi orzularini bayon etadi. keyingi uch urug‘ning 
nomi  sonlarga  uyg‘unligidan  foydalanib,  tazod  vositasida 
mazmunga mos shakl topa biladi. ya’ni urug‘ingiz nomi qirq, 
yuz, ming bo‘lsa-da, siz bir хonlikda yashashni, bir mamlakat 
bo‘lib birlashishni odat qiling, deydi shoir.
Uchinchi baytda g‘azalning umumiy g‘oyasi yanada yor-
qinroq, ta’sirliroq ifodalangan. birlikka da’vat etayotgan shoir 
baytdagi misralarda «bir» so‘zini bir maromda besh marta tak-
rorlaydi va uni bitta kiyimning qismlari misolida ifoda etad i:
bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
bir o‘ngurlik, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
8 – adabiyot, 7-sinf.


226
Oхirgi  ikki baytda o‘z  mulki, ya’ni mamlakatini boshqa-
rishni  uddasidan  chiqmagani  holida  boshqa  yerlarga  ko‘z 
olaytirayotgan  beklarni  tanqid  qiladi,  yuragida  mardlar  kabi 
maydonda zahmat chekish javhari – jur’ati yo‘q yurt kattalari-
ga  o‘zining  achchiq  kinoyasini,  istehzosini  bildirishga  jur’at 
etadi. G‘azalda o‘zidan kechib maydontalab bo‘lolmaydigan, 
ammo turli gap va ig‘volar bilan el orasini buzadigan kimsalar 
pardoz qiluvchi satang ayollarga o‘xshatib «yuzga upo-enli k 
qiling» deya kulgi qilinadi:
mardlar maydon chekib, rangin ko‘tarib zaxmlar, 
sizga yo‘q, ul javhar-u yuzga upo-enlik qiling.
Uch  baytdangina  iborat  «Turdiman»  radifli  g‘azali  has
-
bi  hol  –  o‘z  ahvolini  bayon  etish  tarzida  yaratilgan.  Unda 
ma’lum  darajada  shoirning  taqdiri,  kechmishlari  aks  etgan 
deyish mumkin.
G‘azal shoirning hasbi holi bilan boshlanadi:
qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum turdiman,
kelturan amvojga bahri talotun turdiman.
bayt  tazod  san’ati  asosiga  qurilgan.  shaxsiyati  va  ho-
latidagi  qarama-qarshilik  orqali  fikr  bo‘rttiriladi.  «Qatradek 
nochiz»,  ya’ni  oddiy  odam  bo‘lsa-da,  o‘z  tirishqoqligi, 
jonkuyarligi,  izchil  harakatlari  bilan  ezilgan  kishilarni  oyoq-
qa  turg‘izgan,  isyon  va  qo‘zg‘olonlarni  keltirib  chiqargan, 
she’rlari bilan amaldorlar yuziga ham haqiqatni tik ayta olgan 
shoir:  «kelturan  amvojga  bahri  talotum  turdiman»,  –  deya 
faxrlanishga haqli edi. ikkinchi baytda shoir tolesizligi sababi 
ko‘rsatiladi:
qirq, yuz, ming aqrabolar ettilar mandin nufur,
ne balo, baxti qaro-yu toleyi shum turdiman.
turdining  oliyjanob  harakatlarini,  yakdillik  haqidagi 
yonib- kuyishlarini  qirq,  yuz,  ming  va  boshqa  urug‘lardagi 
millatdoshlari  anglab  yetmaydilar,  ba’zilari  hatto  nafrat  bi-
lan qaraydilar. bundan iztirobga tushgan shoir o‘zini, «baxti 


227
qaro», «toleyi shum» deb biladi. bu holat uning turmush tarzi, 
hayot kechirishiga ham ta’sir etmay qo‘ymadi:
rishtadek ming bor ro‘ze chashmi so‘zandin o‘tar,
bo vujudi e’tibori chashmi mardum turdiman.
rishta – ip, ro‘ze – kun, chashmi so‘zan – igna teshigi de-
gani. demak, shoirning moddiy ahvoli ancha tang: tirikchiligi 
«chashmi  so‘zan»,  ya’ni  igna  teshigidan  o‘tkazilayotgan  ip 
kabi qiyin o‘tadi. shoir shu taxlit o‘zining o‘tmishini, iztirobli 
kechinmalarini,  turmush  tarzini  siqiq,  lo‘nda  shaklda  bayon 
etadi.
hayotligida  iztirobli  kunlarni  boshidan  o‘tkazgan  bo‘lsa-
da,  millatni  birlikka  chorlagan  she’ri  bilan  shoir  hamon  biz 
bilan. o‘zidan keyin so‘zi qolgan shoir baxtsiz emas.

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish