27
ularda bu kategoriyalar sistema sifatida talqin etilmadi. Zero, sistemaviy yondashuv
tillarning asl barqaror sifatlarini ochishning mahsuldor usulidan biri. Fanlarda erkin
tafakkur tarzining shakllanishi va taraqqiyoti natijasida sistemaviy sintaksis
grammatik qurilishining ayrim muammolari talqinidan o‘zbek tilining mukammal
substansial sintaksisini yaratishga qarab jadal taraqqiy etdi.
O‘zbek tilining yaxlit sintaktik ta’limotini ishlab chiqishda gapning lisoniy sathdagi
eng kichik qurilish qolipi (KQQ), ya’ni [WPm] asos qilib olindi va
tadqiq etildi
31
.
Bunday substansial yondashuv o‘zbek tili grammatik qurilishi talqinini tubdan
yangilashga olib keldi.
Gapning eng kichik qurilish qolipi o‘zida uning umumiy grammatik ma’nosini
mujassamlashtirib, qurilish elementlari orasidagi munosabatni ifodalalaydi. Gapning
lisoniy qolipi – nutqda namoyon bo‘layotgan gaplarning shartli bir ko‘rinishi.
Shuning uchun gapning [WPm] va tarmoqlanishidan vujudga kelgan quyi lisoniy
qurilish qoliplari nutqda voqelanayotgan gaplardan umumiylik va
xususiylik
munosabati darajasida farq qiladi. Shu ma’noda So‘fi Olloyorning “sifat zoti emas,
na g‘ayri zoti” tezisini keltirish o‘rinli. Nutqiy gap qolipning ko‘rinishidan,
hosilasidan
biri, lekin aynan uning o‘zi emas.
Har bir milliy tilning o‘z qonuniyati, milliy xususiyati mavjud. Tilning ontologik
tabiati masalasiga milliylik asosida yondashish lozim. Ya’ni milliy tilning o‘z
ichki
qonuniyat va xususiyatini hisobga olib, tahlil etish lozim. Zero, dunyoda turli-tuman
xalqlar bo‘lgani kabi ularning nutqi, gapi ham turlicha. Masalan, turkiy tillar guruhiga
kiruvchi o‘zbek, qozoq, qirg‘iz tillaridagi gapning sintaktik qurilishi
Hind-Yevropa
tillari guruhiga kiruvchi rus, ingliz va nemis tillaridagi gap qurilishidan tubdan farq
qiladi. Hind- Yevropa tillari guruhiga kiruvchi ingliz, nemis, rus tillaridagi gaplar
«ikki cho‘qqili» bo‘lib, ularda doim eganing ifodalanishi shart. Chunki bu tillarning
kesimi yaxlit holda, bir o‘zi kelganda, gap hisoblanmaydi. Chunki bu tillardagi
31
Нигматов Х. и др. Структура предложения и актуальные вопросы синтаксиса тюркских
языков (Тезисы формально-функционального исследования) // Советская тюркология , 1984, -№5. - С.5-10.
28
gaplarning kesimida zamon, shaxs-son, maylni ifodalovchi maxsus morfologik
ko‘rsatkichlar yo‘q.
Turkiy tillarda esa, xususan, o‘zbek tilida gapni so‘z, so‘z
birikmasidan farqlovchi
maxsus morfologik ko‘rsatkich mavjud. Gapning bu maxsus morfologik ko‘rsatkichi
kesimlik qo‘shimchasi, ya’ni kesimlik shakllari. Gapning kesimlik qo‘shimchalari
bilan shakllanganligi tufayli so‘z va so‘z birikmasidan farq qiladi.
O‘zbek tilida kesimlik shakli boshqa morfologik shakldan farq qilib, u gapning
mohiyatini belgilaydi va bir necha ichki kategoriyaning birikuvidan hosil bo‘ladi.
Ya’ni «kesimlik kategoriyasi kesimlik vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi shaxs-
son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyasi sintezidan iborat. Morfologik shakldan
faqat kesimlik kategoriyasigina gapning mohiyatiga tegishli bo‘lganligi sababli usiz
gap shakllanishi mumkin emas.
Gap lisoniy sathda kesimlik kategoriyasi bilan shakllanadi. Nutqda esa gapning
muhim belgisidan biri – uning tugallangan ohangga ega bo‘lishi. “Har qanday gap
shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy sathidagi shakliy va mazmuniy
jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmunidan farqlanadi”
32
.
Litsey darsligida sodda gap va uning ko‘rinishlari haqida
fikr yuritilar ekan, unda
fikrimizni birgina kesim orqali ham bayon qila olishimiz ta’kidlanadi. Shuning
uchun ham gapning eng kichik ko‘rinishi faqat kesimdan iborat bo‘lgan gaplardir,
deb aytiladi. Shuningdek, kesimning ma’nosini kengaytirish ehtiyoji tug‘ilganda,
boshqa bo‘laklardan foydalaniladi.
Kesim va kesimdan boshqa bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar ikki turga
bo‘linadi:
1) Yig‘iq gaplar; 2) Yoyiq gaplar.
Faqat kesimdangina tashkil topgan gaplar yig‘iq gaplar deyiladi.
Masalan,
keldi, kuz
kabi.
32
Qurbonova, R.Sayfullayeva, G.Boqiyeva, B.Mengliyev. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. -T. 2004; –B. 53.
29
Kesimdan tashqari boshqa bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplarga yoyiq gap
deyiladi.
Masalan,
Keldi bahor, gul bahor. (Z. Diyor)
Dialogik nutqda fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok eta
bermaydi. So‘zlashish jarayoni doimo ixchamlikka, ortiqcha so‘zlardan qutulishga
amal qiladi. Shuning uchun so‘zlashish jarayonida oldingi gapdan yoki so‘zlashish
vaziyatidan bilinib turgan so‘zlar ko‘pincha ishlatilmaydi, lekin uning mazmuni
oldingi gapdan va nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan,
–
Isming nima?
–
Yodgor.
Keyingi gapda
mening ismim
so‘zlarining qo‘llanilishi ortiqcha. Chunki uning
mazmuni yuqoridagi gapdan bilinib turadi.
Nutq
jarayonida fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan
so‘zlarning qo‘llanilish yoki qo‘llanilmasligiga ko‘ra gaplar
ikkiga bo‘linadi:
1) to‘liq gaplar; 2) to‘liqsiz gaplar.
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok etgan gaplar to‘liq
gaplar deyiladi.
Masalan:
Yurtimiz kundan kun go‘zallashib bormoqda.
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari matn yoki nutq vaziyati
taqozosi bilan ishlatilmagan gaplar to‘liqsizgap deyiladi.
Masalan,
–
Gulni kimga terding?
–
O‘qituvchimga.
Mazkur darslikda so‘z-gaplar haqida ham fikr yuritilib, ularning dialogik nutqda
ko‘p qo‘llanilishi aytiladi.
Dialogik nutqda
ha, yo‘q, shaksiz, shubhasiz, ofarin, yashang, to‘g‘ri ehtimol,
albatta
kabi so‘zlarning o‘zi alohida gap bo‘lib keladi va oldingi gapning
mazmuniga so‘zlovchining munosabatini bildiradi.