33
shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmunidan
farqlanadi”
37
.
Gap turli-tuman bo‘lgani kabi lisoniy sintaktik qolip ham turlicha bo‘ladi. Bu tilda
shakllangan va so‘zlovchining kommunikativ niyati, uzatilayotgan axborotning o‘ziga
xosligi umumiyliklarining barqarorlashuvi natijasida shakllanadi. Gap minimal
qolipini tiklashda ana shu jihat asos qilib olinadi.
Kesimni sintaktik kategoriya sifatida substansial tadqiq qilgan L.Raupova uning
mustaqil va nomustaqil shaklini ajratadi. Mustaqil va nomustaqil kesim farqlanishida
tadqiqotchi qurshov omiliga tayanadi.
Turkiyshunoslikda kesim muammosiga bag‘ishlangan qator ishlar bo‘lsa- da, ularda
mustaqillik-nomustaqillik masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan va masala
tadqiq
etilmagan. “Buning sababi turkiy tillar bo‘yicha XVIII asrning ikkinchi yarmidan
boshlab, XX asrning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda turkiy tillar
sintaksisi
bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda qiyos mezoni Hind- Yevropa tillarining
sintaksisi, xususan, rus tili sintaksisi bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas”. Chunki bu tillarda
sodda
gap tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham kesimning formal xususiyati
farqlanmaydi. Shu boisdan yaratilgan tadqiqotlarda kesim deyilganda faqat sodda gap
kesimi olinib, qo‘shma gapning kesimi, u o‘zbek tilidagi kesimning mezoniga
muvofiq kelmaganligi sababli, ko‘pincha chetlab o‘tilgan. Bu masala, ilk bor
substansial sintaksis tezisida, so‘ngra R.Sayfullayeva va M.Abuzalova, L.Raupova
tadqiqotida masalaning yechimi darajasida kun tartibiga qo‘yildi.
L.Raupova o‘zbek tilida gap markazini tashkil etuvchi va ko‘p holda uning qurilish
tipini belgilovchi kesimlik shaklini ikki turga ajratdi:
1.
Mustaqil kesimlik shakli.
2.
Nomustaqil kesimlik shakli.
“Mustaqil kesimlik shakli deganda qo‘shma
gap tarkibida ham, sodda gap tarkibida
ham bemalol qo‘llana oladigan vositalar tushunildi“.
38
Nomustaqil
37
Qurbonova, R.Sayfullayeva, G.Boqiyeva, B.Mengliyev. O‘zbek tilining struktural sintaksisi.
-T. 2004; –B. 53.
34
kesimlik shakli qat’iy belgilangan sintaktik vazifaga ega bo‘lib, ular qo‘shma gap
tarkibidagina voqelana oladi. Qo‘shma gap tarkibidan boshqa holda ular yo tamoman
boshqa ma’no va vazifada qo‘llanadi, yo qo‘shimcha matniy
va nutqiy sharoit hamda
vositaning mavjudligini talab qiladi. Olima nomustaqil kesimlik shakli sifatida o‘zbek
tilida -sa, -sa ham, -sa-ku, -sa-yu, -sa-ya, -a(r) ekan, -a(r)di, -gan ham edi, -di-yam
kabi shaklni oladi. Bu shakllar o‘zlarining polisemantiklik xossasi asosida mazkur
belgisiga ega bo‘ladi. YA’ni ma’lum bir nomustaqil kesimlik shakli sodda gap
tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’noviy xususiyatini yuzaga
chiqaradi. Masalan, 1. Salim kelsa, boramiz. (shart yoki payt). 2. Salim kelsa. (istak).
Demak, -sa shaklli kesim tegishli qurshov doirasidan tashqarida boshqa semantik
qirrasini namoyon qiladi.
Kesimning qurshovga “ehtiyoji” darajasi turli ko‘rinish va
shaklda yuzaga chiqishi
mumkin. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: