18
Gapning tuzilishiga ko'ra turlari jadvali
t/r
Predikativ
markaz- larning
miqdoriga ko'ra
Bosh bo'laklar-
ning ishtirokiga
ko'ra
Ikkinchi darajali
bo'laklaming
ishtirokiga ko'ra
Zaruriy
bo'laklar
ishtirok
etmasli- giga
ko'ra
Bo'laklarga
bo'linish- bo'lin-
masligiga ko'ra
1.
Sodda gap
Bir bosh bo'lakli
gap
Yig'iq gap
To'liq gap
Bo'laklarga
bo'linadigan gaplar
2.
Qo'shma gap
Ikki bosh bo'lakli
gap
Yoyiq gap
To'liqsiz gap
Bo'laklarga
bo'linmay- digan
gaplar
1.2.
O‘zbek tili sintaktik qurilishida yig‘iq gap masalasi
O‘zbek tilshunosligidagi gap haqidagi mufassal va izchil ta’limot tilshunos olim
A.G‘ulomov tomonidan yaratildi va bunda Moskva tilshunoslik maktabining yetakchi
namoyandasi A.M.Peshkovskiy va V.V.Vinogradov nazariyasiga tayanildi.
A.M.Peshkovskiy, V.V.Vinogradov va ularning izdoshlari o‘z ta’limotlarida rus
tilining ichki qonuniyati va logik oqimning tilshunoslikdagi «qoldiq»larini aks ettirdi
va gapga nutqiy hodisa sifatida yondashdi. A.G‘ulomov ta’limotida ham ular
qarashining «mag‘zi» o‘zbek tili dalili bilan «to‘yintirilgan» holda namoyon bo‘ldi.
Hind-Yevropa tillarida «gap ikki cho‘qqili» bo‘lib, ega va
kesim yaxlitligi gapni
tashkil etadi:
Я пришёл - I came.
Ты пришёл - You came. Он пришёл - He came.
Ko‘rinib
turibdiki, Hind-Yevropa tillari
uchun shaxs olmoshi bilan
ifodalangan egasiz kesimning qaysi shaxs va songa tegishli harakatni ifodalab
19
kelayotganligini ko‘p holda aniqlash mumkin emas. Demak, bu tillarda [ega- kesim]
kombinatsiyasidan hosil bo‘luvchi gaplar ko‘pchilikni tashkil etadi va gapning
substansial mohiyati [ega-kesim] [eIIWPmY] qolipidan keltirib chiqariladi. O‘zbek
tilshunosligida ham gap talqinida ushbu nazariyaga tayanildi va
garchi masala
mohiyatiga muvofiq bo‘lmasa-da, gapning minimal ko‘rinishi sifatida [ega-kesim]
tartibli qurilma olindi. Hind-Yevropa tillari uchun minimal gap “ega-kesim”
qurilmasi bo‘lganligi bois, u sodda yig‘iq gap sifatida qaraldi. Mazkur tillar uchun
ziddiyatli bo‘lgan hodisa ham o‘zbek tilshunosligiga tatbiq etildi. O‘zbek
tilshunosligida [ega-kesim] qurilmali gaplarning yig‘iq gap sifatida
baholanishiga
ikkinchi sabab, gap ta’limotining mantiqiy yo‘nalishga xosligi. Mantiq fanida
[subyekt-predikat] qolipi har qanday hukmning zarurat sharti bo‘lib, bu atamaning
tilshunoslikda yashab kelayotganligi ham mantiq ta’sirining hanuz o‘z kuchini
yo‘qotmaganligida.
Demak, o‘zbek tilshunosligi Hind-Yevropa tilidagi va tilshunoslikdagi mantiqiy oqim
ta’siridan xalos etilsa, yuqorida zikr etilgan holat bartaraf этилади.
Xullas, formal sintaktik talqinda
Hind-Yevropa tillari, xususan, rus tili andozaliligi
ham tilga munosabatning mantiqiy asoslari ta’siri natijasida
turkiy tillarning, xususan,
o‘zbek tilining substansial mohiyatini namoyon qiluvchi hodisadan biri – yig‘iq gap
masalasiga o‘zgacha yondashib kelindi. Bugungi kunda o‘zbek milliy sintaktik
ta’limotining yaratilishi va o‘zga tillar andazaligidan xalos bo‘lish talabi mazkur
masalani ham yangicha talqin qilishni taqozo etmoqda. O‘zbek tilida kesimlik
kategoriyasining ayricha mohiyatga egaligidan kelib chiqib muammoga yondashish
uning yangicha yechimini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: