Umumiy o'rta ta'lim maktablari yuqori sinf o'quvchilariga Sodda gaplar'' mavzusini o'qitish usullari


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#729499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
ona tili talimida yigiq gapni oqitish muammolari (1)

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bitiruv malakaviy ishining asosiy natijalari 
va materiallaridan oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari 
talabalari uchun va magistratura yo‘nalishlarida o‘tiladigan morfologiya va sintaksis 
darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi. 
BMIning tuzilishi. 
BMI hajmi Word dasturi Times New Roman shriftining 14 kegel 
kattaligida 58 sahifa, ...... ta so‘z bo‘lib, ishning umumiy tavsifi, kirish, 2 bob, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 



KIRISH 
 
Til ijtimoiy hodisa sifatida har doim jamiyat bilan birgalikda, uning taraqqiyot 
qonun-qoidaciga muvofiq rivojlanadi. Shu bilan birga, jamiyat ijtimoiy ongi, milliy 
tafakkur rivojiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti esa uni o‘rganuvchi fan 
oldiga ham davr talabini qo‘yadi. “Har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va 
aniq talablar qo‘yadi. Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr 
uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liqdir. Turli 
fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli davrning yetakchi falsafiy fikri 
fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, 
borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda q a y u s u l d a aks 
ettirish yo‘llarini belgilab beradi. Falsafaning metodologik ahamiyati ham, uning 
boshqa fanlarga bevosita ta’siri ham ana shundan iborat.”
6
Xususan, milliy fan sifatidagi tilshunoslikka ma’naviyat muammosi globallashuvi 
jarayonining tezlashuvi kuchli ta’sir ko‘rsatadi hamda uning oldiga ulkan va 
kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni qo‘yadi. Bu, ayniqsa, bugungi kunda 
mustaqilligini o‘z mustahkamlayotgan O‘zbekiston uchun yanada dolzarb ahamiyat 
kasb etadi. 
Ma’lumki, toptalgan ma’naviy qadriyat, poymol etilgan axloqiy ustunlarimizning 
tiklanishi va kamol topishiga mustaqillik yillarida poydevor yaratilganligi 
ta’kidlanadi. Masalan, ona tilimiz mavqeining tiklanganligi, uning davlat tili 
maqomiga ega bo‘lganligi shular jumlasidandir. Shu boisdan Prezidentimizning 
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ona tili va milliy ruh, milliy 
ma’naviyat, davlat tili madaniyati tushunchasiga e’tibor konseptual xarakterga ega 
va boshqa fanlar qatori tilshunosligimizning dolzarb muammolariga yana bir karra 
e’tiborni jalb qiladi. 
Alohida e’tirof etish kerakki, o‘zbek tilining davlat tili maqomini olishi 
ma’naviyatimiz rivojida ulkan ahamiyatga ega. Lekin shu zaminda 
6
Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq . –T.:O‘qituvchi, 1993. –B.5. 



yashab, hatto o‘zbek bo‘la turib, unga bee’tibor qarayotganlar, voqelikka bepisand 
munosabatda bo‘layotganlar yo‘q emas. Shu masalaning o‘ziyoq ko‘tarilayotgan 
muammo – ma’naviyat masalasining yanada dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston 
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi va buni Prezidentimiz: 
“O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi 
qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan 
biriga aylandi”
7
, – deya e’tirof etdi. Bugungi kunda ona tili, o‘zga tillarga hurmat 
muammosi bilan birga davlat tili madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifadan bo‘lsa, 
iste’molga kirayotgan davlat tili madaniyati tushunchasi esa axloqiy, ma’naviy 
kategoriyadan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa tilning milliy tabiati yaqqol 
aks etadigan grammatik qonuniyatlarni ana shu metodologik asoslarga tayangan 
holda chuqur tahlil qilish, muammoga til va tafakkur, til va ma’naviyat, til va 
madaniyat mushtarakligidan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishni taqozo 
qiladi. 
Millatning “men”i uning tilida yaqqol namoyon bo‘ladi va uning ontologik belgisi 
sifatida amal qiladi. Bu tilning grammatik qurilishida, ayniqsa, ravshanroq ko‘zga 
tashlanadi. 
So‘zlararo bog‘lanish munosabatlari, bog‘lovchi omillarning kombinator 
xususiyatlari va tarkibi, milliy tafakkur tarziga mos ravishda gap qurilishining o‘ziga 
xos tarzda bo‘lishi, gap qurilishi qoliplarining milliy spetsifik xususiyatlari bu 
hodisalarning har birini milliy ruhiyat va ong, tafakkur tarzi tushunchasidan kelib 
chiqqan holda va u bilan dialektik aloqadorlikda o‘rganishni talab qiladi. Demak, 
ayon bo‘ladiki, milliy til grammatik tizimi tadqiqida milliy ma’naviyat va milliy til 
dialektikasi mushtarakligida ma’naviy omillarga tayanib ish ko‘rish masalaning bir 
jihati bo‘lsa, lisoniy hodisani qaysi yo‘sinda va qaysi tadqiq usullari asosida, 
tilshunoslikning qaysi oqim va yo‘nalishlari tamoyillari, tayanch tushuncha va 
kategoriyalari vositasida tekshirish ikkinchi jihatini tashkil etadi. 
7
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 85. 


10 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish