Mehnat unumdorligi deb mehnatning vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatiga aytiladi. U ma’lum ish
Vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ishvaqti bilan o‘lchanadi.
Mehnat intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida mehnat sarfining oshib
Borishi, ya’ni mehnatning jadallashishi tushuniladi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko‘proq qiymat yaratilishiga imkon beradi.
47.Qiymat qonuni va uning vazifalari.
Tayanch iboralar: qiymat qonunning mazmuni, tovar qiymatini xisobga olish, rag’batlantirish va tabaqalashtirish vazifasi.
Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralarga sabab bo‘lib, bu borada quyidagi ikki asosiy
Yo‘nalish mavjud:
Qiymatning mehnat nazariyasi;
Qiymatning naflilik yoki keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
Nazariyasi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam
Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u qiymatning manbai mehnat
Hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab
Berishini ko‘rsatib o‘tgan.Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish
Va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali o‘lchanishini
Ifodalaydi.
48.Pul tug’risida turli xil nazariyalar.
Tayanch iboralar: metalistik, nominalistik va miqdoriy nazariyalar.
Pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin
Bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik
Maktab namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib,
Uning tovar mazmunini tan olganlar.Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullaming tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini
Zararligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi
Sifatida qarab, ulaming nodir metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar.Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullaming qiymati o‘rtasidagi
O‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir.
Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir, degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi
asosiy vazifalarini ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala
vositasi; 3) boylik to‘plash vositasi; 4) to‘lov vositasi.
49.Pul va uning vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |