Tayanch iboralar: resurslarni va mahsulotlarning samarali taqsimlash, erkinlik, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash, ijtimoiy tabaqalanishning va daromadlar tengsizligining kuchayishi, ijtimoiy iste’mol xarakteridagi ne’matlar bilan ta’minlay olmasligi, atrof muhit va ekologiyani muxofaza qilish mexanizmining yo’qligi.
Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi
Resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni
Shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zarur boigan
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy
Muammolaridan biri boiib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy
Faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi.
Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining
Ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki,
Unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik,
Beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Bozor iqtisodiyotining ham
O‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o‘zining bosh nazorat
Mexanizmi -raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni
Rag‘batlantiradi.
54 Bozor iqtisodiytining o’z -o’zini boshqarish mexanizmi
Tayanch iboralar: raqobat, baho, talab va taklif.
. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi mik,doridir. Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidanhaqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondiri lma gan, meʼyordagi va b. talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxe, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talab i , barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab mikdorining oʻzgarishiga bir kancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar mikdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid mikdorining kamayishiga olib keladi.
Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar mikdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Mas., 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi mikdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash.
Raqobat kurashida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan narsa
bahodir. Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo’lib, raqobat orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, har bir tovarga talab yuqori bo’lsa, baho ham ko’tarilishi kerak. Shunga ko’ra tovarlar sarf-xarajatiga ko’ra juda yuqori yoki juda past bahoda sotilishi mumkin. Yuzaki qaraganda sun’iy ravishda talabni ko’tarish tufayli bahoni oshirish mumkinga o’xshaydi. Mavjud sharoitga ko’ra shunday holat ham yuz beradi. Lekin raqobat natijasida bunday holat doimiy yoki uzoq cho’zilishi mumkin emas. Baribir ko’p tovar sotishga intilish ustun keladi.
55.Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |