§ 17 - RANGLI METALLAR ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI
ASOSLARI
Alyuminiy - muhim engil rangli metall hisoblanadi. Ishlab chiqarish va
ishlatilishi bo’yicha u metallar orasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Xalq
xo’jaligining deyarli hamma tarmoqlarida alyuminiyning ishlatilishiga sabab
bo’lgan muhim fizik xossalariga zichlikning kichikligi, yuqori egiluvchanlik,
issiqlik - va elektr o’tkazuvchanlik kiradi. Alyuminiyning ko’pgina fizik xossalari
uning tozalik darajasiga bog’liq xolda o’zgaradi. Hozirgi vaqtda alyuminiy sof
metall, tuz va oksidlardan iborat ko’pgina qotishmalar ko’rinishida keng
ishlatilmoqda. Tarkibida alyuminiy bo’lgan 250 ga yaqin mineral ma’lum. Muhim
alyuminiy tarkibli rudalar bokstilar, nefelinlar, alunitlar hisoblanadi. Alyuminiy
tarkibli rudalardan dastlab texnik alyuminiy oksidi - glinozyom, undan esa metall
alyuminiy olinadi. Alyuminiy tarkibli tog’ jinslaridan alyuminiy olish uchun
xomashyo sifatida foydalanish, ma’lum bo’lgan qayta ishlash usullarini qo’llash
mumkinligini hisobga olgan xolda bajarilgan texnik - iqtisodiy natijalar bilan
aniqlanadi. Og’ir rangli metallar ishlab chiqaradigan ulkan korxonalar kon,
boyitish va metallurgik ishlab chiqarishdan tarkib topgan kon - metallurgiya
korxonalari shaklida tashkil etilsa, zamonaviy alyuminiy sanoati esa glinozyom va
alyuminiy zavodlari aniq va alohida joylashishi bilan harakterlanadi. Bu shu bilan
asoslanadiki, alyuminiyni elektrolitik usulda olish ko’p energiya talab qiladigan
ishlab chiqarish kategoriyasiga kiradi va bunday zavodlarning joylashishi
elektrostantsiyaning elektr energiyasi arzon bo’lgan rayonlarda joylashtiriladi.
Glinozyom ishlab chiqarish aksincha, alyuminiy xomashyosi qazib olinadigan
78
konlarga yaqin joylarda joylashtiriladi, bu elektroliz zavodlariga tashiladigan
xomashyo hajmini kamaytiradi.
Metall alyuminiy olish jarayoni murakab bo’lib, u to’rtta alohida
texnologiyalardan tashkil topgan:
1. glinozyom ishlab chiqarish;
2. kriolit va ftorli tuzlar ishlab chiqarish;
3. ko’mir mahsulotlari ishlab chiqarish;
4. elektrolit alyuminiy ishlab chiqarish.
Alyuminiy ishlab chiqarishning eleklrolitik usuli ochilganidan va qo’lanila
boshlangan vaqtdan beri uning rivojlanishi qo’llanilayotgan qurilma va
uskunalarning
konstruktsiyasini
yaxshilash,
texnologik
jarayonlarni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtiri
щ
, hamda uni takomillashtirish yo’lidan
borildi. Usulning olib borilishi o’zgarmasdan qolaverdi.
Alyuminiyni eritmalarni elektroliz qilish bilan oshi usulining ko’pgina
qulayliklariga qamasdan, bu texnologiya boshqa rangli metallarni ko’p miqdorda
ishlab chiqarishga nisbatan ma’lum kamchiliklarga ega:
1. hatto eng yirik elektrolizyorlarning bir quvvati pastligi;
2. elektroenergiyaning solishtirma sarfi yuqoriligi;
3. o’zgaruvchan tokning o’zgarmas toka aylantirish kerakligi;
4. glinozyom ishlab chiqarish texnologik sxemasining murakkabligi;
5. qimmalli toza ftorli tuzlarning ko’p sarflanishi;
6. past navli alyuminiy tarkibli xomashyolardan foydalanib bo’lmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |