Alyuminiyni yuzalash (rafinirlash). Qo’shimchalar alyuminiyni mexanik,
elektrolitik va quyma xususiyatlarini yomonlashtiradi, shuningdek. uning
korroziyaga bardoshligini pasaytiradi. Elektroliz vannasidan olingan alyuminiyni
mexanik qo’shimchalar va erigan gazlardan tozalash uchun qo’yilishdan oldin u
xlorlanadi. Xlor bilan ishlov berilgandan so’ng alyuminiy yallig’ qaytaruvchi
elektr pechlariga qo’yiladi. Bu jarayondan maqsad: a) metallni qo’shimcha
metallmas qo’shimchalardan uzoq vaqt tindirish yo’li bilan tozalash; b) turli
vannalardan olingan alyuminiyni aralashtirish yo’li bilan o’rtachalashtirish. Bu
ishlov usullari va o’rtachalashtirish bajarilgandan so’ng, alyuminiy quymalarga
quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |