§ 15- XOMASHYONI GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH
USULLARI
Hozirgi vaqtda oltin saralash fabrikalarida oltin tarkibli rudalarni qayta
ishlashda rudaning xususiyati, ularning kimyoviy va mineralogik tarkibi, nodir
metallarni shakli va korxonaning texnik - iqtisodiy ishlash sharoitiga bog’liq holda,
66
o’zida boyitish, gidrometallurgik, pirometallurgik jarayonlarni mujassamlashtirgan
texnologik sxemalar qo’llanilmoqda.
Ruda va boyitmalardan mayda oltinni ajratib olish uchun ko’pincha
gidrometallurgik jarayon - aralashtirish yoki sizdirib o’tkazib tsianlash ishlatiladi.
Zamonaviy korxonalarda bo’tanalardan oltin va kumushni tanlab eritish uchun
aralashtirib tsianlash va keyinchalik tsian oltin tarkibli eritmadan tsementatsiya
usuli bilan metall ajratib olish qo’llanilmoqda.
Bo’tanalarni an’anaviy fil
ь
tratsiya - dekantatsiya usulida tsianlash jarayoni
bir qator kamchiliklarga ega:
1. ayrim xomashyo turlaridan, misol uchun, tarkibida tabiiy sorbentlar
(metallarning ayrim oksid va sul
ь
fidlari) bo’lgan rudalardan, oltin va kumushni
to’liq ajralib olinmasligi;
2. qiyin filtrlanadigan va quyultiriladigan rudalarni qayta ishlashning
qiyinligi;
3. filtratsiya qurilmalarini ishlatishning qimmatligi va ko’p energiya
sarflashi;
4. katta ishlab chiqarish maydonini talab qiladigan filtratsiya - quyultirish
qurilmalarning yirikligi;
5. tarkibida mis, mushyak, sur
ь
ma va sulfidli oltingugurt bo’lgan
eritmalardan oltin va kumushni ruh bilan sementatsiyalashni qiyinlashuvi;
6. tsian eritmalarida oltin va kumush miqdori ko’p bo’lganda kekdan erigan
oltin va kumushni yuvib olish jarayonining murakkablashuvi;
7. murakkab texnologik sxema bilan qayta ishlashni talab qiladigan past
sifatli mahsulot olinishi.
Sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida so’nggi 30-35 yil
davomida ishlab chiqarishga tsianlash jarayoni texnologiyasida yangi yo’nalish -
sorbtsiyali
tanlab
eritish
tatbiq
etilmoqda.
Bu
yo’nalish
uran
gidromelallurgiyasidagi sorbtsiyali texnologiya va bir qator kimyo sanoatining
ishlab chiqarish jarayonlari ta’siri ostida paydo bo’ldi va o’zlashtirildi.
67
Oltinni sorbtsiya usulida ajratib olish, asosini tsianlash jarayoni tashkil etgan
gidrometallurgik jarayonlardan biri hisoblanadi.
Uning asosiy mohiyati shundan iboratki, tarkibida oltin bo’lgan yanchilgan
rudali mahsulot tsian eritmasi bilan ta’sirlashtiriladi, bu ta’sir natijasida oltin ruda
tarkibidan eritmaga o’tadi. Kislorod ishtirokida erish quyidagi reaktsiya bo’yicha
boradi:
2 Au + 4NaCN + O
2
+ 2
Н
2
O = 2NaAu(CN)
2
+ 2NaOH +
Н
2
O
2
(1)
Sianlash jarayoni tezligi va oltinni eritmaga to’liq o’tkazish ko’pgina
omillarga, jumladan, eritmadagi kislorod miqdoriga bog’liq. Sianlash jarayoni
vaqtida kislorod sarf bo’lib boraveradi, shuning uchun uning eritmadagi miqdorini
me’yorida saqlab turish uchun eritma aralashtirilib turiladi. Buning natijasida
eritma kislorodga to’yintiriladi.
Oltin va kumushni sorbtsiyalash uchun ionitlar ishlaliladi. Ionitlar deb,
eritma bilan ta’sirlashuv natijasida eritmadagi musbat yoki manfiy ionlarni o’ziga
yutib, o’zidan yutgan ioniga teng miqdorda va o’shanday zaryadli ion chiqaradigan
qattiq erimaydigan yuqori molekulyarli birikmalarga aytiladi. Ionalmashinuv
xususiyatlarga ega ko’plab tabiiy va sun’iy birikmalar mavjud. Biroq, amaliy
ahamiyat kasb etadiganlari sintetik smola asosli - ionalmashinuv smolalari
hisoblanadi. Oltin va kumushni sorbtsiyalashda anionitlar ishlatiladi, chunki oltin
va kumush tsian eritmasi tarkibida Au(CN)
−
2
, Ag(CN)
−
2
ko’rinishida bo’ladi.
ionogen guruhlar dissotsialanish darajasiga ko’ra, kuchli asosli va kuchsiz asosli
anionitlarga bo’linadi.
Sianlash jarayonida ishlatiladigan anionitlarga ko’yidagi talablar qo’yiladi:
1. nodir metallar bo’yicha yuqori sig’imga ega bo’lish;
2. nodir metallarni sorbtsiyali tanlab eritishda anionitning yuqori tanlash
qobiliyatli bo’lishi;
3.
oltin
va
kumushni
oson
desorbtsiyalanishi
va
anionitni
regeneratsiyalanishi;
4. anionitning yuqori kimyoviy va mexanik qattiqlikka ega bo’lishi.
68
Sianlash jarayonida ionalmashinuv smolalaridan foydalanish bir necha xil
usul bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. oltinsizlantirilgan rudali faza (qattiq faza) dan ajratilgan tsian
eritmalaridan oltin va kumushni sorbtsiyalash;
2. oltin va kumushni tsianlash jarayonidan so’ng, tsian bo’tanalaridan
sorbtsiyalash;
3. tanlab eritish vaqtida tsianli bo’tanalardan oltin va kumushni ajratish -
sorbtsiyali tanlab eritish.
Birinchi usul eng oddiy bo’lib, u tsian eritmalaridan oltin va kumushni
cho’ktirib olish uchun rux o’rniga smolalardan foydalanishni nazarda tutadi. Biroq
ionalmashinuv smolalari narxi yuqori bo’lgani uchun, hozircha arzon va yaxshi
o’zlashtirilgan rux kukuni yordamida cho’ktirish usuli bilan raqobatlasha olmaydi.
Ikkinchi usul bo’yicha erigan oltin va kumushni aralashtirish qurilmalarida
olib borilgan erish jarayoni tugagandan so’ng, tsianli bo’tanalardan to’g’ridan-
to’g’ri sorbtsiyalash olib boriladi. Bu jarayon ishlatilganda texnologiyadan eng
qimmatli va ko’p energiya sarf qiladigan filtratsiya jarayoni olib tashlanadi.
Kamchiligi sifatida tanlab eritish jarayonining uzoq davom etishi va shunga
muvofiq katta hajmli qurilmalar va katta hajmdagi kapital va ekspluatatsiya
harajallarini keltirish mumkin.
Uchinchi usul qisman yoki ayrim xollarda eritish va sorbtsiyalash
jarayonlarini to’liq birlashtirish, ya’ni sorbtsiyali tanlab eritishdan iborat.
Jarayonning afzalliklariga: a) oltin tarkibli eritmalarni ajralib olish uchun ko’p
energiya va harajat talab qiladigan bo’tanalarni filtrlash jarayonlarining
bo’lmasligi; b) jarayonning kam vaqt ichida borishi; v) qurilmalarning qattiq
joylashtirilishi; g) oltinni ajratib olishning biroz oshishi.
Umumiy xolda sorbtsiyalash jarayoni quyidagi reaktsiya orqali ifodalanadi:
R-OH + {Au(CN)
2
}
-
↔
R - Au(CN)
2
+ ON
-
(2)
Shuningdek tsian eritmalari tarkibidagi ko’pgina qo’shimcha metallar ham
sorbtsiyalanadi:
69
)
6
(
2
2
)
5
(
4
]
)
(
[
]
)
(
[
4
)
4
(
2
]
)
(
[
]
)
(
[
2
)
3
(
2
]
)
(
[
]
)
(
[
2
2
6
2
4
6
3
2
2
3
4
2
2
4
−
−
−
−
−
−
−
−
+
↔
+
+
↔
+
+
↔
+
+
↔
+
Do'stlaringiz bilan baham: |