bog’liq holda 10-12 dan 70-75% gacha Su bo’lgan mis shteynlari konverterlash
jarayoni bilan qayta ishlanadi. Konverterlashga shteyndan tashqari, eritma yoki
qattiq xolda misga boy qaytarilgan mahsulotlar, kvarsli flyus va boshqa
58
Mis shteynlari asosan mis va temir sulfidlaridan iborat bo’ladi.
Konverterlash jarayoninng asosiy maqsadi - temir, oltingugurt va boshqa ayrim
yo’ldosh komponenllarni oksidlanishi hisobiga qoramtir mis olishdir. Nodir
metallar deyarli to’liq qoramtir metallda qoladi. Ko’pgina reaktsiyalar ekzotermik
bo’lganligi sababli konverterlash yoqilg’i talab etmaydi, ya’ni konverterlash
avtogen jarayon hisoblanadi.
Mis shleynlarini konverterlash ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich -
sul
ь
fidli massani to’plash. Uning asosida temir sul
ь
fidlarining oksidlanish jarayoni
va buning natijasida hosil bo’lgan oksidlarni shlaka o’tkazish yotadi. Birinchi
bosqichda temir sul
ь
fidlarining oksidlanishiga sabab, temir misga qaraganda
kislorod bilan tez ta’sirlashadi. Odatda mis shteynlarini konverlerlash 1200-1280°S
haroralda olib boriladi. Jarayonni past haroratda olib borish eritmaning G’eO ning
qayta oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan magnetit bilan to’yinishiga olib keladi.
O’ta yuqori haroratda olib borish esa konverterning himoya qatlami tez buzalishiga
olib keladi. Konverter shlaklarida mis miqdori odatda 1,5 - 2,0% bo’ladi.
Konverter shlaklarida mis miqdori ko’p bo’lganligi sababli, ular jarayonga
qaytariladi yoki alohida qayta ishlashga yuboriladi.
Konverterlash jarayonining birinchi bosqichi tsiklik xarakterga ega. Har
qaysi tsikl misli suyuq shteyn yuklash, kvarsli flyus yuklash, eritmaga havo
purkash, konverterlash shlakini chiqarish kabi operatsiyalardan iborat. Har qaysi
siklning davomiyligi 30-50 min bo’lib, dastlabki shtieynning tarkibiga bog’liq. Har
qaysi havo purkash operatsiyasidan so’ng, konverterda mis balan boyigan sulfidli
mahsulot qoladi. Mahsulot tarkibida mis miqdori toza mis sulfidi miqdori
talabigacha oshirib boriladi. Har qaysi bosqich davomiyligi, shteyndagi mis
miqdoridan tashqari, konverter holati va o’lchamlari, ishni tashkal etishga bog’liq
holda berilayotgan havo miqdori balan ham aniqlanadi. Butun vaqtning 70-80%
konverterga havo berish uchun sarflanadi. Qolgan vaqt shlakni to’kish va
konverterga yuklashga ketadi. Birinchi bosqich tugashi va shlakning oxirgi
portsiyasi chiqarib yuborilgandan so’ng, konverterda deyarli toza mis sul
ь
fidi - oq
shteyn (70 - 80% Su) qoladi.
59
Ikkinchi bosqich - oq shleyndan qoramtir mis olish 2-3 soat davomida
konverlerga uzluksiz ravishda havo berish bilan amalga oshiraladi. Jarayonning
ikkinchi bosqichi quyidagi reaktsiya orqali ifodalanadi:
Cu
2
S +O
2
→
2Cu + SO
2
Shteynni konverterlash uchun gorizontal konverterlardan foydalaniladi.
Konverter quvursimon temir idish bo’lib, u ichki qismidan xrommagnezitli g’isht
bilan qoplanadi. Konverterga xizmat ko’rsatish korpusning markazida joylashgan
tuynuk orqali amalga oshiraladi.
Konverterlash jarayonining davomiyligi konverterga purkalayotgan havo
hajmiga bog’liq bo’lib, uning sarfi o’z navbatida furmalarning o’lchami ya’ni
furma soni va ularning diametriga bog’liq. Zamonaviy mis sanoatida sig’imi mis
bo’yicha 40, 75, 80, 100 t. li, uzunligi 6 -12 m, diametri 3-4 m, furmalar soni 32-
62. diametri 40-50 mm. li konverterlar ishlatiladi.
Gorizontal konverterlar - davriy ravishda ishlaydigan qurilmalar hisoblanadi.
Konverterning asosiy ishchi holatlari gorizontal o’q atrofida aylanish burchagiga
bog’liq xolda bo’lib u shteyn yuklash, shteynni shamollatish, shlakni chiqarish,
qoramtir misni chiqarish kabilardan iborat. Shteynni shamollatishda (produvka)
hosil bo’lgan gazlar tunuk orqali mahkamlangan konverter ustida joylashgan chang
to’plagichga, keyinchalik gaz chiqarib yuborish sistemasiga o’tkaziladi.
Tarkibida 4-4,5% SO
2
konverterlash jarayoni gazlari sulfat kislota olish
uchun ishlatiladi.
Qoramtir mis tarkibida mis va unga yo’ldosh elementlarning elektr, mexanik
va boshqa xususiyatlarni yomonlashtiruvchi qo’shimchalar borligi sababli u
is’temolchilar tomonidan to’g’ridan - to’g’ri ishlatilmaydi. Hamma qoramtir mislar
albatta tozalanishi kerak.
Qoramlir mis iqtisodiy samara olish uchun ikki bosqichda o’tkaziladi.
Dastlab mis olovli tozalash usuli bilan bir qancha qo’shimchachardan, so’ngra
elektr usuli bilan tozalanadi.