89
shakllantiradilar va tashqi moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya
amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatdan olingan foyda,
korxona sotib olingan
bo’lsa, o’z ishchi va xizmatchilaridan tushadigan pul, shuningdek, firma sotgan
aktsiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag’lari,
davlat
subsidiyasi kabilardan tarkib topadi.
Korxona, firma moliyasi albatta, o’z faoliyatlari natijasi bo’lib, avvalo u foyda
darajasi va miqdoriga bog’liqdir. Ko’rinib turibdiki, bu xo’jaliklarning iqtisodiy
samaradorligining asosidir. Chunki, korxonaning yaxshi ish natijalari o’z hissasining
ortib borishi, o’zi ishlab topgan sarmoyalar hisobiga pul resurslarini ko’paytirib o’z
ishini o’zi moliyalashtirish darajasida bo’lishi mustaqil ish olib borish, tez
rivojlanish imkonini tug’diradi. Moliyaviy qaramlik har bir firma uchun doimo
qiyinchilik tug’diradi. Mikromoliyadagi
tashqi majburiyatlarni olsak, bular soliqlar
va boshqa majburiy to’lovlar, sug’urta pulini to’lash, qarz-kredit hajmiga qarab qarz
qismi hamda foizini to’lash kabilarni o’z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani
rivojlantirish hamda asosiy kapital qismini yangilab borish aylanma kapitaliga
qo’shilish bilan bog’liq xarajatlar amalga oshiriladi. Firmani kuchaytirish maqsadida
imkoni boricha boshqa firma aktsiyalari va obligatsiyalarini sotib olish, o’z ishchi va
xizmatchilarini rag’batlantirish uchun, sarmoyalarni ko’paytirish uchun harakat
qilinadi.
Mikromoliyada aktsiya va obligatsiyalarning ta’siri katta bo’lishi mumkin.
Aktsiya qimmatbaho qog’oz
bo’lib, u korxona kapitalida ishtiroklilikni bildiruvchi
hujjatdir. Aktsiya daromad keltiradi. Bu dividend deyiladi.
Obligatsiya esa
qarzdorlikni bildiruvchi qimmatbaho qog’oz
bo’lib, bu ham foiz turida daromad
keltiradi.
Keyingi vaqtlarda hissadorlik jamiyatlari ko’payib, aktsiyalarning korxonalar
iqtisodiy faoliyatiga ta’siri ortib bormoqda. Aktsiyalar oddiy va imtiyozli bo’ladi.
Oddiy aktsiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo’ladi va aktsioner ovoz
berish xuquqiga ega bo’ladi. Imtiyozli aktsiyada esa daromad oddindan belgilanib,
kafolatlanadi, lekin aktsioner ovoz berish huquqiga ega emas.
Imtiyozli aktsiyalar xaridorgir bo’lib, bozorda uning xaridorlari ko’p, bahosi esa
oldi-sotdida belgilanadi. Aktsiyalarning bozor bahosi ularning sotish kursini yuzaga
keltiradi.
Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aktsiya
kursi iqtisodiy, siyosiy va ruhiyat omillariga ega.
Makromoliya asosan davlat moliyasidan iborat. Lekin bunga mavjud ijgimoiy fondlar
ham kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash
uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Lekin davlat
moliyasi uning ixtiyoridagi korxona, tashkilot, muassasalarning moliyasini ham o’z
ichiga oladi, ya’ni bunda mikro va makro moliya bir-biriga chatishib ketadi. Aralash
iqtisodiyot xususiyatiga ega bo’lgan davlat iqtisodiyotining moliyasi ham bozor va
nobozor munosa-batlaridan iborat bo’ladi. Shuning uchun ham davlat moliyasi
tarkibi murakkab bo’lib,
davlat byudjeti, uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va
korxonalar moliyasi kabilarni o’z ichiga oladi.
O’tgan davr mobaynida bank tizimi iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlaridan
hisoblangan energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, engil va mahalliy sanoatni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
90
rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdi.
Jumladan, Buxoro va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlari, Ko’kdumaloq neft
koni, kimyo sanoatida “Navoiyazot” Qizilqum fosfor zavodi, Sho’rtan
gaz-kimyo
kombinati, YAngiyo’l tsellyuloza-qog’oz fabrikasi, Asaka avtomobil zavodi va unga
tutash bo’lgan butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi o’ndan ortiq qo’shma korxona
qayta qurilib, ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: