33
so’m, bug’doy 30 ming so’m turadi. Shunga qarab yaratilgan mahsulot pulga
chaqiladi. Pulda hisoblangan mahsulotni ishlovchilar soniga bo’lsak, mehnat
unumdorligi kelib chiqadi.
Agar ko’mir konida 1000 kishi ishlab, bir yilda 2 million tosh ko’mir qazib
olgan bo’lsa, jami ko’mir 4 mlrd. so’mlik bo’ladi. Bunda har bir ishchi yiliga 4 mln.
so’mlik ko’mir qazib olgan bo’ladi.
Х
ullas unumdorlikni aniqlash uchun yaratilgan
mahsulot ishlovchilar soniga bo’linadi. Unumdorlik soatlar bo’yicha hisoblanganda
yaratilgan mahsulot ishlangan soatlarga bo’linadi.
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarni uchga bo’lish mumkin.
1. Ishlab chiqarishning texnika-texnologiya darajasi.
Tsxnika qanchalik
mukammal bo’lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo’ladi.
2.
Shaxsiy-insoniy omilnnng sifati. Agar ishlovchilarning bilim darajasi,ish
malakasi va tajribasi yuqori bo’lsa, unumdorlik ortadi yoki aksincha.
3.
Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti. Bu sharoit qanchalik qulay
bo’lsa,unumdorlnk shunchalik yuqori bo’ladi. Tabiiy sharoitni inson
o’zgartira olmaydi, ammo texnikani mukammallashtirish
orqali noqulay tabiiy
sharoitda ham unumdorlikni oshirish mumkin. Mehnat unumdorligini mugtasil oshib
borish iqtisodiyotga xos qonuniyatdir, shu tufayli resurslar cheklangan bo’lishiga
qaramay mahsulot ko’payib boradi.
Moddiy shakli jihatidan mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish vositalari
(moddiy resurslar) va iste’mol buyumlaridan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish biror korxona doirasida, shuningdek, mamlakat miqyosida olib
boriladi. Ayrim ishlab chiqaruvchi yoki korxona yaratgan mahsulot—individual
mahsulot hisoblanadi, jamiyatdagi barcha kishilarning iqtisodiy faoliyati esa yalpi
milliy mahsulotni (YAMM) yaratadi.
YAlpi milliy mahsulot bir yil davomida pirovard natijada yaratilgan va bozor
narxida hisoblangan barcha mahsulot va xizmatlardir.
Aholi jon boshiga yaratilgan YAMM miqdori iqtisodiyotning naqadar
rnvojlanganligini bildiradi. Agar bu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, mamlakat
shunchalik boy hisoblanadi, uning «fuqarolari shu qadar farovon yashaydi. Masalan,
1993 yilda YAponiyada aholi jon boshiga yaratilgan YAMM 31,4 ming dollar bo’ldi,
Bangladeshda bu ko’rsatkich 220 dollarga tug’ri keldi. Demak, YAponiya boy,
Bangladesh esa kambag’al mamlakat. Individual va YAMM mavjudligi iqtisodiy
faoliyatning ikki darajali bo’lishidan kelib chiqadi. Birinchisi — mikroiqtisodiyot.
Bu sektor (tarmoq) firma va ayrim uy xo’jaliklari (oilalar va oilasiz kishilar)
doirasidagi iqtisodiy faoliyat bo’lib, uning asosiy unsuri firma (korxona) hisoblanadi.
Ikkinchisi — makroiqtisodiyot, butun xalq xo’jaligi miqyosida milliy doiradagi
jamiki iqtisodiy faoliyatdir. Mikroiqtisodiyotning barcha turlari o’zaro bog’lanib,
bir-birini taqozo etuvchi yaxlit faoliyatni hosil etganda makroiqtisodiyot vujudga
keladi. Makroiqtisodiyotning asosini ijtimoiy nshlab chiqarish tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: