Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


IV-MAVZU. IQTISODIY FAOLIYAT VA ISHLAB CHIQARISH



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/239
Sana23.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#405169
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   239
Bog'liq
bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

IV-MAVZU. IQTISODIY FAOLIYAT VA ISHLAB CHIQARISH 
  
4.1. Iqtisodiy faoliyat turlari 
4.2. Ishlab chiqarish omillari va natijalari 
4.3. Mehnat unumdorligi 
 
4.1. Iqtisodiy faoliyat turlari 
 
Ehtiyojlar  turli-tuman  bo’lganidan  ularni  qondirish  ham  turlicha  yo’llar  bilan 
amalga oshiriladi, lekin baribir bu ish iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. 
Iqtisodiy  faoliyat  deganda  inson  tirikligini  ta’minlash  usullari  va  vositalarn 
majmui tushuniladi. 
Iqtisodiy  faoliyat  ishlab  chiqarishdan  boshlanadi,  yaratilgan  mahsulotlarni 
ayirboshlash  orqali  isge’mol  etish  bilan  tugallanadi.  Uning  asosiy  bo’g’ini  ishlab 
chiqarish,  ya’ni  har  xil  mahsulot  va  xizmatlarni  yaratishdir.  Mehnat  yaratgan 
ne’matlar iqtisodiy ne’matlar deyiladi. Ular tabiatdagi tekin ne’matlar (havo, quyosh 
nuri,  suv)  dan  farq  qiladi.  Mahsulotlarni  ayirboshlash  va  ularning  isge’moli 
(ishlatilishi)  ham  iqtisodiy  faoliyat  tarkibiga  kiradi  Ishlab  chiqarish  tijorat  (savdo-
sotiq) orqali iste’mol bilan bog’lanadi. Iqtisodiy faoliyat turlari xilma-xil, lekin ular 
bir-birini albatga taqozo etadi. 
Ishlab  chiqarish  bo’lmasa  kishilar  yashay  olmaydi,  bu  turgan  gap.  Ammo 
kishilar  yaratgan  mahsulotlarini  o’zaro  ayirboshlash  orqali  iste’molni  qondiradilar, 
bir-birlariga kerakli mahsulotlarni egkazib beradilar. 
Kishilar  o’z  ehtiyojini  qondirmasa,  ish  qobiliyatini  tiklay  olmaydilar. 
Binobarin, iste’molsiz ishlab chiqarish ham bo’lmaydi. Ishlab chiqarish turlari g’oyat 
ko’p.  Hozir  dunyoda  25  million  xil  mahsulot  va  ularning  butlovchi  qismlari  va 
detallari yaratiladi. Aholiga minglab xil xizmatlar ko’rsatiladi. 
Ishlab chiqarish birlamchi faoliyat sifatida ikki turga bo’linadi: 
1.  Moddiy ishlab chiqarish aniq moddiy shaklga ega mahsulotlarni (masalan, 
iste’mol buyumlari, yonilg’i, xomashyo, material, mashina va uskunalarni) yaratish, 
shuningdek,  moddiy  sohaga  xizmatlar  ko’rsatish.  Bunga  sanoat,  qishloq 
xo’jaligi, yuk transporti, qurilish, ombor xo’jaligi, aloqa kiradi. 
2.  Nomoddiy ishlab chiqarish  — moddiy shaklga ega bo’lmagan,  qo’l bilan 
ushlab  his    etilmaydigan,      ammo  foydali  xizmatlar    ko’rsatish.  Masalan,  shifokor 
yoki  o’qituvchi  xizmati  moddiy  ko’rinishda  emas,  lekin  u  hammaga 
zarur.      Nomoddiy      ishlab      chiqarishga      madaniyat,      xalq      ta’limi,  sog’liqni 
saqlash, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalar kiradi. 
Ayirboshlash  faoliyatida  mahsulotlar  va  xizmatlar  yaratilmaydi,  balki  ular 
ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Bu jarayon ikki xil kechadi: biri 
mahsulot ayirboshlash, ikkinchisi tovar ayirboshlash. 
Bir  mahsulotning  bevosita  boshqasiga  to’g’ridan-to’g’ri,  lekin  ma’lum 
miqdoriy nisbatda ayirboshlanishi barter (mu’ovaza) dsb yuritiladi. 
Barter  ayirboshlashning  qulay  bo’lmagan  xolis  usuli.  Bu  usul  oldi-berdi 
aloqalari  izdan  chiqqanda,  pul  shiddatli  qadrsizlanganda  qo’llaniladi.  Me’yordagi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
31 
iqtisodiyot sharoitida tovar ayirboshlashga amal qilinadi. 
Bir mahsulotning boshqasiga pul vositasida va ma’lum narx asosida, ya’ni oldi 
- sotdi yo’li bilan ayirboshlanishi tovar ayirboshlash deyiladi. 
Tovar  ayirboshlash  barterdan  farqliroq,  tovarni  oldin  pulga,  so’ngra  pulni 
kerakli  boshqa  tovarga  ayirboshlashni  bildiradi.  U  hamma  bop,  ya’ni  universal 
ayirboshlashdir. Bu jarayonda pul ishtirok etadi, pulga xohlangan tovarni xohlagan 
joydan sotib olish mumkin bo’ladi. 
Tovar ayirboshlash, oldi-sotdi ayirboshlashning eng yuksak va qulay shaklidir. 
Iste’mol  degan  narsa  mahsulotni  amalda,  ya’ni  ehtiyojni  qondirish  uchun 
ishlatish  demakdir.  Mahsulotlar,  birinchidan,  tirikchilik  uchun  kishilarning  o’zlari 
tomonidan  iste’mol  etiladi,  ikkinchidan,  ishlab  chiqarishni  davom  ettirish  uchun 
uning o’zida ishlatiladi. 
Iste’mol  faoliyat  sifatida  yakka,  oilaviy,  guruhiy  yoki  umum-milliy  istemol 
tarzida yuz beradi. Masalan, ko’ylakni har bir kishi yakka tartibda kiyadi, televizor, 
gilam yoki mebel oilaning birgalikdagi iste’molida bo’ladi. Maktab, kasalxona yoki 
bolalar  bog’chasidagi  asbob-anjom  va  jihozlar  ham  birgalikda  ishlatiladi.  Armiya, 
xavfsizlik xizmati yoki boshqa ma’muriy tashkilotlar xizmatidan ayrim kishilar yoki 
guruhlar emas balki butun xalq bahramand bo’ladi. 
Х
ullas, mahsulotlar va xizmatlar 
har  xil  bo’lsada  iste’mol  etiladi.  Ammo  bundan  qat’i  nazar  ular  iste’mol  etilgach, 
yana qayta yaratilishi lozim. Demak shunday qoida bor: 
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. 
Iqtisodiy faoliyat yoki iqtisodiyot kishilarning ma’lum maqsad yo’lidagi xatti-
harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, oila, korxona, xo’jaliklar va 
davlatdir. 
Iqtisodiyot  ishtirokchilari  iqtisodiy  sub’ektlar  deb  ataladi,  ular  o’zaro 
muntazam  iqtisodiy  aloqada  bo’ladilar.  Bu  esa  ularning  iqtisodiy  munosabatlaridir. 
O’zaro  aloqasiz  na  ishlab  chiqarish,  na  ayirboshlash,  na  iste’mol  yuz  beradi. 
Robinzon  Kruzo  kabi  kimsasiz  orolda  tanho  xo’jalik  yuritish  faqat  hikoyalarda 
bo’ladi.  Amaldagi  iqtisodiyot  yo’lida  esa  hamma  bir  biriga  bog’liq  bo’lishi  zarurat 
hisoblanadi. 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish