VALLAR VA O‘QLAR. VAL VA O‘QLARNING UMUMIY TAVSIFLARI. VALLARNI MUSTAHKAMLIKKA HISOBLASH. VAL VA O‘Q TAYANCHLARI
1.Umumiy ma`lumot.
2. Vallarni hisoblash.
3. Vallarning mustaxkamligini hisoblashning takribiy usuli.
4. Vallarning mustaxkamligini hisoblashning aniqlashtirilgan usuli.
5. Vallarning bikrligini aniqlash.
6. Vallarning vibrabardoshligini hisoblash
Ushbu mavzuni o’zlashtirishdan maqsad: Vallar va o’qlar haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish, vallarni hissoblashni o’rganish, vallarning mustahkamlaigini hissoblashning aniqlashtirilgan usuli bilan tanishish, vallarning bikirligini hissoblash bilan tanishish, vallarning vibrabardoshligini hissoblashni o’rganish, vallar va o’qlarni sanoatda ishlatilishi haqida umumiy ma`lumotga ega bo’lish.
Tayanch iboralar: Val, o’q, ship, sapfa, bo’yin, valning mustaxkamlik chegarasi, vallarning vibrabardoshligi, yetaklanuvchi val , yetaklovchi val, vallarning chidamlilik chegarasi, burovchi moment, g’ildirak, eguvchi moment, mufta, aylana kuch, sterjin, bol`t, gayka, vint.
Vallar va o’qlar - tishli g’ildirak, shkiv va shu kabi aylanuvchi qismlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan asosiy detallar. Ko’pincha ular silindrik sterjenga o’xshash bo’ladi. Tuzilishi jixatidan olganda o’q bilan valning deyarli xech qanday farqi bo’lmaydi. Lekin bajaradigan vazifasiga qarab, ular bir-biridan katta farq qiladi. O’qlarning asosiy vazifasi detallarning mo’ljaldagi joyda aylanishiga sharoit yaratib berishdir. Bunda o’qning o’zi detal` bilan birga aylanishi ham, aylanmasligi ham mumkin. Masalan, temir yo’l vagonlarining g’ildiraklari o’q bilan birga aylanadi (143-shakl), yuk ko’taruvchi mashinalar tarkibidagi blok o’qlari esa qo’zg’almas bo’ladi.
Vallarning vazifasi undagi detallarning aylanishini ta`minlash bilan birga, burovchi moment uzatishdan ham iborat.
D emak, o’q bilan valning tuzilishi, ko’pincha bir xil bo’lsa-da, ishlash sharoiti har xil: o’q faqat eguvchi kuchlanish ta`sirida, val esa eguvchi kuchlanish bilan bir vaqtda burovchi momentdan xosil bo’ladigan kuchlanish ta`sirida ishlaydi.
1 – shakl.
Ayrim xollarda o’qlar bilan vallar tuzilishi jixatidan xam farq qiladi. O’qlar doim to’g’ri bo’lgani xolda vallar tirsakli (ichki yonuv dvigatellarida) yoki egiluvchan (Tish davolashda ishlatiladigan mashinalarda) qilib tayyorlanadi. Val va o’qlarning tayanchlarga mo’ljallangan qismi sapfa deyiladi. Val yoki o’qning ichida joylashgan sapfa ship deb, o’rtasida joylashgani bo’yin deb ataladi. Agar val yoki o’qning sapfasi ularning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday sapfa tovon deyiladi. (2 shakl). Qaysi shakldagi ship yoki tovon ishlatilishi valning ishlash sharoitiga bog’liq.
2 shakl
Vallarning ichidan boshqa detal` o’tishi uchun yoki vallarning og’irligini kamaytirish maqsadida ular ichi kovak qilib tayyorlanadi.
To’g’ri val va o’qlar, ko’pincha, uglerodli yoki legirlangan po’latlardan tayyorlanadi: Termik ishlanmaydiganlari st5 markali po’latdan, termik ishlanadiganlari 45 yoki 40X markali po’latdan, tez aylanadigan va sirpanish podshipniklarida ishlaydigani esa 20 yoki 20X markali po’latdan tayyorlanadi.
Vallarni hisoblash
Vallarning eguvchi moment M va burovchi moment T ta`siriga chidamliligi, birligi xamda vibrabardoshligi hisoblanadi. O’qlarni hisoblash vallarni hisoblashning T=0 bo’lgandagi xususiy xolidir. Shuning uchun o’qlarni hisoblash haqida aloxida to’xtalib o’tirishning xojati yo’q. Odatda, vallarning mustaxkamligini hisoblash asosida loyixalash ishi quyidagi tartibda bajariladi:
1. Ma`lum aylanish chastotasi xamda quvvat asosida valning taxminiy diametri aniqlanadi. Buning uchun faqat burovchi moment ta`siridagi valning mustaxkamlik shartidan foydalaniladi:
(3)
bu yerda , N – quvvat, kVt; val ko’ndalang kesimining polyar qarshilik momenti; - burovchi moment ta`siridan xosil bo’ladigan kuchlanishning ruxsat etilgan qiymati. Yuqoridagilarga binoan quyidagi ifodani yozish mumkin:
(4)
bunda deb olib, valning diametri uchun quyidagi formulani xosil qilamiz: (5)
bu yerda С - soniy koeffisient, uning miqdori ning qiymatiga qarab 60-jadvaldan olinishi mumkin.
60-jadval
MPa
|
10
|
12
|
15
|
21
|
30
|
40
|
50
|
C
|
168
|
158
|
147
|
130
|
116
|
106
|
98,5
|
Odatda, transmissiya vallari uchun
reduktor vallari uchun } (6)
qilib olinadi.
2. Topilgan taxminiy diametrga asoslanib, valning tuzilishi chama bilan chizib olinadi. Bunda valning istalgan kesimidagi kuchlanishning iloji boricha bir xil bo’lishiga harakat qilish lozim. Buning uchun valning aylanuvchi detal` o’rnatilgan o’rta qismini yo’g’onroq qilib, tayanchlarga yaqinlashilgan sari ingichkalashtirib borish tavsiya etiladi. Valning chetki qismi diametrini tanlashda uni standartdan olinadigan dumalash podshipniklariga yoki elektrik dvigatellar valiga mos keltirish kerakligini nazarda tutish lozim. Bundan tashqari, pog’onali vallarning diametrlari o’zgaradigan joyda ortiqcha kuchlanishlar konsentrasiyasi xosil bo’lmasligi uchun bu joy qirrali bo’lmasdan, ma`lum radius bilan dumaloqlanishi (galtel` xosil qilinishi) kerak.
3.Valning tuzilishi quyilgan talabga to’la javob berishiga ishonch xosil qilingach, uning mastaxkamligi tekshirib ko’riladi. Buning ikki xil usul bilan amalga oshirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |