Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet78/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Buyrak usti bezi gormon preparatlari, glukokortikoidlar:

  • gidrokortizon 1 %, 2,5 % malham;

  • gidrokortizon asetat 2,5 % — 5 ml susp., 0,5 % ko‘z malhami;

  • kortizon asetat 2,5 % — 5 ml amp., 0,5 % — 5 g ko‘z malhami;

  • deksametazon 0,0005 tabl.;

  • triamsilnanom 0,004 tabl.;

  • oksikort (malham) 5,0 g tubik;

  • sinoflan 0,02 % 10,0 —15,0 tubik;

  • lokokarten (malham) 5—10 g tubik.

    1. Glukokortikoidlar

Glukokortikoidlar, asosan, uglevodlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatib, qonda glukoza, aminokislotalar, jigarda, mushaklarda glikogen miqdorini oshiradi. Glukokortikoidlar oqsil hosil bo‘lishini kamaytiradi, parchalanishini oshiradi.
Glukokortikoidlar yallig‘lanishga qarshi ta’sir etib, uning hamma bosqichlari (alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiya)ni bartaraf etadi. Kapillarlar devorini, hujayralarni, gematoen­sefalik to‘siq o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. O‘tkazuvchan- likning kamayishiga gialuronidaza fermenti faolligining pasayishi va gistaminga qarshi ta’siri sabab bo‘ladi. Hujayra membrana- larini, lizosomalarni mustahkamlab, ulardan to‘qimalarni jarohatlovchi fermentlar ajralishini kamaytiradi, leykotsitlar, makrofaglarning tomirlardan ajralib chiqishini kamaytiradi.
Glukokortikoidlar yallig‘lanishga qarshi mahalliy qo‘llanil- ganda ham yaxshi ta’sir etadi, allergiyaga, sensibilizatsiyaga, shokka qarshi ta’siri bor. Qon tomirlar tonusiga, kapillarlar o‘tkazuvchanligiga ta’siri tufayli shokka qarshi ham ta’sir etadi. Bulardan tashqari, adrenalin, noradrenalinning (yuqori miq- dorda) qon tomirlarga, yurakka bo‘ladigan jarohatlovchi ta’sirining oldini oladi.
O‘rinbosar davolashda, ular organizmda yetishmaganda, Addison kasalligida, addisonizm holatlarida glukokortikoidlar mineralokortikoidlar bilan birga ishlatiladi. Glukokortikoidlar 140 dan ortiq kasallikda qo‘llanadi. Bular yallig‘lanishga aloqa- dor yuqumli allergik kasalliklar — revmatizm, qizil volchanka, dermatit, ekzema, neyrodermatit, allergik, toksikoallergik holatlarda; anafilaktik shok, o‘tkir gemolitik anemiya, aplastik anemiya, bronxial astma, travmatik shokda, og‘ir yuqumli kasalliklarda — peritonit, meningit, qorin tifi, ensefalit, miya, o‘pka shishi, virusli gepatitlarda; leykoz turlarida, limfogranu- lematoz, metabolik asidozlarda qo‘llanadi.
Glukokortikoidlar bolalarda uchraydigan adrenogenital sin- dromda qo‘llanadi. Bu kasallik nasldan o‘tadi. Bunda buyrak usti bezi yetishmaganda glukokortikoidlar ajralishi kamayadi. Bunga javoban gipotalamus kortikoliberinning, gipofiz AKTGning hosil bo‘lishini orttiradi. Ular esa, buyrak usti bezi po‘stlog‘ini qo‘zg‘atib jinsiy, ko‘pincha erkaklarda, gormonlar ajralishini ko‘paytiradi. Ana shunday holatlarda bolalar, ayniqsa, qizlar ertaroq jinsiy rivojlana boshlaydi yoki jarayon ularda noto‘g‘ri kechadi. Kortikoliberinlar, AKTG, jinsiy gor­monlar ajralishini kamaytiradi, natijada bunday holatdagi bolalar normal o‘sib rivojlanadi.
Glukokortikoidlar homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘pkasida surfaktant hosil bo‘lishini orttiradi. Shuning uchun chala tug‘ilgan bolalarda nafas yetishmovchiligining oldini olish uchun qo‘llanadi. Bu moddalar shifokorning alohida ko‘rsatmasi asosida qo‘llaniladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tgani- mizdek, ularni qo‘llayotganda birdaniga to‘xtatib bo‘lmaydi, aks holda kasallik zo‘rayib ketishi mumkin. Shuning uchun glukokortikoidlar qo‘llashni asta-sekin to‘xtatish lozim. Gluko­kortikoidlar qo‘llanganda, jiddiy nojo‘ya ta’sirlar, ayniqsa, bolalarda kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ular bolalarga nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlatiladi.
Anabolik jarayonlarni kamaytirishi tufayli glukokortikoidlar bolalar organizmining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar sust kechayotgan infeksiyalar, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, osteoporozni zo‘raytirishi, qon bosimini ko‘tarishi, asabni qo‘zg‘atishi, steroidli qandli diabetni yuzaga keltirishi mumkin. Bunda yuz oysimon bo‘lib ketadi, ruhiy o‘zgarishlar — eyforiya, gallutsinatsiyalar, alahlash paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlarning oldini olish uchun bu moddalar bilan davolangan davrda tarkibida oqsil, kaliy, kalsiy yetarli miqdorda bo‘ladigan oziq-ovqatlarni tanovul qilish mumkin. Glukokortikoidlarni gipertoniya kasalligida, qandli diabetda, ichak yarasida, silda qo‘llash man etiladi.

    1. Mineralokortikoidlar

Mineralokortikoidlar, asosan, suv-mineral almashinuviga, natriy va kaliy ionlarining hujayra membranalaridan o‘tish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Hujayralarda natriy ionlari ortadi, organizmda natriy ushlanib qoladi, kaliy ionlari peshob bilan chiqib ketadi. Organizmda natriy bilan suyuqlik ham ushlanib qoladi.
Mineralokortikoidlar yetishmovchiligida organizm natriy va suyuqlik yo‘qotadi, kaliy miqdori oshib ketadi, addisonizm ho- latlari ro‘y beradi. Mineralokortikoidlarning uglevodlar alma- shinuviga ta’siri kamroq bo‘ladi.
Dezokskortikosteron asetat (0,5 % — 1 ml amp., 0,005 tabl.) mineralokortikoidlar yetishmovchiligida — Addison kasal- ligida, addisonizm, miasteniya, adinamiya holatlarida qo‘llanadi. Enteral va parenteral yo‘llar orqali yuboriladi. Dezoksikorti- kosteronning nojo‘ya ta’sirlari: natriy va suvning organizmda to‘planishi natijasida shish paydo bo‘lishi, qon bosimining ko‘tarilishi, assit (qorin bo‘shlg‘ida suyuqlikning yig‘ilishi), og‘ir holatlarda chap qorincha yetishmovchiligi va o‘pka shishi kuzatiladi.

    1. Ayol jinsiy gormon vositalari

Ayol jinsiy gormon preparatlari ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Estrogenlar.

  2. Gestogenlar.


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish