Umumiy lot p65


bob. TO‘QIMA ALMASHINUVIGA TA’SIR ETADIGAN MODDALAR



Download 317,98 Kb.
bet76/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

bob. TO‘QIMA ALMASHINUVIGA TA’SIR ETADIGAN MODDALAR

  1. Gormon vositalari

Gormon preparatlarining sintetik o‘rinbosarlari — antagonistlari haqida tushuncha
Gormonlar — biologik jihatdan juda faol moddalar. Ular ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri bezni ta’minlab turadigan tomirlardagi qonga o‘tadi va butun organizmga tarqaladi. Shu bilan birga organizmning turli funksiyalariga, sistemalarining shakllanishiga, o‘sish va rivoj-
Epifiz Gipotalamus Gipofiz
Qalqonoldi bezlari
Q
Buyrak usti bezi Oshqozon osti bezi
Tuxumdonlar - Urug‘donlar

alqonsimon bez Ayrisimon bez

lanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonoldi bezi, ayrisimon bez, oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi, tuxumdonlar va urug‘- donlar kiradi (19-rasm).

Tarkibida gormonlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi sintetik moddalar bo‘lgan preparatlar
gormonal preparatlar
deb ataladi. Bular, asosan, o‘rinbosar terapiya tariqasida gormonlar yetish- movchiligida, bevosita aloqasi bo‘lmagan juda ko‘p kasalliklarda davo vositalari sifatida ishlatiladi. Masalan, qandli diabetda — in­sulin, tetaniyada — paratireoidin, Adisson kasalligida — kortizon, yallig‘lanishga, allergiyaga qarshi glukokortikoidlar buyuriladi.

Gormonlar tabiiy xomashyodan va sintetik yo‘l bilan olinadi.

Gipofiz oldingi bo‘lagi gormon preparatlari:

  • kortikotropin (AKTG) 10, 20, 30, 40 TB. fl.;

  • somatotropin 2—4 TB. fl.

Kortikotropin yoki AKTG buyrak usti bezlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, ularda kortikosteroidlar, ayniqsa, gluko- kortikoidlar hosil bo‘lishini, ajralishini orttiradi. Kortikotropin glukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda buyrak usti bezi faoliyatini oshirish uchun qo‘llaniladi. Kortikoterapin miya shishida, qon aylanish yetishmovchiligida, xoreya, parkinsonizm kasalliklarida qo‘llaniladi.
Somatotropin, asosan, o‘rinbosar davo sifatida organizmda bu modda yetishmovchiligi tufayli gipofizar pakanalikda qo‘l- laniladi.
Gipofiz orqa bo‘lagi gormon preparatlari:

  • oksitotsin 1 ml amp. 5 TB;

  • pituitrin 1 ml amp. 5 TB;

  • vazopressin 1 ml amp.;

  • adiurekrin 1,0—5,0—10,0 tabl.

Vazopressin diurezga qarshi ta’sir etib, buyrak kanalchalarida suv, natriyning qayta so‘rilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda vazopressin yetishmovchiligidan kelib chiqqan kasallik — qand- siz diabetda qo‘llanadi. Qandsiz diabetda bemor tashna bo‘lib, suvni ko‘p ichadi, tez-tez siyadi (diurez). Vazopressin qo‘llan- ganda, og‘iz qurishi, tashnalik, diurez kamayadi, chunki natriy bilan suvning buyrak kanalchalarida qayta so‘rilishi me’yoriga keladi. Vazopressin mayda qon tomirlar, ichak, peshob pufagi peristaltikasini, qon bosimini oshiradi.
Oksitotsin homilador bachadonga tanlab ta’sir qiladi. Bu modda tug‘ish jarayoni susayib ketganda hamda bachadonning qisqarishini kuchaytirish uchun gipotonik qon ketishda qo‘lla- niladi.
Pituitrin gipofizning orqa qismidan olingan vazopressin va oksitoksindan iborat. Bu modda, asosan, akusherlik amaliyo- tida — tug‘ish jarayoni susayib ketganda, homiladorlik muddati o‘tib ketganda bachadondan gipotonik qon ketganda qo‘lla- niladi. Adiurekrin qandsiz diabetda ishlatiladi.
Qalqonsimon bez va antitiriod gormon preparatlari:

  • tireoidin kukun, 0,05 tabl.;

  • merkazolil 0,005 tabl.;

  • diyodtirozin tabl;

  • triyodtironin 0,00002, 0,00005 tabl.;

  • kalsitrin 10—15 TB fl.

Tireoidin qoramollarning qalqonsimon bezidan olinadi, tar- kibida tirsid gormonlari bo‘ladi. Asosan, gipotirioidizmda — kretinizm va miksedemada ishlatiladi. Nojo‘ya ta’sirlari: qo‘z- g‘alish, terlash, taxikardiya, tremor.
Triyodtironin va tireoidin o‘rinbosar davo uchun bolalar kretinizmida, kattalar miksedemasida qo‘llaniladi hamda modda almashinuvi susayganda va semizlikda qo‘llaniladi. Nojo‘ya ta’sirlari: ko‘p terlash, taxikardiya, ozib ketish va tremor.
Qalqonsimon bez funksiyasi oshganda (giperfunksiyasida) toksik buqoq (Bazedov kasalligi) yuzaga keladi. Bu kasallikda merkazolil diyodtirozin buyuriladi. Diyodtirozin gipofizdan tiretrop gormoni hosil bo‘lishi va ajralishini kamaytiradi. Mer­kazolil tiroksinning yodlanishiga to‘sqinlik qiladi. Merkazolil ancha faol modda. Nojo‘ya ta’sirlari: leykopeniya, granulotsitoz. Merkazolilni homilador va emizikli ayollarga qo‘llash man etiladi, chunki bu modda platsenta to‘sig‘idan oson o‘tadi. Ona suti orqali bola rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyinchalik bolada kretinizm paydo bo‘lishi mumkin.
Bu preparatlar moddalar almashinuvini, kislorodning to‘qi- malarda o‘zlashtirilishini, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashi­nuvini yaxshilaydi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish