Anabolik steroidlar:
metandrostenolon 0,001—0,005 tabl.;
fenobolin 1—2,5 % — 1 ml amp.;
retabolil 1—5 % — 1 ml amp.
Anabolik moddalar oqsil hosil bo‘lishini orttirib, parcha- lanishini kamaytiradi, aminokislotalarning o‘zlashtirilishini yax- shilaydi. Skelet mushaklarining vazni va kuchi ortadi, ichki a’zo- lar — jigar, yurak, buyrak vazni ham ortib boradi. Suyaklarda kalsiyni tutib qoladi, bu ayniqsa, osteoporoz kasalligida qo‘l keladi.
Anabolizantlar miokardni qisqartiruvchi oqsillar sintezini ko‘paytirib, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Anabolizantlar bolalar amaliyotida — gipotrofiyalarda, gipoplastik ane- miyalarda, yuqumli kasalliklardan keyingi kaxeksiyada, aste- niya, osteoporoz, nur kasalligida, glukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda qo‘llanadi. Bu moddalar oshqozon yarasi, surunkali gastrit, pankreatit, gepatit, miokard distrofiyasini davolashda ham buyuriladi.
Anabolik moddalar uzoq muddat mobaynida qo‘llanganda, nojo‘ya ta’sir paydo bo‘ladi. Bolalar, ayniqsa, qizlarning rivojlanishi o‘zgaradi, suyaklar o‘sishdan to‘xtaydi, jigar faoliyati o‘zgaradi, organizmda natriy va suyuqlik tutilib qoladi, shish paydo bo‘lishi mumkin. Qizlarda, ayollarda gonadotropin ajralishi kamayadi, hayz davri o‘zgaradi, ovoz dag‘allashib, yuzda husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sir- larning oldini olish uchun moddalarni 10—15 kun qo‘llab, keyin tanaffus qilish lozim bo‘ladi.
Anabolizantlarni homilador, emizikli ayollarga, qonda bilirubin miqdori oshganda, jigar kasalliklarida, prostata bezi o‘sma- larida qo‘llash man etiladi.
Vitaminlar
Vitaminlar odam ovqat ratsionining eng muhim tarkibiy qismidir. Vitaminning kashf etilishi rus olimi N. I. Lunin nomi bilan bog‘liq. U oziq-ovqat mahsulotlarida hayot uchun zarur bo‘lgan qandaydir boshqa moddalar borligini 1880-yil tajribada isbotlab berdi. «Vitamin» terminini polyak olimi K. Futk 1912-yilda taklif etgan.
Vitaminlarning organizmda bo‘lishi turli organlar va sis- temalarning to‘la qimmatli hayot faoliyati uchun mutlaqo zarur. Odam vitaminlarni o‘simliklardan tayyorlangan ovqat yoki hayvonot mahsulotlaridan oladi, ularda vitaminlar hayvon organizmiga o‘simliklardan tushib, hayvonning hayot faoliyati jarayonida to‘planib boradi.
Ba’zi vitaminlarning fiziologik talabdan ortiqroq ishlatilishi yomon oqibatlariga olib kelishi — gipervitaminozga sabab bo‘lishi mumkin.
Dastlab vitamin shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D, E va hokazo bilan belgilangan. Keyin- chalik, vitaminlarning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro yagona nomi qabul qilindi. Vitamin suvda eriydigan, yog‘da eriydigan (3-, 4-jadvallar) va vitaminsimon birikmalarga ajra- tiladi.
Bir qator vitaminlarning bir modda shaklida uchrashi aniqlandi. Vitaminlardan tashqari organizmda turli o‘zgarishlarga uchrab, vitaminga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham ma’lum.
Tuzilishi jihatdan vitaminga yaqin kimyoviy moddalar ham bor, biroq bu vitamin analoglari organizmga zararli ta’sir qilishi tufayli antivitaminlar degan nom olgan. Ba’zi dori moddalari (antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqalar) antivitaminlardir.
Vitamin yetishmovchiligi — odam iste’mol qiladigan ovqat tarkibida vitaminlarning yetarlicha bo‘lmasligi, ularni o‘zlash-
Do'stlaringiz bilan baham: |