Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet79/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Estrogenlarga quyidagi preparatlar kiradi:

  • estron (follikulin) 0,5—0,1 % amp. (1 ml 1000—5000 TB);

  • sinesterol 0,010,02 % — 1 ml amp.;

  • etinilestradiol 0,00001—0,00005 tabl.;

  • estradiola diopropionat 0,1 % — 1 ml amp.

Fiziologik holatda estrogenlar jinsiy voyaga yetish davrida bachadon, fallopiy naylari, qinning rivojlanishini va ikkilamchi jinsiy belgilarning yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Organizm jinsiy voyaga yetgandan keyin bachadon epiteliysi proliferatsiyasini, ya’ni hayz davri bosqichlarini, bachadonda qon aylanishini, uning oksitotsinga sezuvchanligini ta’minlaydi, homiladorlikka tayyorlaydi. Shuningdek, estrogenlar oqsillar hosil bo‘lishiga, asab sistemasi, ayniqsa, vegetativ markazlar faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun estrogenlar yetishmovchiligida — kli- makterik holatlarda turli ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Estrogenlar tuxumdonlar faoliyati yetishmovchiligida ame- noreya (organizm voyaga yetgandan keyin hayz davrining to‘xtab qolishi), dismenoreya (hayz davrining buzilishi) hamda erkaklarda prostata bezining rak kasalligida, ayollarda sut bezlari o‘smalarida, klimaks davrida o‘rinbosar davolash uchun qo‘llanadi. Estro­genlar uzoq vaqt qo‘llanganda, bachadondan qon ketishi, shishlar paydo bo‘lishi, me’da-ichak orqali yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi mumkin. Erkaklarda qo‘llanganda feminizatsiya, ya’ni ularda ayollarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘lishi, jinsiy quvvat kamayishi mumkin. Estrogenlarni endometritda bachadondan qon ketishiga moyil ayollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Jigar kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo‘llanadi.
Gestogenlar:

  • progesteron 1—2,5 % — 1 ml amp.;

  • pralgnin 0,01 tabl.;

  • oksiprogesteron 12,5 % — 25 % — 1 ml amp.

    1. Kontratseptiv vositalar

Homiladorlikning oldini oluvchi usullardan foydalanish rejalashtirilmagan bola ko‘rish va qayta abortning oldini olishga imkon beradi. Bu esa, ayolning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlikdan saqlanishning bir qancha usullari mavjud. Shulardan biri — homiladorlikdan saqlanishning oz miqdorli peroral kontratseptivlaridir.
Oz miqdorli peroral kontratseptivlar tabletkalar bo‘lib, ularning tarkibida oz miqdorda gormon moddalari bor. Bu gor- mon moddalar tabiiy holatda barcha ayol organizmida mavjud bo‘lib, ularning nomi estrogen va progesterondir. Hozirgi kunda qo‘llaniladigan oz miqdorli tabletkalar avval qo‘llanilgan gormonli tabletkalarga nisbatan bexatar va samarador usul bo‘lib hisoblanadi (regividon, nonavlon). Oz miqdorli peroral kontratseptivlar tuxum hujayraning yetilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bachadon bo‘ynidagi shilliqni quyuqlashtirib, erkak urug‘ hujayralarining o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Bunday kontratseptivlardan foydalanish usullari:

  • birinchi tabletkani hayz boshlangan kundan yoki abort qi- lingan kundan boshlab ichiladi;

  • har kuni bir vaqtda bittadan tabletka qabul qilinadi;

  • tabletkalar tugasa, yangisi ochib ichiladi (agar tarkibida 21 dona tabletka bor kontratseptivdan foylanilayotgan bo‘lsa, unda oxirgi tabletkani ichib bo‘lgandan so‘ng bir hafta tanaf- fus qilinadi);

  • agar tabletka ichish esdan chiqib qolsa, ertasiga navbatdagi tabletkaga yoddan chiqarilgani qo‘shib qabul qilinadi.

Afzalliklari:

  • to‘g‘ri foydalanilsa, bu usul yuqori samara beradi;

  • usul o‘zining o‘ta bexatarligi bilan ajralib turadi;

  • ayol o‘zi istagan paytda tabletka ichishni to‘xtatib, homilador bo‘lishi mumkin;

  • bu usulni barcha yoshdagi ayollar qo‘llashlari mumkin;

  • tabletkalarni abortdan keyin darhol qo‘llash mumkin;

  • tug‘uruqdan keyingi davrda ayol emizmasa, ikki, uch haf- tadan so‘ng bu tabletkalarni ichishi mumkin;

  • usul jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas;

  • bu tabletkalar qabul qilinganda, hayz muddati aniq bo‘lib, hayz davrida ketadigan qon miqdori kamayadi, og‘riqlar susayadi.

Tabletkalarni qabul qiluvchi ayollarda quyidagi kasalliklar kam uchraydi:

  • kamqonlik;

  • kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi;

  • tuxumdon va endometriy raki;

  • sut bezlarining o‘simtalari;

  • bachadondan tashqari homiladorlik.

Kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlari:

  • ko‘p ayollarda hech qanday salbiy ta’sirlar kutilmaydi;

  • uchraydigan salbiy ta’sirlar hech qanday xavf tug‘dir- maydi va tabletkalar iste’mol qilingandan bir-ikki oydan keyin o‘tib ketadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • yengil ko‘ngil aynishi;

  • vaznning ozroq ortishi;

  • biroz bosh og‘rishi va bosh aylanishi;

  • ko‘krak bezlarida og‘riq paydo bo‘lishi;

  • hayz oralig‘ida ozgina qon surkalishi.

Quyidagi hollarda oz miqdorli peroral kontratseptivlar qo‘lla- nilmaydi:

  • homiladorman deb gumonsiraganda;

  • qindan sababi aniqlanmagan qon ketish kuzatilganda;

  • chekuvchi va yoshi 35 dan oshgan ayollarda;

  • xafaqonligi (gipertoniyasi) bor ayollarda;

  • qandli diabetning og‘ir ko‘rinishi;

  • insult;

  • yurakda sanchiq sezilishi;

  • o‘pka emboliyasi;

  • yurak ishemik kasalliklarida;

  • oyoq tomirlarining trombozi;

  • sut bezlarining raki bilan ayni vaqtda yoki avval og‘riganlik;

  • jigar yoki o‘t pufakning o‘tkir xastaliklari;

  • surunkali bosh og‘rig‘i;

  • emizikli ayollarda (agar tug‘uruqdan so‘ng 6 oydan kam muddat o‘tgan bo‘lsa).

    1. Erkak jinsiy gormon vositalari

Fiziologik holatda erkaklar jinsiy bezlari, ya’ni prostata gormoni testesteron jinsiy a’zolarni, ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi hamda spermatogenezni nazorat qilib turadi. Shuningdek, testesteronning anabolik xususiyati bor, ya’ni oqsillarni hosil qilishda qatnashadi.
Androgen moddalar o‘rinbosar davo uchun erkak jinsiy bezlari faoliyati yetishmagan holatlarda — jinsiy ojizlikda, erkaklar klimaksida qo‘llanadi. Ayollarning klimakterik holat- larini hamda sut bezlarini davolashda qo‘laniladi. Nojo‘ya ta’sir­lari: organizmda natriy va suvning to‘planib qolishi, ayollarda ikkilamchi erkaklik belgilarining paydo bo‘lishi: ovoz dag‘al- lanishi, ayollarga xos bo‘lmagan joyda jun paydo bo‘lishi (maskulinizatsiya).
Androgen vositalar:

  • testosteron 1—5 % — 1 ml amp.;

  • metil testosteron 0,01 — 0,005 tabl.;

  • testenat 1—5 % — 1 ml amp.

Fiziologik holatlarda tuxum hujayra yetilganda, follikulalar bo‘linib ketib, ovulatsiya jarayoni o‘tadi, follikula o‘rnida sariq tana hosil bo‘ladi. Sariq tananing asosiy gormoni progesterondir. Ushbu gormon bachadon endometriysi proliferatsiyasini ta’- minlaydi. Agar tuxum hujayra spermatozoid bilan qo‘shilgan bo‘lsa, progesteron homiladorlikni qo‘llab-quvvatlab turadi, shuning uchun progesteron homiladorlik gormoni deb ataladi. Progesteron bachadon epiteliysini proliferatsiya bosqichidan sekretsiya bosqichiga o‘tkazadi va shu bosqichda ushlab turib, embrionning rivojlanishiga qulay sharoit yaratib beradi. Pro- gesteron bachadonning oksitorsinga sezuvchanligini kamaytiradi, shuning uchun bachadon qisqarishi kamayib, homila rivojlanib boradi, keyinchalik yo‘ldosh — platsentaning rivoj­lanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gestogen gormonal moddalar homilani saqlash uchun tu- xumdon faoliyati susayganda estrogenlar bilan birga bachadon bosqichiga qarab qo‘llanadi. Gestogenlar, shuningdek, klimak- terik qon ketishlarda ham ishlatiladi. Progesteronning oz bo‘lsa- da, androgen xususiyati bor, shuning uchun u homila jinsiy a’zolarining rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish