20-rasm. Kalsiy almashinuviga ta’sir etuvchi moddalar yo‘nalishi.
Kalsitonin. Bu modda qalqonsimon bezning alohida hu- jayralarida hosil bo‘ladi. Kalsitonin organizmda kalsiy alma- shinuvini boshqarib boradi. Asosan, suyaklar dekalsifikatsiyasiga to‘sqinlik qiladi, qonda kalsiy miqdori kamayadi, paradgormon- ning qarama-qarshi moddasi hisoblanadi. Kalsitonin kalsiyning me’da-ichakdan so‘rilishi va buyrakdan chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Kalsitonin giperkalsiyemiyada, suyaklardan kalsiy qochganda, D gipervitaminoz, osteoporozlarda (glukokortiko- idlar uzoq muddat mobaynida qo‘llanganda), nefrokalsinoz, giperparatireoidizmda qo‘llanadi.
Qalqonoldi bezi gormon preparati. Paratireoidin kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Bu modda qonda kalsiyni ko‘paytiradi, uning me’da-ichakdan so‘rilishini, buyrak kanal- chalaridan qayta so‘rilishini oshiradi, suyaklarda kalsiyni kamaytiradi, qalqonoldi bezi gormoni kalsitoninga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Paratireoidin qonda fosfor miqdorini kamaytiradi, chunki buyrak kanalchalaridan uning qayta so‘rilishi kamayib ketadi. Bu modda o‘rinbosar davo uchun gipoparatireozlarda, spazmofiliya, tetaniyaning oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi. Yaxshi ta’sir qilish uchun paratireoidin kalsiy moddalari — kalsiy xlorid, kalsiy glukonat bilan birga qo‘llanadi.
Me’da osti bezining gormon preparatlari:
insulin 5—10 ml fl. (1 ml 40—80 TB);
protamin rux insulin 5—10 ml fl. (1 ml 40 TB);
butamid 0,25 tabl.;
bukarban 0,25—0,5 tabl.;
manilil 0,005—0,1 tabl.;
glipizid 0,005 tabl;
xlorpropamid 0,1—025 tabl.
Insulin moddalari o‘rinbosar davo uchun organizmda oshqozon osti bezining Langergans orolchalari ^—hujayralarida ishlanib chiqadigan insulin gormoni yetishmovchiligi — qandli diabetda qo‘llanadi. Insulin uglevod almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Qonda glukozaning hujayralar, to‘qimalarga o‘ti- shini, o‘zlashtirilishini, glikogenga aylanishini amalga oshiradi. Qonda, peshobda glukoza, tashnalik, diurez kamayadi. Uglevod
moddalar almashinuvini normallashtiradi, shu tufayli, insulin oqsil hamda yog‘ almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: peshobda azot birikmalari, qon va peshobda keton moddalari — aseton, asetosirka, oksimoy kislotalar kamayib boradi. Shu bilan birga bemor ozadi, organizmda yog‘larning parchalanishi, oqsillarning glukozaga aylanishi, ishtaha kamayadi. Insulin qoramol, cho‘chqalarning oshqozon osti bezidan biologik yo‘l bilan olinadi. Organizmga faqat parenteral yo‘l bilan teri ostiga, mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Uning gipoglikemik ta’siri 20—30 daqiqadan keyin boshlanib, 4—6 soat davom etadi.
Insulin bilan davolanganda, bemor o‘z vaqtida ovqatlanmasa yoki insulin miqdori oshib ketsa, qonda qand miqdori tushishi tufayli gipoglikemik koma ro‘y beradi, bemor hushidan ketib, qon bosimi tushib ketadi. Bunday holatda venaga glukoza, adrenalin yuborish, ya’ni qonda qand miqdorini oshirish kerak.
Qandli diabet og‘ir kasallik, bunday bemorlarda ikki tur koma ro‘y berishi mumkin. Birinchisi, giperglikemik — qand miqdori qonda juda ham oshib ketganda ro‘y beradigan koma, bu holatda oddiy insulinni venaga yuborish kerak. Ikkinchi koma insulin dozasi oshib ketganda kelib chiqadigan yuqorida qayd etilgan gipoglikemik komadir. Qandli diabet ko‘pgina a’zolarni, ayniqsa, qon tomirlarni shikastlaydi, shuning uchun bemor ko‘zida diabetik retinopatiya, oyoqda obliteratsiyali endoartrit — mudhish qorason kasalligi ro‘y berishi mumkin. Qandli diabetda gipertoniya, miokard infarkti, ateroskleroz, miya tomirlari trombozi ko‘proq uchraydi va og‘irroq o‘tadi.
Qandli diabetni davolashda ichishga buyuriladigan sintetik preparatlar: sulfanilamid unumlari (butamid, xlorpropamid, gli- butsid) hamda biguanid unumlari (bukarban). Butamidning ta’sir davomiyligi 8—24 soat, xlorpropamid va bukarbanniki 24—60 soat. Ularning gipoglikemik ta’sir mexanizmi: oshqozon osti bezining ^—hujayralarini qo‘zg‘atib, insulin ajralishini oshiradi. Bu moddalar qandli diabetning yengil, o‘rta turlarida, ayrim holatlarda insulin bilan birga yoki almashtirib qo‘llanadi.
Ichishga buyuriladigan antidiabetik moddalarning nojo‘ya ta’sirlari: dispeptik o‘zgarishlar yuz berishi — bemorning ko‘ng- li aynishi, qusishi, ichi ketishi, jigar hamda buyrak faoliyatiga noxush ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bolalardagi qandli diabetda, asosan, insulin moddalari qo‘llanadi. Kasallikning boshlang‘ich davrida tez va qisqa ta’sir etuvchi oddiy insulin qo‘llanadi, chunki bolalarda qandning qondagi miqdori o‘zgaruvchan hamda ular insulinga sezuv- chanroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |